Quvursimon membranali uskunalar. Bunday uskunalaming asosini g'ovaksimon quvurning ichki yoki tashqi yuzasiga mikrog'ovakli material bilan birgajoylashtirilgan yarim o'tkazuvchi membrana tashkil etadi. 10.3-rasmda quvurning ichiga joylashtirilgan membranali elementning sxemasi berilgan. Bu qurilmada membrana (2) g'ovakli quvur (l)ning ichiga joylashtirilgan. Mikrog'ovakli material (3) membranali element uchun tayanch vazifasini bajaradi va permeatni o'tkazib yuborish uchun xizmat qiladi. Mikrog'ovakli material ajralayotgan eritmaning ish bosimi ta'sirida membranani quvurning kanallariga bosib kirgizishining oldini olishga xizmat qiladi.
Quvursimon elementli qurilmalar ichida membranasi quvur ichida joylashgan turiari eng ko'p tarqalgan. Bunday uskunalaming afzalliklari: qobig'ining yo'qligi sababli uni tayyorlash uchun material kam sarflanadi; teshikli kanalning uzunligi kam bo'lganligi uchun permeat oqimiga bo'lgan gidravlik qarshilikning qiymati kichik; membrananing ishlashi uchun yaxshi gidrodinamik shart-sharoitlar yaratilgan; membrana elementlarini mexanik usul bilan tozalash imkoniyati mavjud; quvursimon membrana elementlarini uskuna ichiga joylashtirish qulay; uskunaning zichligi is-honchli.
Bunday uskunalar bir qator kamchiliklardan ham xoli emas: uskunadagi membrananing solishtirma yuzasi kichik (60-400 m2/m3); g'ovakli qolipning ichki yuzasini yuqori aniqlik bilan tayyorlash va mexanik qayta ishlash kerak boiadi; membranani tayyorlash jarayonini nazorat qilib turish imkoniyati yo'q.
Membranalari quvursimon bo'lgan uskunalar cho'kma hosil qiluvchi eritmalarni ultrafiltrlash va mikrofiltrlash usullari bilan ajratish hamda tarkibida ko'p miqdorda tuzni ushlagan suvlarni teskari osmos usuli bilan chuchuklashtirish maqsadlari uchun keng qo'llanilmoqda.
Ichi bo'sh tolali uskunalar.10.4-rasmda membranasi ichi bo'sh tolalardan tashkil topgan bir o'ramli uskunaning sxemasi berilgan. Uskunaning qobig'i ichiga bir o'ramli ichi bo'sh tolalar (5) joylashtirilgan. Ichi bo'sh tolalar spiralsimon ip yordamida bir o'ram shakliga keltirilgan.
Bunday uskunada ajralayotgan suyuqlikni nasos yordamida ichi bo'sh tolalarning tashqi yuzasi bo'yicha ham, ushbu tolalarning ichki kapillar kanallari bo'yicha ham uzatish mumkin. Ichi bo'sh tolali uskunalar ix-cham bo'lib, ulami tayyorlash uchun kam material sarflanadi. Biroq, bunday uskunalar bilan tarkibida muallaq holatdagi zarrachalami ushlagan eritmalarni ajratish mumkin emas.