Sanoatda ishlatiladigan membranali uskunalar bir qatortalablarga javob berishlari kerak: membrananing uskuna hajm birligiga to'g'ri kelgan qiymati katta, yig'ish va montaj qilish oson; suyuqlik membrana yuzasidan katta tezlik bilan harakat qilishi; uskunadagi bosim farqi imkon boricha kichik; mexanik jihatdan mustahkam va hokazo. Lekin barcha talablarga mos bo'lgan uskunani loyihalash mumkin emas, albatta. Shu sababdan aniq bir jarayon uchun membranali uskunaning eng maqbul konstruksiyasi tanlab olinadi.
Membranali uskunalar asosan, 4 turga bo'linadi:
membranali elementlari tekis bo'lgan uskunalar;
membranalari quvursimon bo'lgan uskunalar;
membranalari o'ram holatida bo'lgan uskunalar;
membranalari ichi bo'sh tolalardan tashkil topgan uskunalar. Membranali uskunalarning ayrim turlari bilan tanishib chiqamiz.
Tekis membranali uskunalar.Bunday uskunalarning asosini tekis yuzali membranadan tayyorlangan elementlar tashkil etadi. Ushbu elementlar tekis g'ovaksimon materialning ikki tomoniga joylashtiriladi. Ikkita qo'shni membranali elementlaming oralig'idagi masofa (kanal) kichik bo'lib, 0,5-^5 mm ni tashkil etadi. Ushbu membranalararo kanal bo'yicha dastlabki eritma harakat qiladi.
Ajralayotgan eritma birin-ketin barcha membranalararo kanallardan o'tib, quyuqlashib uskunadan chiqib ketadi. Ushbu eritmaning membranadan g'ovaksimon qolipga o'tgan bir qismi permeat (filtrat)ni tashkil etadi.
Membranali elementlar turli shaklga ega bo'lishi mumkin: dumaloq (elliptik); to'g'riburchakli; kvadrat.
10.2-rasmda membranali elementi elliptik shaklda tayyorlangan uskunaning sxemasi berilgan. Ushbu apparat elliptik shakldagi membranali elementlar (2) paketidan iborat bo'lib, ikkita dumaloq flanetslar (1) oralig'ida joylashgan. Flanetslar yo'naltiruvchi shtangalar (3) yordamida bir-biri bilan birlashtirilgan. Membranali elementlar ikki tomoniga membranalar (1) joylashtirilgan tayanch plastinalaridan (4) iborat. Tayanch plastinalari va membranalardagi teshiklar ikki xil halqalar (6) va (7) yordamida zich qilib biriktiriladi. Ajralayotgan eritmani membranalararo kanalga berish va uni uzatish uchun halqalarda radial yo'nalish bo'yicha ariqchalar ko'zda tutilgan. Eritmani seksiyalarga tarqatish maqsadida tegishli membranali elementdagi teshik yopib qo'yuvchi pona (8)
10.4-rasm. Ichi bo'sh tolalardan tayyorlangan bir o'ramli uskunaning sxemasi:
1—qobiq; 2-permeat yig'gichi; 3-to'r; 4-spiralsimon ip; 5—tolalar o'rami.
yordamida yopib turiladi. Permeat har bir membranali elementdan egiluvchan kapillar shlanga (9) bilan alohida ajratib olinib, umumiy kollektorga (10) tushadi.
Tekis membranali uskunalaming asosiy kamchiliklari: membranalaming uskunaning 1 m3 hajmiga nisbatan olingan solishtirma yuzasi kichik (60-400 m2/m-'); uskunalarni yig'ish va membranalarni almashtirish qo'l kuchi bilan amalga oshiriladi. Bunday turdagi uskunalarni loyihalash uchun quyidagilar tavsiya etiladi: membranali elementning shakli — to'g'riburchakli; maqbul gidrodinamik rejim tashkil etish uchun uskuna seksiyalardan yig'ilgan bo'lishi kerak; uskunaning qobiqsiz modeli eng maqbul hisoblanadi.