Qattiq jismlarni ekstraksiyalash va eritish jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatiladigan uskunalarga quyidagi talablar qo'yiladi:
qurilmaning ish hajmi birligiga to'g'ri kelgan ekstraktning miqdori, ya'ni solishtirma ish unumi katta bo'lishi kerak;
hosil bo'layotgan eritmaning konsentratsiyasi iloji boricha yuqori
bo'lishi zarur;
3) oxirgi eritma hajmi birligiga to'g'ri kelgan energiya sarfi kam bo'lishi
lozim.
Ekstraktor va eritkichlar davriy va uzluksiz ishlaydigan uskunalarga bo'linadi- Fazalarning o'zaro yo'nalishiga ko'ra, ular to'g'ri yo'nalishli, qarama-qarshi yo'nalishli va aralash yo'nalishli uskunalarga ajratiladi. Suyuqlikning qattiq zarrachalar atrofini aylanib o'tish tezligini hosil qilish usuliga ko'ra, o'zgarmas qatlamli, mexanik aralashtirgichi bo'lgan qatlamli
8.1-rasm. Govaksimon jism laming tuzilish sxemasi: a - erigan moddani ajratib olish; b - qattiq moddani ajratib olish;
1-inert negiz; 2—g'ovaklar ichidigi suyuqlik; 3—qattiq eruvchan modda.
va mavhum qaynash qatlamli uskunalarga bo'linadi.
Davriy ishlaydigan uskunalarning ish unumi kichik bo'lganligi sababli ular kichik hajmli ishlab chiqarishlarda ishlatiladi. Sanoatda asosan, uzluksiz ishlaydigan uskunalardan keng foydalaniladi. Ekstraktorlar va eritkichlar prinsipial jihatdan bir-biridan farq qilmaydi. Agar uskuna qattiq jismlarni ekstraksiyalash uchun ishlatilsa, ekstraktor deb ataladi, agarda bu uskuna qattiq moddalarni eritish uchun ishlatilsa, bu holda eritkich deb yuritiladi.
Sanoatda qattiq jismlarni ekstraksiyalash uchun turli uskunalar ishlatiladi. Ularni tanlashda qattiq fazaning turi (zarrachalaming o'lchami va shakli) va hosil bo'lgan ekstraktning konsentratsiyasi yoki materialdan mahsulotning chiqishi hisobga olinadi.
Ayrim ishlab chiqarishlarda qo'zg'almas qatlamli davriy ishlaydigan ekstraktorlar (diffuzorlar) ishlatiladi. Bunday diffuzorda qattiq material qo'zg'almas qatlamli bo'lib, erituvchi uskunaning yuqorigi qismidan maxsus tarqatuvchi to'siq orqali beriladi va qatlamdan filtrlanib o'tadi. Qattiq jism tarkibidan tegishli komponent suyuqlik tarkibiga o'tadi. Diffuzorning pastki qismida g'alvirsimon to'siqlarjoylashgan. Qattiq material qoldig'ini uskunadan tushirish uchun pastki qopqoq va g'alvirsimon to'siqlar qopqoqning o'qi atrofida aylanadi. Uzluksiz ish texnologiyasini tashkil qilish uchun davriy ishlaydigan bir necha diffuzorlar (ularning soni 16 tagacha boradi) ketma-ket bir-biriga ulanadi, bunda batareya hosil bo'ladi. Erituvchi esa material yo'nalishga qarama-qarshi yo'nalishda ketma-ket hamma uskunalardan o'tadi. Batareyada tegishli issiqlik rejimini tashkil qilish uchun qo'shni diffuzorlar o'rtasiga issiqlik almashinish uskunalari joylashtiriladi.
Pnevmatik aralashtirish usuli bilan ishlaydigan ekstraktorlar ham keng tarqalgan (8.2-rasm). Qattiq jism va suyuqlik aralashmasi (suspenziya) uskunaning pastki qismidan beriladi. Sirkulatsiya quvuriga siqilgan havo berib aralashmaning uskunada yaxshi aralashuvini ta'minlash mumkin. Pnevmatik aralashtirgichli uskunalarni davriy va uzluksiz ishlaydigan texnologik jarayonlarda ishlatish mumkin.
8.3-rasmda uzluksiz ishlaydigan lentali ekstraktor ko'rsatilgan. Qattiq jism qatlami ma'lum balandlik bilan lentali transportyorning ustida harakat qiladi, bunday ekstraktor bir necha qismlarga bo'linadi. Toza erituvchi (ekstragent) chap tomondagi sochib beruvchi taqsimlagichga uzatiladi, u harakat qilib turadigan qatlamdan o'tadi va to'yinmagan eritma sifatida qabul qiluvchi idishga tushadi. Bu to'yinmagan eritma nasos yordamida uskunaning oldingi qismiga sochib beruvchi qurilma orqali uzatiladi va sikl shu tarzda takrorlanaveradi. Shunday qilib, uskunaning ayrim qismlarida suyuqlik fazasi qattiq fazaga nisbatan perpendikular yo'nalishda beriladi, umuman olganda esa fazalar bir-biriga nisbatan qarama-qarshi yo'nalishda harakat qiladi. Ekstraktorning o'ng tomonidagi birincM qismidan to'yingan eritma (ekstrakt) ajratib olinadi.
Mavhumqaynashqatlamliuskunalarda qattiq zarrachalarning hammaJ yuzasi jarayonning butun davomida turbulent oqimli suyuqlik bilan o'zarl kontaktda bo'ladi, natijada ekstraksiyalash yoki eritish jarayoni апсЬя tezlashadi. 8.4-rasmda quvursimon ekstraktorning sxemasi ko'rsatilgaj Bu ekstraktor ketma-ket ulangan bir necha quvurlardan tashkil topgarj Ekstraktorga qattiq jism mayda zarrachalar shaklida beriladi. Qattiq jisnl va suyuqlik aralashmasi nasos yordamida quvurlarga yuboriladi. Jarayonni yuqori temperaturada olib borish uchun quvurlarga bug' g'ilofi o'rnatilade Nasos to'xtab qolgan sharoitda, sistemadagi qattiq jism zarrachalarini yuvib yuborish uchun yuqorida joylashgan idishdan quvurlarga suv beriladB
Mavhum qaynash qatlamli kolonnali ekstraktorning ko'rinishi 8.5-1 rasmda ko'rsatilgan. Silindrsimon kolonnaning pastki qismidan erituvchj ma'lum kritik tezlik bilan beriladi, natijada to'rning ustida qattiq jismnine mayda zarrachalari mavhum qaynash holatiga keladi. Qattiq faza uskunaning yuqorigi qismidan yuklash quvuri orqali to'g'ridan-to'g'a mavhum qaynash qatlamiga beriladi. Mavhum qaynash qatlaminina balandligi bir necha metrga teng. Qattiq va suyuq fazaning o'zaro ta'se natijasida hosil bo'layotgan ekstraktning konsentratsiyasi kolonnaning yul qorisiga ko'tarilgan sari ortib boradi. Yuqori konsentratsiyali ekstrakl kolonnaning kengaygan qismi orqali halqasimon tarnovga tushadi va so'ngra qurilmadan tashqariga chiqariladi. Qattiq jism qoldig'i to'rninfl teparog'ida joylashgan shtutser orqali uzluksiz ravishda ekstraktordae chiqarib turiladi.
Mavhum qaynash qatlamli uskunalarning tuzilishi oddiy va massasl kichik. Bunday ekstraktorlarda jarayonning tezligi ancha katta, qatt» jismdan kerakli komponentning ajralib chiqish darajasi ham ancha yuqoe bo'ladi.