5.7-rasm. Pnevmatik pulsatsion sistemali ekstraksion uskuna: 1-pulsatsion kamera; 2-kompressor; 3-zolotnikli-tarqatuvchi mexanizm; 4-ekstraktor; 5—resiver.
qaytarma-ilgarilama harakat beriladi. Pulsatsiya tebranishlari ta'sirida oqimning turbulentligi va fazalarning tomchilarga aylanish darajasi ortadi, natijada nasadkali va g'alvirsimon tarelkali kolonnalardagi modda o'tkazish jarayonining samaradorligi ko'payadi.
Sanoatda pulsatorlar sifatida porshenli, plunjerli, membranali nasoslar yoki maxsus pnevmatik uskunalar ishlatiladi. 5.7-rasmda pnevmatik pulsatsion sistemasi bo'lgan ekstraksion uskuna ko'rsatilgan. Havo yoki inert gaz kompressor (2) yordamida resiver (5) va zolotnikli tarqatuvchi mexanizm (3) orqali ekstraksion kolonnaning pulsatsion kamerasi (l)ga yuboriladi. To'g'ri impuls paytida kameradagi suyuqlikning sathi pasayadi, oqibat natijada kolonnadagi suyuqlikning sathi ko'tariladi. Teskari impuls paytida kamera atmosfera bilan birlashadi, kolonnadagi suyuqlikning sathi esa pasayadi. Bunday kolonnada quyilish moslamalariga ehtiyoj qolmaydi, chunki kolonnadagi suyuqlik ustuni ko'tarilganda tarelkadagi teshiklar orqali yengil faza EF a'ladi, suyuqlik ustuni pastga tushganda esa — og'ir faza OFo'tadi.
Pulsatsion ekstraktorlarda odatda, g'alvirsimon hamda KRIMZ turidagi
5.8-rasm. Markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan ekstraktor: 1—rotor; 2—rotorning qobig'i; 3—val.
tarelkalar ishlatiladi. G'alvirsimon tarelka teshiklarining diametri 3-5-5 mm, tarelkadagi hamma teshiklarning yuzasi esa kolonna ko'ndalang kesimi yuzasining 20^-25% ini tashkil etadi. Tarelkalar orasidagi masofa 50 mm Pulsatsiyali ekstraktorlarning diametri chegaralangan bo'ladi (eng ko'pi bilan 600; 800 mm). Ekstraktoming samaradorligi pulsator tebranishining chastotasi va amplitudasiga bog'liq. Pulsatorlarning ko'pincha maqbul tebranishlar soni minutiga 200-^300п1 tashkil qiladi, bunda amplituda 1+2 mm ga teng bo'lishi kerak.
Markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan ekstraktorlar. Agar ek-straksiya qilinayotgan modda tez parchalanib ketish xususiyatiga ega bo'lsa (masalan, antibiotik moddalar), bunda jarayon vaqtini maksimal darajada kamaytirish zarur. Markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan ekstraktorlarda jarayon maksimal tezlik bilan boradi. Aralashma va erituvchi z'chliklarining ayirmasi juda kichik bo'lgan holatda ham bunday ekstraktorlami ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi ekstraktorlarning tuzilishi juda ixcham, ish unumi katta, ekstraksiyalash jarayoni esa katta tezliklarda boradi.
Farmatsevtika sanoatida (penitsillin va boshqa antibiotiklar olishda), 0rBanik sintez jarayonlarda, o'simlik moylarini tozalashda va boshqa bir qator sohalarda markazdan qochma kuch bilan ishlaydigan ekstraktorlar muvaffaqiyatli ravishda qo'llanilmoqda. 5.8-rasmda sanoatda ko'p tarqalgan markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan ekstraktorning sxemasi ko'rsatilgan. Rotorning ichida spiralsimon perforatsiya qilingan lenta joylashtirilgan. Lentaning teshiklaridan ikkala faza o'tadi. Val katta tezlik (600-1200 min1) bilan harakat qiladi. Yengil faza rotorning chetiga yuboriladi, og'ir faza esa rotorning markaziga yaqin joyga beriladi. Rotor aylangan paytda markazdan qochma kuch ta'sirida lentaning teshiklarida fazalarning jadallashtirilgan kontakti yuz beradi; bunday jarayonda spiralning kanallarida va silindrlar oralig'idagi bo'shliqda uzluksiz ravishda fazalarning ajralishi ham davom etadi.
Bunday ekstraktorlar kamchiliklardan ham xoli emas: tuzilishi birmuncha murakkab; ayrim paytlarda suyuqliklarni qurilmaga bosim bilan berishga to'g'ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |