So'zboshi


-§. Rektifikatsiya kolonnalarining



Download 2,83 Mb.
bet25/63
Sana24.04.2022
Hajmi2,83 Mb.
#579007
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63
Bog'liq
Neft va gaz uskuna 2

4.4-§. Rektifikatsiya kolonnalarining tuzilishi


Davriy ishlaydigan rektifikatsiya uskunalari. Kichik ishlab chiqarishlaida davriy ishlaydigan rektifikatsiya uskunalari qo'llaniladi. Dastlabki aralashma haydash kubiga beriladi (4.10-rasm). Kub ichiga isituvchi zmeevik joylashtirilgan bo'lib, aralashma qaynash haroratigacha isitiladi. Hosil boigan bug'lar rektifikatsion kolonnaning oxirgi tarelkasining pastki qismiga o'tadi. Bug' kolonna bo'ylab ko'tarilgan sari yengil uchuvchan komponent bilan to'yinib boradi. Deflegmatordan kolonnaga qaytgan bir qism distillat flegma deb yuritiladi. Flegma (suyuq faza) kolonnaning eng yuqorigi tarelkasiga beriladi va pastga qarab harakat qiladi. Suyuq faza pastga harakat qilishida o'z tarkibidagi yengil uchuvchan komponentni bug' fazasiga beradi. Bug' va suyuq fazalarning bir necha bor o'zaro kontakti natijasida bug' fazasi yuqoriga harakat qilgani sari yengil uchuvchan komponent bilan to'yinib borsa, suyuqlik esa pastga tomon harakat qilgan sari tarkibida qiyin uchuvchan komponentning miqdori oshib boradi.
Kolonnaning yuqorigi qismidan bug'lar deflegmatorga o'tadi va u yerda to'la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Bug'lar to'la kondensatsiyalanganda hosil bo'lgan suyuqlik ajratkich yordamida ikki nism (distillat va flegma)ga ajratiladi. Oxirgi mahsulot (distillat) sovitkichda sovitilgandan so'ng yig'ish idishiga yuboriladi. Kubda qolgan qoldiq sUyuqlik kerakli tarkibga erishgandagina jarayon to'xtatiladi, qoldiq mshiriladi va sikl qaytadan boshlanadi. Qoldiqning tegishli tarkibga ega bo'lishini uning qaynash haroratiga qarab aniqlanadi.
Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiya uskunalari. Bunday uskunalar janoatda keng ishlatiladi. Uzluksiz ishlaydigan rektifikatsiya qurilmasining prinsipial sxemasi 4.11-rasmda ko'rsatilgan. Uskunaning asosiy qismi rektifikatsiya kolonnasidir. Kolonna silindrsimon shaklda bo'lib, uning ichiga tarelkalar yoki nasadkalar joylashtirilgan bo'ladi. Dastlabki aralashma odatda, isitkichda qaynash haroratigacha isitiladi, so'ngra kolonnaning ta'minlovchi tarelkasiga beriladi. Ta'minlovchi tarelka kolonnani ikki qismga (yuqorigi va pastki kolonnaga) bo'ladi. Yuqorigi kolonnada bug'ning tarkibi yengil uchuvchan komponent bilan to'yinib boradi, natijada tarkibi toza yengil uchuvchan komponentga yaqin bo'lgan bug'lar deflegmatorga beriladi. Pastki kolonnadagi suyuqlik tarkibidan maksimal miqdorda yengil uchuvchan komponentni ajratib olish kerak, bunda qaynatkichga kirayotgan suyuqlikning tarkibi asosan, toza holdagi qiyin uchuvchan komponentga yaqin bo'lishi kerak.
Shunday qilib, kolonnaning yuqorigi qismi bug' tarkibini oshiruvchi qism yoki yuqorigi kolonna deb ataladi. Kolonnaning pastki qismi esa suyuqlikdan yengil uchuvchan komponentni maksimal darajada ajratuvchi qism yoki pastki kolonna deb ataladi.
Kolonnaning pastidan yuqoriga qarab bug'lar harakat qiladi, bu bug'lar kolonnaning pastki qismiga qaynatkich orqali o'tadi. Qaynatkich odatda, kolonnaning tashqarisida yoki uning pastki qismida joylashgan bo'ladi. Bu issiqlik almashgich yordamida bug'ning yuqoriga yo'nalgan oqimi hosil qilinadi. Kolonnaning tepasidan pastga qarab suyuqlik harakat qiladi. Bug'lar deflegmatorda kondensatsiyaga uchraydi. Deflegmator sovuq suv bilan sovitiladi. Hosil bo'lgan suyuqlik ajratkichda ikki qismga ajratiladi. Birinchi qism-flegma kolonnaning yuqorigi tarelkasiga beriladi. Shunday qilib, kolonnada suyuq fazaning pastga yo'nalgan oqimi yuzaga keladi. Ikkinchi qism-distillat sovitilgandan so'ng yig'gichga yuboriladi.
Deflegmatorda bug'lar to'la yoki qisman kondensatsiyaga uchraydi. Birinchi holda kondensat ikkiga bo'linadi. Birinchi qism-flegma kolonnaga qaytariladi, ikkinchi qism esa distillat (rektifikat yoki yuqorigi mahsulot) sovitkichda sovitilgandan so'ng yig'ish idishiga yuboriladi. Ikkinchi holda esa deflegmatorda kondensatsiyaga uchramagan bug'lar sovitkichda kondensatsiyalanadi va sovitiladi; bu holda ushbu issiqlik almashgich distillat uchun kondensator-sovitkich vazifasini bajaradi.
Kolonnaning pastki qismidan chiqayotgan qoldiq ham ikki qismga bo'linadi. Birinchi qism qaynatkichga yuboriladi, ikkinchi qism (pastki

mahsulot) esa sovitkichda sovitilgandan so'ng yig'ish idishiga tushadi.


Rektifikatsiya uskunalari odatda, nazorat-o'lchash va boshqaruvchi asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo'ladi. Bu asbob-uskunalar yordamida uskunaning ishini avtomatik ravishda boshqarish va jarayonni maqbul rejimlarda olib borish imkoni tug'iladi.
Rektifikatsion uskunalarida asosan, ikki turdagi kolonnalar ishlatiladi:

  1. pog'ona kontaktli kolonnalar (tarelkali kolonnalar);

  2. uzluksiz kontaktli kolonnalar (plyonkali va nasadkali kolonnalar). Tarelkali, nasadkali va ayrim plyonkali kolonnalar ichki tuzilishiga

ko'ra absorbsiya kolonnalariga o'xshash bo'ladi. Rektifikatsiya kolonnalarini hisoblash ham bir xil turdagi absorbsiya kolonnalarini hisoblashdan farq qilmaydi. Faqat dastlab yuqorigi va pastki kolonna alohida hisoblanadi, so'ngra rektifikatsiya kolonnasining umumiy ish balandligi aniqlanadi.
Rektifikatsiya kolonnalari (absorberlardan farqli) qo'shimcha issiqlik almashgichlar (isitkich, qaynatkich, haydash kubi, deflegmator, konden-sator, sovitkich) bilan ta'minlangan bo'ladi. Bundan tashqari, atrof-muhitga tarqaladigan issiqlikning yo'qotilishini kamaytirish uchun rektifikatsiya kolonnalari issiqlik izolatsiyasi bilan qoplanadi.
Distillatsiya va rektifikatsiya uskunalarining ishini jadallashtirish uchun energiyaga bo'lgan harajatlarni kamaytirish, tezkor gidrodinamik rejimlarni tashkil qilish uchun maqbul shart-sharoitlar yaratilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Energetik xarajatlarni kamaytirish uchun quyidagi ishlar qilingan bo'lishi kerak:

  1. kolonnalami issiqlik izolatsiyasi bilan qoplash;

  2. jarayonni maqbul flegma sonida olib borish;

  3. ikkilamchi issiqlik oqimlaridan ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish;

  1. mumkin bo'lgan sharoitda haydash kubida suyuqlikni bug'latish uchun o'tkir bug'ni ishlatish;

  2. issiqlik nasosini qo'llash;

  3. ayrim sharoitlarda, masalan azeotrop aralashmalarini rektifikat-siyalash paytida har xil bosim bilan ishlaydigan ikki (yoki ko'p) kolonnali uskunalardan foydalanish.




Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish