Sintaksis haqida umumiy ma'lumot


Undalmali murakkablashgan gaplar



Download 238 Kb.
bet38/50
Sana27.06.2022
Hajmi238 Kb.
#708162
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
ona tili sintaksis

Undalmali murakkablashgan gaplar
So’zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni ifodalab,gapning boshqa bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaydigan so’z yoki so’zlar birikmasiga undalma deyiladi. Undalmalar so’zlovchi nutqi qaratilgan shaxsni bildirgani uchun u ko’pinha shaxs bildiruvchi so’zlar bilan ifodalanadi. Badiiy nutqda esa shaxs bildirmaydigan jonli va hatto jonsiz predmetlar ham undalma vazifasida kelishi mumkin.M: Qarg’avoy,men seni yeyman.
Undalmalar ham ega singari bosh kelishikda qo’llaniladi,ammo ega grammatik jihatdan gapda kesim bilan bog’lanadi,undalmalar esa grammatik jihatdan hech bir bo’lakka bog’lanmaydi. Undalmali gaplarning kesimi ko’pincha birinchi va ikkinchi shaxs-son shakllarida bo’ladi.Undalma alohida ohang bilan ajratilib aytiladi.Undalmaning gapdagi o’rni erkindir:gap boshida ham,o’rtasida ham,oxirida ham kelishi mumkin,lekin undalma gapning qayerida kelishiga ko’ra alohida-alohida vazifa bajaradi. So’zlovchi tinglovchining diqqatini nutq jarayoniga jalb qilishni maqsad qilib olsa,u vaqtda undalma gap boshida keladi.
So’zlovchi tinglovchilarga murojaat etish orqali unga subyektiv munosabatini ifodalashni maqsad qilib olsa,u vaqtda undalma gap o’rtasi va oxirida keladi.
Undalmalar uyushib va takrorlanib kelishi mumkin. M:Muhtaram onalar,otalar,kelinlar,o’g’illar,opa-singillar,sizga shu haqda murojaat qilamiz.O’-o’,boylik,boylik!Mening uyimga sen kiradigan bo’lsang-u,iymon ketadigan bo’lsa,men senga o’t qo’yaman,o’t!
Juda muhim! Undalmalar nutq jarayoniga undalgan,diqqat jalb qilingan shaxs-predmetlar bo’lgani uchun bosh kelishikda turadi,bu jihatdan u egaga o’xshaydi,lekin undash ohangi bilan talaffuz qilinishi va kesim bilan moslashmasligi bilan egadan farq qiladi.
Solishtiring.Ahmad keldi. – Ahmad –ega,kesim bilan grammatik bog’langan.
Ahmad,keldi. Ahmad – undalma,kimningdir kelganligi Ahmadga aytilyapti,kesim bilan grammatik bog’lanmaydi,undash ohangi bilan talaffuz qilinadi.
Undalmalar gapning boshqa bo’laklari bilan grammatik aloqaga kirishmaganligi uchun yozuvda doimo boshqa gap bo’laklaridan vergul bilan ajratiladi. Undalma gap boshida kelsa,undan so’ng,gap o’rtasida kelsa,ikki tomondan,oxirida kelsa,undan oldin vergul qo’yiladi.Gap boshida kelib,kuchli undash ohangi bilan aytilsa,undalmadan so’ng undov belgisi qo’yilishi mumkin.M: Odamlar! Eshitmadim demanglar.

Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish