Sintaksis haqida umumiy ma'lumot


Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin ham,keyin ham kelishi mumkin



Download 238 Kb.
bet35/50
Sana27.06.2022
Hajmi238 Kb.
#708162
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50
Bog'liq
ona tili sintaksis

Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin ham,keyin ham kelishi mumkin.
Esda saqlang. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan oldin kelsa,yozuvda umumlashtiruvchi so’zdan keyin ikki nuqta qo’yiladi. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa,uyushgan bo’laklar bilan umumlashtiruvchi so’z o’rtasiga tire qo’yiladi.
Uyushgan bo’laklar yozuvda bir-biridan vergul bilan ajratiladi.Agar uyushgan bo’laklar guruh-guruh bo’lib kelsa,guruhlar bir-biridan nuqtali vergul bilan ajratiladi. M: Bog’imizda qovun,handalaklar; olma,o’rik,shaftolilar pishib yotibdi
Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklar ma’nosini umumlashtiradi,shuning uchun bu qism umumlashtiruvchi ma’noli so’zlar (olmoshlar,otlar fe’llar(otlashgan sifatdosh) va hokazo), so’z birikmalari,kengaygan birikmalar bilan ifodalanishi mumkin.
Uyushuvchi bo’laklar umumlashtiruvchi so’zning ma’nosini izohlab,aniqlab keladi.
Misollar:
1.Yig’ilishga hech kim: na Sa’dulla,na Akbarali bu haqda gapirmadilar.
2.Yaxshi xislati bor: oppoq soqoli bilan farzandlarini ham,nevaralarini ham,qo’shni o’g’il-qizlarni ham,ko’cha-ko’ydagi begona bolalarni ham – xullas,barchani sizlab gapirardi.
3.Bittangiz: yo Shahobiddin,yoki siz so’zga chiqasiz.
4.Hasharda hamma ishladi: yoshlar ariq tozaladi,qizlar maydonni supurdi,kattalar mashinaga yukni ortdi.
Ajratilgan bo’lakli gaplar
Ajratilgan bo’laklar ishtirok etgan gaplar mazmunan murakkablashadi.Gapning asosiy qismi ifodalagan axborotga ajratilgan bo’lakdan anglashilgan qo’shimcha axborot qo’shiladi.M: Tursunali akaga,shunday katta olimga,kuyov bo’lish hazil gap emas. Bu gapda birinchi axborot Tursunali akaga kuyov bo’lish hazil gap emasligi gapning asosiy qismi orqali,ikkinchi axborot esa Tursunali akaning katta olimligi ajratilgan bo’lak orqali ifodalangan.
Ajratilgan bo’laklar ikki xil vazifa bajaradi:

  1. Ma’lum bir bo’lak ma’nosini ta’kidlash,bo’rttirish;

  2. Ma’lum bir bo’lakning umumiy ma’nosini izohlash,konkretlashtirish,tushunarsiz ma’nosini tushuntirish.

Ajratilgan bo’lakning bu ikki xil vazifasi uning ajratish usuli orqali ham bilinib turadi.
Esda saqlang.Ajratilgan bo’laklar yuqoridagi vazifaga muvofiq ikki xil yo’l bilan ajratiladi:

  1. Tartibni o’zgartirish;

  2. Bir nomni boshqacha nomlash.

Gapning ajratilgan bo’laklari o’zlari aloqada bo’lgan bo’laklarning ma’nosini izohlab,bo’rttirib,aniqlashtirib yoki ta’kidlab keladi.Ular boshqa bo’laklardan maxsus to’xtam bilan ajratilib,gap urg’u(mantiqiy urg’u)sini oladi. M: Soraxon shuncha kundan beri yetolmagan niyatga – Roziyani avvalgiday go’zal,shod ko’rish niyatiga –Sattor bir lahzada yetdi.
Ajratilgan bo’laklar: a) bir bo’lak holida keladi: Boyagi yigitning,Avazning,qo’li gul ekan.

  1. Birikmali bo’lak holida keladi:Shu kuni kechqurun,daladan qaytishda,qori Siddiqjonga hamroh bo’lib qoldi.

Ajratilgan bo’lak o’zi izohlayotgan bo’lakdan doimo keyin keladi va yozuvda vergul,tire va ba’zan qavs bilan ajratiladi.
Ajratilgan bo’laklar gapdagi qaysi bo’lakka oid ekanligiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: ajratilgan hollar,ajratilgan aniqlovchilar,ajratilgan izohlovchilar,ajratilgan to’ldiruvchilar.
Ajratilgan hol o’zidan oldin kelgan holning ma’nosiga aniqlik kiritadi,izohlaydi.Ajratilgan bo’lak vazifasida,ko’pincha,o’rin,payt hollari keladi: Hu ana shu joyda,taxta ko’prikning ostida, kichik bir buloq bor.

Download 238 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish