Muhokama-insho
Bunday turdagi insholar uchun sinfda o’tkazilgan bahs,munozara material vazifasini o’taydi. Muhokama-inshoda o’quvchidan o’z fikrini asoslash va dalillash maqsadida mantiqqa jiddiy e’tibor berishi, mustaqil fikrlashi va muhokamada faol ishtirok etishi talab qilinadi. M: “Vatanni asrab-avaylash deganda nimani tushunaman?”, “Baxt nima?”,”XXI asr insoniyatga nimalar olib keldi?” kabi mavzularda bahs uyushtirish mumkin.
Tasviriy insho
Bunday insholarda narsa va hodisalar,shaxslarga xos belgilar,ularning boshqalardan farqlari ko’rsatiladi,taqqoslanadi. Ta’sirchanlikni hosil qilish uchun kishilar portreti va manzaralar tasviri badiiy ifodalanadi, o’xshatishlar,sifatlashlar ishlatiladi. Shuningdek,unda oddiy tasvir elementlaridan ham unumli foydalaniladi.
Shaxslar va manzaralar ko’z oldiga keltirilib,ularning timsollari gavdalantiriladi. Tasviriy-insholar o’quvchilarning fikrini o’stiradi,ulardagi kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi,yozma nutqini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |