To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gaplar
Bosh gap tarkibida to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gaplarga to’ldiruvchi ergash gaplar deyiladi. To’ldiruvchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo’llaniluvchi –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi.
Gap qismlari nisbiy so’zlar orqali bog’langanda, ergash gap kesimi shart mayli shaklidagi fe’l bilan ifodalanadi va to’ldiruvchi ergash gap bosh gapdan oldin keladi.
Gap qismlari –ki yordamida bog’langanda esa to;ldiruvchi ergash gap bosh gapdan keyin keladi.
Ba’zan bosh gapning to’ldiruvchisi vazifasidagi ko’rsatish olmoshi qo’llanmasligi mumkin,ammo uning o’rni bilinib turadi.
Misollar: Ahmadjon faqat shuni biladiki,dushman bu tepalikni haddan tashqari qattiq o’qqa tutdi.Qalbingiz nimani buyursa,siz menga shuni buyuring. Bilingki,jim turib salomat bo’lish gapirib malomatga qolishdan afzal.
Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar
Bosh gap tarkibida aniqlovchi vazifasida kelgan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapga nisbiy so’zlar yoki bosh gap kesimi tarkibida qo’llanuvchi –ki yuklamasi yordamida bog’lanadi. Birinchi holatda ergash gap bosh gapdan oldin,ikkinchi holatda keyin keladi.
Ba’zan bosh gapning aniqlovchisi vazifasida kelgan shunday,shunaqa kabi so’zlar qo’llanmasligi mumkin,ammo uning o’rni bilinib turadi.
Misollar: Katta arava qaysi yo’ldan yursa, kichik arava ham xuddi shu yo’ldan yuradi. Sevgi shunday navbahorki, u tikondan gul qilur. Bu suvni ichgandan so’ng kim yolg’on gapirsa, uning qulog’I o’sib ketarmish. Kimning quroli bilim bo’lsa,uning kelajagi porloq.
Ko’chirma gapli qo’shma gaplar uslubiyati
Nutq jarayonida so’zlovchi o’zi bevosita kuzatgan,bilgan voqea va hodisalar haqida axborot beribgina qolmasdan, o’zgalardan eshitgan voqea-hodisalarni ham bayon qiladi. Ko’pincha so’zlovchi o’z fikrini qo’shimcha dalillar bilan isbotlamoq uchun o’zigacha bo’lgan buyuk shaxslarning asarlaridan namunalar keltiradi yoki ma’lum bir shaxs xarakterini ochish uchun hu shaxs bayon qilgan gapdan foydalanadi.M: “Tiz cho’kib yashagandan tik turib o’lmoq yaxshiroq”,- deydi G’ofir. Bu esa nutqning ta’sirchan,mantiqli va ishonchli bo’lishini ta’minlaydi.
Birovning aynan keltirilgan gapi ko’chirma gap, so’zlovchining gapi esa muallif gapi deyiladi.Muallif gapi va ko’chirma gapdan tashkil topgan qo’shma gapga ko’chirma gapli qo’shma gap deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |