Ona tili va adabiyot (asosiy blok uchun)
Test darajasi: o’rtacha murakkab
1. Tasviriy insholarda shaxslar va manzaralar ko‘z oldiga keltirilib, ularning timsollari gavdalantiriladi. Tasviriy insholar o‘quvchilarning fikrini o‘stiradi, ulardagi kuzatuvchanlik qobiliyatini rivojlantiradi va yozma nutqini kengaytiradi.
Berilgan parchada nechta fe’l tarkibida nisbat
qo‘shimcha(lar)i so‘z yasovchi qo‘shimchadan so‘ng qo‘llangan?
A) 4 B) 3 C) 1 D) 2
2. Bu falokatga yo‘liqqan odamning jon achchig‘idagi qichqirig‘i edi, ammo Bill qayrilib ham qaramadi. (Jek London)
Ushbu gapda qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida
nechta so‘z tarkibida fonetik o‘zgarish yuz bergan?
A) 5 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta
3. v va z undoshlarining farqlovchi belgilari quyidagi qaysi tasnifda namoyon bo‘ladi?
A) ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
B) tarkibiga ko‘ra
C) hosil bo‘lish usuliga ko‘ra
D) hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra
4. Yasama o‘timsiz fe’llarga qo‘shilgan orttirma nisbat shakllarini aniqlang.
A) ko‘kartirmoq, changitmoq, gapirtirmoq
B) harakatlantirmoq, aniqlatmoq, ko‘paytirmoq
C) yangilatmoq, anglatmoq,
joylashtirmoq
D) toraytirmoq, yashartirmoq, yig‘latmoq
5. Kishi moliga o‘ch podsholarni ko‘p ko‘rgan Binoiy yosh Boburning bunchalik halolligidan qattiq ta’sirlandi.
Ushbu gapdajami nechta boshqaruvli so’z birikmasi mavjud?
A) 3 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 2 ta
6. Fan olami… shunday olimlar ijod qilib o‘tganki, ular yaratgan ilmiy g‘oya va kashfiyotlar yangi yo‘nalishlar…paydo bo‘lishi…sababchi bo‘lgan. Ana shunday tengi yo‘q iqtidor sohiblari… biri Albert Eynshteyndir. U… nomi zamonaviy fizika sohasi…. ochilgan ko‘plab qonuniyatlar bilan chambarchas bog‘langan.
Ushbu parchadagi nuqtalar o‘rnida qaysi kelishik qo‘shimchasini qo‘llab bo‘lmaydi?
A) tushum kelishigi B) o‘rin-payt kelishigi
C) jo‘nalish kelishigi D)
qaratqich kelishigi
7. “Odam yursa oyog'i, qush uchsa qanoti kuyadigan bu sahroda faqat kechalar yo'l bosish mumkin edi. Yo'lchilar har yer-har yerda bo'lgan sho'r quduqlardan suv chiqarib, meshlarini to'ldirib olar edilar. Bepoyon qum sahrosi hammaning joniga tekkan edi…”
Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) “Yulduzli tunlar” B) “Zulmat ichra nur”
C) “Me’mor” D) “Ulug’bek xazinasi”
8. Asos qismning aynan takrorlanishidan hosil bo‘lgan, holatga taqlidni bildiruvchi takror taqlid so‘z qaysi gapda hol vazifasini bajargan?
A) Namoz g‘azabi oshib, dag‘-dag‘ qaltiray boshladi.
B) Vujudini tutgan qalt-qalt titroqni bosib hazilomuz qichqirdi.
C) Qimmatbaho buyum quyosh nurida yarq-yurq tovlanardi.
D) To‘rtta savag‘ich bilan tap-tap urdi.
9. 1.Dam oladi kunduzi, xonadonning yulduzi.
2.Oyna emas jimirlar, tek turmasdan qimirlar.
3.Bir
parcha patir, olamga tatir.
4. Kulib turar misoli oftob,
Hamrohidir chang, tor va rubob.
5.Qizdirsang ishlar, kiyim tekislar.
Berilgan topishmoqlarning qaysi birida yopiq bo‘g‘inlar faqat jarangli undosh bilan tugagan?
A) 1, 3 B) 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 1, 2, 4
10. Quyida berilgan so‘zlardan so‘z ma’nosini jarangsiz undosh o‘rnida jarangli sirg‘aluvchi til undoshi orqali farqlash mumkin bo‘lganlarini aniqlang.
1) dars; 2) abzal; 3) yaroqli; 4) siqim; 5) soliq
A) 1, 3, 4 B) 2, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3
11. Alisher Navoiy qaysi ijodkorga “. . . bir necha matla’lari borkim, tab’ ahli (nozik didli adabiyotchilar) qoshida o‘qusa, bo‘lur”, deya yuqori baho bergan?
A) Husayn Boyqaro B) Jomiy C) Lutfiy D) Atoiy
12. Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida Qalandar Qarnoqiy “u qari tulki bu sir-asrorlarni hazratga yetkazganlar” deganda xazina haqida sirlarni oshkora qilgan qaysi qahramon haqida so‘zlagan?
A) Ibrohim Po‘lat B) Xoja Salohiddin zargar
C) Sulton Jondor D) Temur Samarqandiy
13. Suratda so‘lg‘in kuz osmonining chekkalari oqarib ko‘rinardi.
Berilgan gapda qaysi qo‘shimchalar o‘zaro shakldoshlik hosil qilgan?
A) sifat yasovchi va ot yasovchi qo‘shimcha
B) sifat yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimcha
C) sifat yasovchi va fe’l yasovchi qo‘shimcha
D) fe’l yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimcha
14. Ma’noli qismlarga ajralmaydigan so’zlar qatorini aniqlang.
A) Ishxona,
talabnoma, oromgoh, bog’bon, shifokor
B) Yurtdosh, boshlama, adabiy,
adabiyotshunoslik, tezlik
C) Tiril, tirik, begona, kunda, chindan, aynan
D) Qishki, ovlamoq, o’tloq, begumon, sportchi
15. Tuproq to‘shagida yotgan ko‘p ko‘rdim,
Qaro yer bag‘riga botgan ko‘p ko‘rdim.
(Pahlavon Mahmud)
Ushbu misralarda bir tovushdan iborat qo‘shimchalar soni nechta?
A) 5 ta B) 3 ta C) 6 ta D) 4 ta
16. Xalqparvarlik va vatanparvarlik yoshlarning asosiy fazilati bo‘lmog‘i darkor.
Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) aniqlovchi B) to‘ldiruvchi, aniqlovchi
C) ega D) ega,
aniqlovchi
17. Cho’milgan yaproqlarning sassiz chapagi,