ADABIYOTSHUNOSLIK – BADIIY ADABIYOT HAQIDAGI FAN
Mundarija
Kirish
I.Bob «Adabiyot» atamasining mazmuni va tarixi:
1.1 Badiiy adabiyot va uni o`rganishning axamiyati.
«Adabiyotshunoslik» atamasining mazmuni, adabiyotshunoslik fanining obyekti va vazifalari.
II.Bob Adabiyot nazariyasi badiiy adabiyotning mohiyati
2.1 Adabiyot taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, jamiyat hayotidagi o`rni va vazifalari
2.2 Adabiyotshunoslikning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida gapirganda, avvalo, uning tilshunoslik bilan aloqasi xususida to`xtalish lozim.
Xulosa .
Foydalanilgan adabiyotlar .
Kirish
«Adabiyot» termini etimologiya jaxatidan arabcha -adab so`zining ko`plik shakli ( hozirgi o`zbek tilida - odoblar) dan olingan. «Adabiyot» termini hozirgi paytda ikki ma`noda, ya`ni keng va tor ma`noda qo`llaniladi. Keng ma`noda qo`llanilganda «adabiyot» termini tushunchasi doirasiga- kitoblar, broshyuralar, maqolalar, umuman, ko`pchilikning o`qish uchun muljallab va nashr kilingan ( bosmaxona kashf etilishidan avvalgi davrda kulyozma kitob xolida tarkalgan) barcha asarlar kiradi. Adabiyot ayni chogda soxalarga bulinadi va turli nomlar bilan ataladi. Chunonchi, qishloq xujaligiga oid asarlar- «qishloq xujaligi adabiyoti», texnika oid asarlar - « texnika adabiyoti», tibbiyotga oid asarlar - «tibbiyot adabiyoti», siyosatga doir asarlar- «siyosiy adabiyot», so`z san`atiga oid asarlar - «badiiy adabiyot» deb yuritiladi va xokazo. «Adabiyot» atamasini tor, mahsus va professional ma`noda qo`llanilganda- faqat sofbadiiy asarlar ( romanlar, povestlar, hikoyalar, she`rlar, balladalar, poemalar, qasidalar, dramalar, komediyalar, tragediyalar va boshqalar)-gina ko`zda tutiladi. «Adabiyotshunoslikka asoslari kursida «adabiyot atamasi asosan professional ma`noda qo`llaniladi.
Ma`lumki,hozirgi paytda jahonning bir necha xalqlari tillarida, jumladan rus tilida litteratura (»Literatura») termini, o`zbek tilida esa «adabiyot» atamasi qo`llaniladi. Bu ikkala atama hozirgi davrda bir ma`noni anglatadi. Biroq, bu ikki termin etimologiya jihatidan xam, qo`llanila boshlash tarixi e`tibori bilan xam bir-biridan ajralib turadi. «Literutura» termini jahon fanida XU111-X1X asrlarda paydo bo`lgan. Bu termin aslda lotincha litera («litera»), ya`ni «xarf» so`zidan olingan va asosan yozma adabiyot ma`nosida qo`llanilgan. «Literatura» ( Adabiyot») termini Rossiyada X1X asrda paydo buldi. Bu termini birinchi bulib ilmiy asoslagan va mahsus ma`noda qo`llagan olim V.G. Belinskiydir ( Qarang: «Adabiyot» so`zining umumiy ma`nosi», 1862 yil). Rossiyada X1X asrning o`rtalarigacha xam tor va mahsus ma`nodagi «literatura» o`rnida asosan « poeziya» termini ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |