Shuningdek,bir narsa-buyumning turli belgilarini bildirgan birdan ortiq sifatlovchilar ham uyushiq aniqlovchilar sanaladi. M: Chaqaloq kichkina,oppoq va dumaloq qo’llarini cho’zib, menga talpinar edi.
Uyushiq aniqlovchilar o’zaro sanash ohangi bilan teng bog’lanadi va aniqlanmishga baravar tobe bo’ladi.
Qaratqich aniqlovchilar uyushib kelganda, ulardagi –ning qo’shimchasi ba’zan barcha bo’laklarda saqlanadi, ba’zan esa faqat oxirgi aniqlovchiga qo’shiladi, u oldingilarga ham taalluqli bo’ladi: To’lqinning, Ozodaning va Shoiraning ukalari bog’chada tarbiyalanadilar. – To’lqin, Ozoda va Shoiraning ukalari bog’chada tarbiyalanadilar.
Uyushgan bo’laklarning shakllari va ularda teng bog’lovchilarning qo’llanilishi
Juda muhim. Uyushgan bo’laklarning xarakterli xususiyati shundaki,ular bir xil grammatik shaklda bo’ladi.
Bu grammatik shakllarning qo’llanishi ikki xil bo’ladi:
Uyushgan bo’laklarning har birida takrorlanadi: Yam-yashil vohalarga,Badiiy lavhalarga,She’riy sarlavhalarga,Boy ekansan,Farg’ona.
Bunday vaqtda uyushgan bo’laklarning har biri ta’kidlangan bo’ladi.
Uyushgan bo’laklarning eng oxirida qo’llanilib,hammasi uchun tegishli bo’ladi: Toshkent,Samarqand,Buxoroda bo’lishdi.
Bunday vaqtda sanalayotgan bo’laklarning har qaysisi ta’kidlanmaydi,balki sanab ko’rsatiladi.
Uyushgan bo’laklar o’zaro teng bog’lovchilar,bog’lovchi vazifasidagi yordamchi so’zlar(ham,-u(-yu),na…na yuklamalari,bilan ko’makchisi) va sanash ohangi yordamida bog’lanadi.
Uyushgan bo’laklar biriktiruv bog’lovchisi bo’lgan va,hamda, bog’lovchi vazifasidagi bilan yordamida bog’langanda, ular ko’pincha takrorlanib keladi: Adol bilan o’yinchi Sora, Asal bilan quvnoq Ruxsora. Bunday vaqtda uyushgan bo’laklar orqali ifodalangan shaxs,predmetlarning guruh-guruh ekanligi anglashiladi. Ana shunday ma’no ifodalanganda va,hamda,bilan bog’lovchilari bir-biri bilan erkin almashinib keladi.
Va,hamda,bilan bog’lovchilari ikkidan ortiq uyushgan bo’laklar tarkibida bir marta qo’llanilsa,uyushiq bo’laklarning oxirgi juftligiorasida keladi va sanashning tugallanganligini bildiradi.M: Bog’imizda o’rik,shaftoli,gilos va olmalar bor.
Uyushgan bo’laklar ikki a’zodan iborat bo’lib,biriktiruv munosabatini bildirsa,bu a’zolar o’rtasida va,bilan,-u(-yu) bog’lovchilari ishlatiladi.
Solishtiring. Bir sevgikim,jon berur tanga, Faqat Zaynab-u Omonlarga xos. (Zaynab va Omon, Zaynab bilan Omon deb ishlatish mumkin)
Uyushgan bo’laklar otlar bilan ifodalanganda va,hamda,bilan o’zaro almashinadi.Fe’llar bilan ifodalanganda esa va,hamda,-u (-yu) o’zaro almashina oladi,lekin va o’rniga “bilan”ni qo’yib bo’lmaydi.
Solishtiring: Keldi va ketdi. Keldi-yu ketdi.
Uyushiq bo’laklar o’zaro sanash ohangi yordamida bog’lanib,ularning har birining ma’nosi ta’kidlanganda har bir bo’lak oxirida ham yuklamasi qo’llaniladi.M: Sen ham,men ham farishta emas.
Uyushiq bo’laklar o’zaro ayiruv munosabatida bo’lganda,ular o’rtasida yo,yoki,yo…yo ba’zan-ba’zan,dam-dam singari bog’lovchilar qo’llaniladi.M: Yo kitob,yo ruchka olaman.
Juda muhim. Yo,yo-yo, yoki bog’lovchilari uyushgan bo’laklardan birini tasdiqlab,ikkinchisini esa inkor etib bog’laydi.( yuqoridagi misolda kitob olsa,ruchka olmaydi, ruchka olsa,kitob olmaydi)
Do'stlaringiz bilan baham: |