Undalmalarning undov so’z va egalik qo’shimchalari bilan qo’llanilishi
Undalmalar tinglovchining diqqatini kuchliroq jalb etish,emotsionallikni ta’minlash,hayron qolish ma’nosini ifodalash uchun ko’pincha ey,hoy,voy kabi undovlar bilan birgalikda keladi.Bunday undovlar ko’pincha undalma oldidan qo’llaniladi.M: Hoy o’rtoqjon,qiloq soling so’zimga.
Ba’zan undalmadan so’ng ey,ho,ov,-u(yu) kabi undovlar ham ishlatiladi.M: Karimjon-u(ov,ey,ho), bu yoqqa keeling.Bu vaqtda undalma orqali ifodalangan shaxs yoki predmet so’zlovchidan uzoq masofada ekanligi ifodalanadi.
Eslab qoling. Undalmalar oldidan undov so’zlar ishlatilganda,yozuvda undalma bilan undov so’zlar orasiga hech qanday tinish belgi qo’yilmaydi.
Undov so’zlar undalmadan so’ng kelganda esa undov bilan undalma chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Undalmalar ko’pincha I shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasini olibkeladi.Bunday vaqtda undalma vazifasida kelayotgan tinglovchi so’zlovchiga yaqin ekanligi,erkalsh,suyish ma’nolarini ifodalaydi.M: Azizim,dunyoga bevaqt kelibmiz.
Ayrim hollarda undalma nutqda tushib qolib,uning o’rnida undovlar qo’llaniladi. M:hoy,chilim keltir. Undalma o’rnida hoy kelganda,tinglovchiga hurmatsizlik,mensimaslik ma’nosi ifodalanadi.
Ba’zan er-xotin bir-biriga murojaat etganda III shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasi bilan kelgan undalmadan foydalaniladi.M: Dadasi,choy iching.
Qo’shma gaplar
Gapni gap qilib turgan asosiy belgi uning kesimlik(predikativlik) belgisidir.Gapning kesimlik belgisi kesimlik ma’nolarini (zamon,shaxs-son,tasdiq-inkor,modal (mayllik) ifodalovchi kesimlik shakllari orqali ifodalanadi. Kesimlik ma’nosini ifoda etgan har qanday sintaktik birlik gap sanaladi.M: borma+sa(y)+di+m. Ko’m-ko’k dala. Bu gaplarning birinchisida kesimlik ma’nolari alohida-alohida kesimlik shakllari: tasdiq-inkor ma’nosi –ma shakli orqali,modal(mayl) ma’no –sa(y) shakli orqali,zamon ma’nosi –di shakli orqali, shaxs ma’nosi esa –m shakli orqali ifodalanmoqda. Ikkinchi gapda ham shu kesimlik ma’nolarining hammasi:tasdiq,aniqlik (modal ma’no),hozirgi zamon, III shaxs ma’nolari anglashiladi,lekin ular moddiy ko’rsatkichlarga ega emas. Nol ko’rsatkich orqali umumiy tarzda ifodalangan.Ana shu ma’nolar mavjudligi uchun ham u sintaktik birlik gap hisoblanadi.
Gap uchun muhim belgi sanalgan kesimlik belgisining miqdori gaplarni sodda va qo’shma gaplarga bo’lishga asos bo’ladi.
Bitta kesimlik belgisiga ega bo’lgan gap sodda, ikki va undan ortiq kesimlik belgisiga ega bo’lgan gap esa qo’shma gap sanaladi.
Qo’shma gap ikki va undan ortiq sodda gaplarning o’zaro grammatik va mazmuniy munosabatidan tashkil topadi.
Juda muhim. Qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning grammatik munosabati deganda,shu sodda gaplarning bir-biri bilan ma’lum grammatik vositalar (bog’lovchilar,yuklamalar, olmoshlar,ohang) yordamida bog’lanishi tushuniladi. Mazmuniy munosabati deganda esa, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuniy muvofiqligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |