UNDALMALAR USLUBIYATI
@uzbek_tilim
Topshiriq. Undalmalarning nechanchi shaxsga qaratilgani, gapning qaysi o‘rinlarida kelishiga e’tibor bering.
@uzbek_tilim
1. Hurmatli Xolposhsha! Boshingga tushgan tashvishdan, anchagina betob bo‘lib yotganingdan xabarimiz bor. Qayg‘urma. (O‘. Umarbekov) 2. Gapiraver, qizim, qulog‘imiz senda. (O‘. Umarbekov) 3. Ich, jigarim, qo‘rqqansan... (Abdulla Qahhor) 4. Endi, o‘g‘lim, dabdurustdan majlis deding... asli, shu gapni avval o‘zaro jo‘n gaplashib, pishiqtirib olsag-u, keyin majlisga solsang bo‘lar edi. (Abdulla Qahhor)
@uzbek_tilim
Undalmalar
Ma’lumki, undalmalar so‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki predmetni bildiradi.
@uzbek_tilim
Undalmalar
Ular so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan xolis, ijobiy, salbiy, tantanavor, rasmiy kabi munosabatlarini ham ifodalaydi.
Masalan,
@uzbek_tilim
- Rasmiy uslubda qo‘llangan undalmalarda rasmiylik bo‘yog‘i sezilib turadi: Hurmatli Ahmad Rahmatovich, Sizga shuni ma’lum qilamizki...
@uzbek_tilim
Undalmalar
Undalmalar so‘zlashuv, badiiy va publitsistik uslublarda, asosan, emotsional-ekspressivlik bo‘yog‘iga ega bo‘ladi.
Masalan,
@uzbek_tilim
- Odamlar, siz mening hayotim, Har biringiz umrim parchasi. (E. Vohidov)
- Bo‘tam, orqaga qayt. Manavilarni uyga tashlab, keyin boramiz. (Said Ahmad)
@uzbek_tilim
Undalmalar
Bunday birliklardagi undash ma’nosini yanada kuchaytirish uchun turli undovlar ham birga qo‘llanishi, undalmalar takror holda kelishi mumkin.
Masalan,
@uzbek_tilim
Ey Vatan, bag‘ringda shod Erkin o‘g‘loning bo‘lib Yurmoqni istaydir ko‘ngil. (E. Vohidov) Hoy qizginam-ey, qizginam-ey. Nimalar qilib qo‘yding, qizginam-ey. (O. Yoqubov) Sendan farzandingga bog‘ qolsin, ey do‘st, Bog‘ing Vatan degan nom olsin, ey do‘st. (E. Vohidov)
@uzbek_tilim
Undalmalar
Undalmalar gapning ichida yoki oxirida kelganda, emotsionallik
bo‘yog‘i ortiqroq bo‘ladi.
Masalan,
@uzbek_tilim
- Endi sen chorlasang, toki tanda jon, Labbay deyajakman, Vatan – onajon. (A. Oripov)
- Oq yo‘l bo‘lsin sizlarga, yosh do‘stlarim. (E. Vohidov)
- Qutida, – dedi Zulayho. – Xuddi shunaqa zirak ham bor. Kumush bo‘lsa kerak-a, dada? (O‘. Umarbekov)
- Biz eskichasiga Hanifa deyaveraylik, o‘g‘lim, qishloqchilik emasmi, bilgan undoq deydi, bilmagan mundoq deydi. (Said Ahmad)
87-mashq.
@uzbek_tilim
- Gaplarni o‘qing. Rasmiy, badiiy va so‘zlashuv uslublarida qo‘llangan undalmalarni izohlang.
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan vaqt so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing.
@uzbek_tilim
- VAQT, payt, zamon, fursat, mahal, chog‘, kez, kezak, mavrid, palla, muddat, dam, on, lahza.
- Yuz beradigan voqea-hodisa va narsalarning asrlar, yillar, soatlar, daqiqalar va h.k. bilan o‘lchanadigan davomiyligi.
Uyga vazifa
@uzbek_tilim
91-mashq. Undalmalarning gapdagi o‘rnini aniqlang, shunga ko‘ra ulardagi uslubiy ma’nolarni izohlang. Foydalanilgan adabiyot:
@uzbek_tilim
N. M. Mahmudov, A. Sh. Sobirov, Y. R. Odilov, G. Sh. Ziyodullayeva Ona tili. O‘rta ta’lim muassasalarining 10-sinfi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari uchun darslik. Toshkent: «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2017.
Do'stlaringiz bilan baham: |