Eshkakburun
Eshkakburun – bakrabaliqlar turkumiga mansub chuchuk suv balig’i. Bu turkumning turlari
Yerda kamida 75 million yil oldin yashagan. Amerika eshkakburunlari juda yirik hayvonlar bo’lib,
ularning uzunligi ikki metrga yetishi mumkin. Bu baliqlar daryoning ancha chuqur joylarida
yashaydilar va boshqa zamonaviy baliqlardan farqli o’laroq, plankton va detrit bilan oziqlanadilar.
To’yish uchun ular deyarli doimo katta og’zini ochib turadilar va suvni jabralari orqali filtrlab
yutib yuboradilar. Barcha mikroskopik plankton va detritli organizmlar, shuningdek detritning
zarralari og’zida qoladi. Tushliklarini to’yimliroq qilish uchun, eshkakburunlar “suvni
loyqalantiradi”, shunda loy va undagi organizmlar pastdan ko’tariladi. Loyqalangan suv
eshkakburunlarga to’sqinlik qilmaydi. Ularning rostrumi uzun va uchi keng, yapaloq kurakka
o’xshaydi va uning ichida maxsus sezgi organi joylashgan bo’lib, bu ularga xira ko’rinish
holatlarida harakatlanishiga imkon beradi. Rostrumning uzunligi ba’zan butun tananing uchdan
bir qismiga yetadi. Shu sababdan jonzotning nomi – eshkakburun, bunday “mo’jizaviy burun”ni
payqamasdan iloji yo’q. Terisi yalang’och yoki mayda suyak tangachalar bilan qoplangan.
Missisipi daryosining boy faunasi orasida eshkakburun alohida o’rin tutadi. Chunki u faqat
Missisipi havzasida saqlanib qolgan, uning eng yaqin qarindoshi xitoylik eshkakburun esa Xitoydagi
Yanszi daryosida yashaydi. Eshkakburunlarning go’shti va ikrasi ishlatiladi. Hozirgi kunda ularni maxsus
fermalarda sun’iy ravishda yetishtirishmoqda. Eshkakburunlilar o’rtacha 40-45 yil yashaydi, 12-14 yoshda
esa voyaga yetgan hisoblanadi. Bunday uzoq vaqt eshkakburunlilar bilan shafqatsiz hazil qiladi. Bugungi
kunda brakonyerlik va daryoning ifloslanishi tufayli, baliqlarning kam soni ko’payish yoshigacha omon
yetib kelmoqda. Shu bois, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Amerika eshkakburunini Qizil kitobga
kiritdi va bu turni himoyaga muhtoj
deb hisoblaydi.
Eshkakburun. Foto: Timothy Knepp, US Fish and Wildlife Service, commons.wikimedia
Xotima
S
himoldagi muz va janubdagi tropik o’rmonlar, Kordillyeraning ulug’vor tog’ tizimlari va
Buyuk tekisliklarning o’tloqli kengliklari, qorong’i va ajoyib Ajal vodiysi va Karib dengizi
sohilidagi deyarli o’tib bo’lmaydigan mangrazorlar, qadimgi Maya shaharlarining xarobalari va
Nyu-Yorkning mashhur markaziy bog’i – bularning barchasi Shimoliy Amerikadir. Shubhasiz,
bir inson qit’aning yuqoridagi barcha ajoyib burchaklariga tashrif buyurishi imkonsiz. Albatta,
odamlar oqimi ko’p kuzatiladigan joylar bor – bularga nafaqat Markaziy Park va Niagara
sharsharasi, balki ko’plab milliy bog’lar – Yellouston, Yosemit, Banf, Katta Kanyon va
boshqalar kiradi. Ammo ular bilan bir qatorda, nafaqat begonalar, hattoki mahalliy aholi ham
tashrif buyurmagan keng maydonlar mavjud bo’lib, ular hozirgacha asl holda saqlanmoqqda.
Agar siz Shimoliy Amerikaning biron bir joyiga borib qolsangiz, qayerda bo’lishidan qat’i
nazar – Kanada tundrasidami, Antil arxipelagining kichik orolidami, deyarli har doim tabiiy yoki ozgina zarar
yetkazilgan ekotizimlar saqlanib qolgan burchakni topishingiz mumkin. Shunday qilib, uzoq vaqtdan beri
o’zlashtirilgan va haydalgan preriyalarning markazida siz kutilmaganda inson qadami yetmagan o’tloqlardan
iborat va o’ziga xos bo’lgan jonivorlarga ega katta vohani uchratishingiz mumkin, biroq siz u yerlarda bizon
va Amerika antilopasi kabi yirik tuyoqlilarga duch kelmaysiz. Bu, masalan, mahalliy maktab o’quvchilarini
tabiat bilan tanishtirish uchun olib chiqiladigan yer maydonlari, mahalliy ma’muriyat nazorati ostidagi bir
qator tabiiy bog’lar yoki jamoat ko’rishi uchun ochiq bo’lgan xususiy mulklar bo’lishi mumkin. Ular eng
mashhur sayyohlik joylaridan kam bo’lmagan go’zal va ta’sirlidir.
Ziyrak kitobxon qit’aning turli qismlarining tabiati haqidagi yorqin tavsiflarni
XIX-XX asr boshlaridagi
amerikalik mashhur yozuvchilarning romanlaridan va sayohat xotiralaridan topishi mumkin, masalan, Jeyms
Fenimor Kuper, Mark Tven, Frensis Bret Gart, Jek London, Genri Devid Toro va boshqalar shular
jumlasidandir. Keyinchalik esa, Shimoliy Amerikaning jozibasi Rokvell Kent, Aldo Leopold va Genri Beston
tomonidan she’riy tarzda tasvirlangan (Kent esa ularni chizgan ham). Shubhasiz, hozirda qit’aning ko’plab
qiziqarli joylariga masofadan turib tashrif buyurish imkonini beradigan ko’plab internet-resurslar bor.
Agar sizda Shimoliy Amerikaga tashrif buyurish imkoniyati bo’lmasa, kitoblar, filmlar va onlayn
resurslar yordamida virtual sayohat qilishingiz va qit’aning tabiatini sizga tanish bo’lgan Yevrosiyoning
mintaqalari bilan taqqoslashingiz, Shimoliy yarim sharning ikki qit’asining o’xshashliklari va farqlari qanday
namoyon bo’lishini va nimalarga bog’liqligini tushunishingiz va ulkan hududlar va biologik xilma-xillikni
saqlash va ekotizimlarning barqarorligini ta’minlash uchun insoniyat taraqqiyotining qaysi tajribasi har biriga
foydali bo’lishini anglashingizga imkon beradi.