Missisipi
D
unyoda Missisipi kabi mamlakatning shakllanishi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan
boshqa daryo bo’lmasa kerak. Chunki Missisipi daryosi Amerika Qo’shma Shtatlarining o’tmishi,
buguni
va kelajagidir. AQSh tarixining so’nggi ikki asrlik harbiy g’alabalari va mag’lubiyatlari,
musiqiy madaniyati, iqtisodiy rivojlanishi ushbu daryo va uning vodiysi bilan uzviy bog’liq.
Missisipi bo’ylab sayohat mobaynida qit’aning tabiati shimoldan janubga qanday
o’zgarayotganini ko’rish mumkin bo’ladi. Shimolda, daryoning yuqori oqimida ko’llar va
botqoqliklar, o’rta oqimda tekis dalalar, quyi qismida esa Missisipi bir qancha irmoqlarga bo’linadi
va uning suvlari Meksika qo’ltig’iga quyiladi. Bu yerda bayu – noyob subtropik botqoqlari paydo
bo’ladi, har yili daryo qirg’oqlarga balchiqni olib chiqadi, bu esa mahalliy yerlarning
unumdorligini haddan tashqari oshiradi.
Xo’sh, bu daryo qanday paydo bo’lgan? Bu savolga javob berish uchun qit’aning shimoliy
va markaziy qismini Laurentiy muzliklari bilan qoplangan 100 ming yil orqaga qaytish kerak
bo’ladi. Muzliklar erishi natijasida Missisipining qadimiy o’zani toshlar va loy bilan to’lib qoladiva
daryo toshlar orasidan o’ziga yangi o’zan ochishiga to’g’ri keldi, oqim o’zgarishi oqbitadida
sharsharalar ham paydo bo’ldi. Muzliklarning erishi natijasida erigan suvlar ko’p sonli ko’llarda
to’plana bordi. Ularga Itaska ko’li misol bo’lib, uni hatto yosh bola ham kechib o’tishi mumkin
bo’lgan, ko’ldan boshlanadigan kichik daryonidir. Bu Missisipi daryosining manbai hisoblanadi.
Missisipi o’z oqimining boshida ko’llar, botqoqliklar va torfli botqoqliklar chigalidan asta-sekinlik
bilan chiqadi. Bu yerda daryo shimolga qarab oqadi, bir oz aylanib o’tadi va Unnibigoshish ko’liga
quyilganidan keyin janu bo’ylab oqadi. Inson qadami yetmagan o’rmonlarning yovvoyi tabiati
atrofda hukmronlik qiladi. Qo’l urilmagan landshaft, faunaning xilma-xilligi va sukunat –
bularning barchasi Missisipining yuqori qismiga chiqqan sayohatchini hayratga soladi. Daryo
doimo u yoqdan bu yoqqa aylanib, ko’plab irmoqlarni o’z ichiga oladi va ko’llarni suv bilan
to’ldiradi. Ko’llar oralig’ida juda ko’p ostonatosh va toshli yoriqlar bor. Minnesota va Des-Moyn
daryolari oralig’ida, Missisipi vodiysi ohaktoshlarni yorib o’tadi, torayadi va Rok-Aylend hamda
Keokuk shaharlari yaqinida xavfli ostonatoshlarni hosil qiladi. Sent-Pol shahri yaqinida,
daryodagi eng katta sharshara – Sent-Entoni sharsharasi joylashgan.
Sharsharadan tushgan Missisipi o’zining ilgarigi oqimiga tushadi. Uning oqimi bir
maromga tushadi va tinchlanadi, sharshara esa Missisipida yuk tashish kemalar
qatnovining yuqori chegarasi bo’lib xizmat qiladi. Daryoning yuqori oqimi uning eng
yirik irmoqlaridan biri Missuri qo’shilishi bilan tugaydi. Hindular Missurini “katta iflos
daryo” deb atashgan. Haqiqatan ham, qo’shilish joyida Missuri Missisipiga qaraganda
ancha sersuv, suvlari esa juda loyqalangan. Adashib qolgan bola singari, Missuri ko’plab
irmoqlarni o’z ichiga olib, AQShning yettita shtati bo’ylab sayr qiladi, va 3 767
kilometrdan keyin Missisipiga qo’shiladi.
O’rta oqimida daryo asosan bir o’zanda tinch va shoshilmay oqadi. Ammo tashqi
ko’rinish aldamchi bo’ladi. Daryoning tekislikka chiqishi va yirik irmoqlarning
qo’shilishi uni oldindan bashorat qilib bo’lmasligiga ishora bo’ladi. Suv toshqinlari har
yili bo’lib turadi, ba’zida daryo o’z qirg’oqlaridan
chiqib, yuzlab kvadrat kilometr
maydonni egallaydi va atrofidagi barcha narsani vayron qiladi. Suv sathining bunday tez
ko’tarilishi qumli va loyli cho’kindilarni hosil bo’lishiga olib keladi. Ular orollarga
aylanadi. Biroq, har bir toshqin ularning shaklini o’zgartiradi, ba’zida ular butunlay yo’q
bo’lib ketadi.
Itaska ko’li va Missisipining boshi. Foto: Christine Karim, commons.wikimedia.org
Yangi Amerikada paroxodlar daryo bo’yida yetishtirish yoki yaqin atrofda yig’ib-terish
mumkin bo’lgan hamma narsani tashigan. Daryoning yuqori oqimidan yog’och-taxtalar oqizib
tashilgan, ulardan Sent-Luis, Omaxa, Minneapolis, Kanzas-Siti va boshqa ko’plab shaharlar
barpo etilgan. Shimoliy Amerikaning namlik yuqori bo’lgan hududining asosiy subtropik ekini
paxta hisoblanib, janubroqda, ya’ni daryoning muzlamaydigan qismida yetishtirilgan, doimiy
suv toshqinlari esa, bu o’lkadagi tuproqning unumdorligi oshishiga katta hissa qo’shgan.
Janubiy shtatlarning keng maydonlarida qullar mehnat qilishgan. “Jonli tovar” yuklagan
barjalar Missisipi bo’ylab yuqoriga ko’tarilib odamlar va po’latni olib kelgan, qaytisda esa
paxta olib ketishgan. Uzoq vaqt davomida bu hududlarning Fransiya bosimi ostida bo’lganligi
daryo vodiysining quyi qismi hayotiga katta’sir ko’rsatdi. Missisipi qirg’og’idagi
madaniyatlarning almashinuvi dunyoga jazz, blyuz va soul kabi mashhur musiqiy yo’nalishlar
va o’ziga xos kajun oshxonasini kashf qildi.
Missisipi bu nafaqat savdo, jazz, paroxod va paxta, u shuningdek, inson har doim ham bashorat
qila olmaydigan ofatning dahshatli kuchi hamdir. Yevropaliklar Missisipi suvlarini o’zlashtirishlarining
dastlabki kunlaridan boshlab uni kemachilik uchun qulay bo’lishiga harakat qilishgan. Mark Tven tasvirlab
bergan daryoda paroxodlar rivojlanishi davrida daryo oqimini chuqurlashtirish, qirg’oqlarni
mustahkamlash va suv toshqinlari paytida suv hujumini to’xtatish uchun kanallar va to’g’onlar tarmog’ini
barpo etilishiga zamin yaratgan.
XIX asrning boshlarida insoniyat daryoni to’liq bo’ysundirishga
qaror qildi va harbiy muhandislik bo’limi boshchiligida Missisipi suvlari to’g’onlar qurilishi yordamida
tor kanalga yo’naltirildi. Bu loyiha transport kemalarining yo’nalishini qisqartirdi va katta daromad olish
imkonini berdi. Biroq, ikki oy o’tgach, daryo o’z qirg’oqlaridan chiqib ketdi va uni bo’ysundirib
bo’lmasligi aniq bo’ldi. Agar insoniyat tabiatni boshqarishga urinsa, oqibatlarini oldindan aytib bo’lmasligi
anglab yetildi. Qanday bo’lmasin, o’tmish saboqlari ba’zida kor qilmaydi. Isyonkor daryoni bo’ysundirish
ishlari davom etdi. Biroz vaqt o’tgach, 1927 yilning yomg’irli qishida eng dahshatli suv toshqini yuz berdi.
Qohiradan Binvilgacha bo’lgan yuzlab kvadrat kilometrlik qirg’oqlar 15 metrli suv ostida qolib ketdi.
Biroq bu AQSh hukumatini to’g’onlar, shlyuzlar va kanallar tarmog’ini qurishni davom ettirishiga turtki
berdi. Katta shaharlarda suv toshqinlarini qisman oldini olish imkonini berdi, lekin ko’p kichik aholi
punktlari va fermer xo’jaliklari hali ham suv toshqini hududida joylashgan va zarar ko’rmoqda.
Missisipining o’rta oqimi daryoning yirik irmog’i etagi Ogayo hududida tugaydi. Bu
yerda Missisipi o’zining maksimal hajmiga yetadi. Sekin va viqor bilan u suvlarini paxta va
makkajo’xori plantatsiyalaridan olib o’tib, Meksika qo’ltig’idagi deltaga yo’l oladi. Daryo
bo’ylab ulkan barjalar va katerlar harakatlanadi. Ba’zida bahaybat tankerlar Baton-Ruj
portiga yetib boradi va o’zlarini yoqilg’i zahirasi bilan ta’minlaydi. Yangi Orlean portlarida
transatlantik kemalar omborlari Missisipi sohilidagi plantatsiyalarda yetishtirilgan don bilan
to’ldiriladi.
Daryoning quyi oqimida qadimdan odamlar yashagan. Yumshoq iqlim, unumdor
tuproqlar, ko’plab chuchuk ko’llar va botqoqliklar bu hududni inson hayoti uchun jozibador
qiladi. Biroq, hozir daryoning quyi oqimi va deltasi asosan yuk tashish va savdo bilan kun
kechiradi. Vaqti -vaqti bilan daryo o’z yo’lini quyi oqimida va deltada o’zgartirib turadi. Bu
ko’p miqdorda loy va qumning ko’chishi bilan bog’liq. Loy va qum pastga chookib, tabiiy
o‘tirindilarni hosil qiladi va daryo o’ziga boshqa yo’lni qidira boshlaydi. Avvalgi yo’l asta-
sekin o’t bilan bosib ketadi va Missisipining quyi qismidagi keng maydonlarni egallagan bayu
- subtropik botqoqlarga aylanadi.
Bayu – Missisipining quyi qismidagi subtropik botqoqliklar. Foto: jc.winkler, commons.wikimedia.org
Missisipining quyi oqimi. Foto: US Department of Agriculture, www.flickr.com/photos/usdagov
Missisipi o’zani daryo etagida kengaymaydi, aksincha torayadi. Shuning uchun daryo
deltasi g’oz panjasi shakliga ega. Bu yerlar har yili suv ostida qoladi. Subtropik botqoq va
o’rmonlarning noyob tabiiy tizimi paydo bo’ladi. Botqoq sarvlari lianalar bilan chambarchas
bog’langan, shoxlari esa osilgan epifitlar bilan qoplangan. Suvda daraxtlar orasidan alligatorlar
sirpanib harakatlanadi. Qarqaralar shox-shabbalar ustida uchsa, ildizlarida esa Shimoliy
Amerikaga olib kelingan nutriyalar o’ziga boshpana topadi.
Shunga qaramay, oxirgi 150 yil davomida inson faoliyati buyuk daryoning ko’rinishini
sezilarli darajada o’zgartirdi. Rivojlangan daryo transporti, chiqindi suvlarni oqizish, dalalar,
fermer xo’jaliklari va sanoat korxonalaridan oqayotgan suvlar – bularning barchasi Missisipi
suvining sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi kunda uning pastki oqimida deyarli hayot yo’q.
Meksika qo’ltig’iga quyilgach daryo suvlari o’lik hududni hosil qiladi. U yerdagi suv shu qadar
zaharlanganki, bir necha turdagi meduzalardan tashqari, bu yerda hech qaysi jonzot yashay
olmaydi. Daryoning quyi qismida hayvonot dunyosi ham qashshoqlashdi. Onda-sonda
qachonlardir
bu yerda erkin yashagan sirli va qadimiy hayvonlarni uchratish mumkin.
Bakrabaliqlarning o’ziga xos qarindoshlari – eshkakburun va kurakburun hamda yirik katta
Missisipi timsoh balig’i ularga yaqqol misol bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |