Shimoliy amerika



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/33
Sana23.01.2022
Hajmi9,77 Mb.
#404109
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
gift 11 uz (1)

    Buyuk Amerika koʻllari  

S

himoliy  Amerika chuchuk  suv  zahiralariga  boy  hudud. Qit’aning cheksiz 



kengliklarida  ko’plab  ko’llar  va  daryolar  tarqalgan.  Janubda  oxirgi  tog’  ko’tarilishi 

oqibatida  vujudga  kelgan  Nikaragua,  Managua  va  boshqa  tektonik  ko’llarni  ko’rish 

mumkin. Qit’aning g’arbiy qismida esa, ulug’vor tog’ tizmalari orasida Katta Sho’r 

ko’li kabi relikt ko’llari ham bor. Shimoldagi hozirda mavjud deyarli barcha ko’llar 

15 ming yil oldin qit’aning ko’p qismini qamrab olgan muz qatlami erishi natijasida 

paydo bo’lgan. Shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa muz erishi oqibatida paydo bo’lgan 

chuchuk  suvli  Katta  Ayiq,  Katta  Asir  (Qullar),  Atabaska  va  Vinnipeg  kabi  yirik 

ko’llar zanjiri cho’zilgan. Biroq, dunyodagi eng katta chuchuk suvlari saqlanadigan 

qit’aning asosiy ko’llar tizimi Buyuk yoki Buyuk Amerika ko’llari hisoblanadi. Bu – 

yonma-yon joylashgan 5 katta ko’l – Yuqori ko’l, Guron, Michigan, Eri, Ontario va 

shungdek bir nechta mayda ko’llar va daryolardir. 

 

Buyuk Amerika ko’llarining kosmosdan ko’rinishi.  Foto: SeaWiFS Project, 



 NASA/Goddard Space Flight Center, and ORBIMAGE, commons.wikimedia.org 


 

 Ko’llarni  buyuk  deb  nomlanishiga  ko’p  sabablar  bor.  Birinchidan,  hajmi  tufayli. 

Ko’llarning  umumiy  maydoni  244  106  kvadrat  kilometrni  tashkil  etadi,  bu  esa  Buyuk 

Britaniya  orolining  hududidan  kattaroq.  Chuchuk  suv  havzasida  eng  katta  orol,  Manitulin 

oroli,  Guron ko’li suvlarida  joylashgan. Orolning  o’zida  esa  bizning sayyoramizda  topilishi 

mumkin  bo’lgan  eng  katta  “ko’ldagi  ko’l”  –  Manitu  ko’lini  ko’rish  mumkin.  Ikkinchidan, 

Buyuk  ko’llar  tizimi  Baykal  ko’li,  Antarktida  va  Grenlandiya  muzliklari  bilan  taqqoslasa 

bo’ladigan katta chuchuk suv zaxiralarini saqlaydi. 

Qadim  zamonlardan  buyon  odamlar  Buyuk  ko’llar  qirg’og’ida  yashagan.  Aslida, 

ko’llarning nomlari ko’pincha shu ko’llar qirg’oqlarida yashagan xalqlarning tilini o’zida aks 

ettiradi. Masalan, Eri ko’lining nomi “erielgonan” (erielhonan) irokezchadan olingan bo’lib, 

“uzun  dum”  degan  ma’noni  anglatadi.  Haqiqatan  ham,  xaritaga  qarasangiz,  Eri  ko’li 

qandaydir  hayvonning  uzun  dumiga  o’xshaydi.  Ammo  ba’zi  ko’llarni  mahalliy  hindu 

qabilalari, keyinroq esa ko’chmanchilar turlicha nomlashgan. Dastlab hindular eng shimoliy 

ko’lni  Gitchi-Gyumo  (“Buyuk  dengiz”)  deb  atashgan,  lekin  bu  yerga  350  yil  oldin  kelgan 

fransuzlar  esa,  uni  o’zlariga  moslab    Lac  Supérieur,  ya’ni  Yuqori  ko’l  deb  nomlashgan. 

Yuqori  ko’l  maydoni  bo’yicha  Kaspiy  dengizidan  keyin  ikkinchi  o’rinda  turadi,  lekin 

chuchuk ko’llar orasida u eng kattasi hisoblanadi. 

Barcha  ko’llar  bir-biri  bilan  huddi  Guron  va  Eri  o’rtasida  joylashgan  Sent-Kler  ko’li  kabi 

daryolar  yoki  kichikroq  suv  havzalari  bilan  bog’langan.  Bu  yerda  yashagan  odamlar  uchun  bu  juda 

qulay  edi,  sababi  yevropaliklar  kelishidan  oldin  qit’ada  hindularning  so’qmoq  yo’llaridan  tashqari 

boshqa  yo’llar  bo’lmagan,  ko’llar  orqali  harakatlanish  esa  olis  hududlarni  yaqinroq  qilish  imkonini 

bergan. 

XVII  asr  oxirlarida  fransuzlar  tomonidan  ko’llar  orasidan  kemalarga  o’tish  imkonini  beruvchi 

birinchi kanallar qurila boshlangan. Biroq, Fransiyaning Amerika qit’asida ta’siri zaiflashishi bilan bu 

tashabbusni  AQSh  va  Britaniya  o’z  qo’liga  oladi.  Kanallar  tizimining  rivojlanishi  ko’p  jihatdan 

dunyoga  mashhur  gigant  savdo  markazlari,  masalan,  Kanadadagi  Monreal  va  AQShdagi  Nyu-York 

shaharlarining  shakllanishiga  katta  ta’sir  ko’rsatdi.  Ularning  tarixi  Avliyo  Lavrentiy,  so’ngra

 

  esa, 


Gudzon daryosi orqali Atlantika okeanidagi Buyuk ko’llar bilan bog’laydigan kanallarning qurilishi va 

keyinchalik

 

kengayishi  bilan  uzviy  bog’liq.  AQSh  va  Kanada  iqtisodiyotining  rivojlanishi  qit’aning 



ichki hududlarini ko’llarning savdo yo’llari bilan birlashtirishni talab qilgan. Shunday so’ng, eng yirik 

daryo tizimlari va Buyuk ko’llarni birlashtirgan kanallar qurilishi boshlangan. Missisipidan kemalarda, 

janubiy  shtatlardan  don  va  paxta  tashuvchi  kemalar  Chikago-Lokport  kanali  bo’ylab  Yuqori  ko’liga 



 

hech  qanday  to’siqlarsiz

 

harakatlanishi



 

mumkin  bo’lgan.  Natijada,  suv  transport  yo’llari 

Monrealdan Yangi Orleangacha Shimoliy Amerikaning asosiy daryo havzalarini bog’ladi. 

Buyuk  ko’llar  qanday  paydo  bo’lgan?  Ular  necha  yoshda?  Ular  har  doim    ham  shunday 

bo’lganmi?  Kelajakda  ularni  nima  kutmoqda?  Bu  savollarning  barchasiga  javob  berish  uchun, 

buyuk ko’llar tizimining o’tmishiga nazar tashlash kerak. Ma’lum bo’lishicha, Buyuk ko’llar tizimi 

shakllanishining  birinchi  bosqichi  1,1-1,2  milliard  yil  oldin,  Shimoliy  Amerika  qit’asining 

markaziy  qismida  katta  yoriqlar  paydo  bo’lgan  paytga  to’g’ri  keladi.  Keyinchalik,  bu  hududlar 

cho’kindi  jinslarning  qalin  qatlami  bilan  qoplangan  bo’lgan,  oldingi  yorilish  tizimining 

chekkalarini  esa  faqat  Ontario  va  Yuqori  ko’llarining  shimoliy  qirg’oqlarida  ko’rish  mumkin.

 

             Yuqori ko’lining shimoliy qirg’og’i. Foto: US Environmental Protection Agency, commons.wikimedia.org 




 

 Buyuk ko’llarning shakllanishining ikkinchi bosqichi qit’adagi nisbatan yaqinda sodir 

bo’lgan  voqealar  bilan  bog’liq.  Taxminan  20  ming  yillar  oldin  Shimoliy  Amerikani  ulkan 

Lavrentiy  muzliklaridan  asta-sekin  xalos  qilish  boshlandi.  Uning  qalinligi  ba’zi  joylarda  bir 

yarim  kilometrdan  oshdi,  og’irligi  esa  shu  qadar  katta  ediki,  uning  ostida  qit’a  qobig’i 

deformatsiyaga uchradi. 100 ming yildan ko’proq vaqt davomida muzlik ba’zida janubga qarab 

harakat qilgan, ba’zida esa  erib, qit’aning shimoliga chekingan. Bu jarayon ulkan havzalar va 

kichik  chuqurliklarning  paydo  bo’lishiga  olib  keldi  va  ular  muzlik  orqaga  chekinishi  bilan 

erigan  suv  bilan  to’ldi.  Natijada  ko’llar  paydo  bo’ldi.  Janubiy  ko’llar  balandligi  jihatdan 

shimoldagilaridan  pastroqda  joylashgan,  shuning  uchun  ham  asosiy  oqim  shimoldan  janubga 

qarab  oqadi.  Asta-sekin,  ko’llardagi  suv  sathi  ko’tarilib,  bu  joylarning  dastkabki  reylefi  suv 

ostida qoldi. Hozirgi kunda zamonaviy tadqiqot usullari yordamida ko’llar tubida balandligi bir 

necha yuz metrgacha bo’lgan kuchli tog’ tizmalar, qadimiy daryolarning sharsharalari va hatto 

kelib  chiqishi  noma’lum  kraterlar  borligi  ma’lum  bo’ldi.  Guron  ko’li  o’rtasida  joylashgan 

Alpena-Amberli  qoyasi  bunga  yaqqol  misol  bo’la  oladi.  To’qqiz  ming  yil  oldin  odamlar  bu 

yerda yovvoyi karib kiyiklarini ovlashgan. 

 

Hozirgi  kunda  ko’llar  bir-biri  bilan  tabiiy  daryolar  va  bo’g’ozlar,  shuningdek  sun’iy 



kanallar  orqali  bog’langan.  Yuqori  ko’li  Guron  bilan  Avliyo  Meri  daryosi  orqali  bog’langan. 

Gidrologik  nuqtai  nazardan,  Guron  va  Michiganni  bitta  ko’l  deb  hisoblash  mumkin.  Ularning 

suv sathi  bir  xil:  dengiz  sathidan  176  metr  balandlikda. Ming  yillar  oldin Buyuk  ko’llarda suv 

sathi ancha past bo’lib, ular daryo bilan bog’langan edi, hozir esa bu yerda Makino bo’g’ozining 

suvlari  keng  tarqalgan.  Eri  ko’liga  borish  uchun  Guron  ko’lidan  Sent-Kler  daryosi  bo’ylab 

suzish,  va  xuddi  shu  nomdagi  kichik  ko’lni  kesib  o’tish,  keyin  esa  Eriga  quyiladigan  Detroyt 

daryosi  bo’ylab  harakatlanish  kerak  bo’ladi.  Eng  sayoz  Eri  ko’li  Ontario  ko’li  bilan  mashhur 

Niagara  sharsharalari:  Amerika  sharsharasi,  Fata  va  Kanada  yoki  Taqa  sharshalari  joylashgan 

Niagara  daryosi  orqali  bog’langan.  Ontario  ko’lidan  Buyuk  ko’llar  suvlari  Avliyo  Lavrentiy 

daryosi bo’ylab Atlantika okeaniga quyiladi. 

Ko’llar  paydo  bo’lganidan  buyon  mahalliy  iqlim  sezilarli  darajada  o’zgardi.  U  namroq  bo’ldi. 

Yozda ko’llardagi suv sekin iliydi, g’arbdan esayotgan doimiy shamollar namlik bilan to’ldirilgan havo 

massalarini sharqqa  olib  boradi  va  Eri  hamda  Ontario  ko’llari  sohillarida  turli  sabzavot,  meva  va  donli 

ekinlarni yetishtirish uchun sharoit yaratadi. Qishda qo’shni hududlarga qaraganda ko’llarga qor ko’proq 

yog’adi. Ba’zida qirg’oq bo’yidagi shaharlar tom ma’noda qor bilan qoplanadi. 



 

Bularning  barchasi,  shubhasiz  insonlar  e’tiboriga  tushdi.  Qishloq  xo’jaligining  keng 

tarqalishi,  kanallarning  faol  qurilishi  va  ko’llar  suvlarida  kemachilikning  rivojlanishi,  yirik 

sanoat  markazlarining  (Chikago,  Detroyt,  Toronto  va  boshqalar  kabi)  paydo  bo’lishi  XX  asr 

o’rtalarida  Buyuk  ko’llarning  jiddiy  ifloslanishiga  olib  keldi.  Ko’p  yillar  davomida  Buyuk 

ko’llarning  suv  qatlami  odamlarning  shiddatli  faoliyatining  chiqindi  oqimlarini  o’ziga  yutdi

Baliq  turlari  tugamaydigandek  tuyulgan  edi,  afsuski  bunday  bo’lib  chiqmadi.  Dastlab  organik 



moddalar  va  kislorodga  sezgir  bo’lgan  losossimonlarni  ovlash  kamaydi.  Buning  barchasiga 

silindrsimon  tanali,  ilonga  o‘xshagan  baliqlarning  qarindoshlari  minogalar  aybdor  deb  topildi.

 

Ular  yaxshi  suzadi,  og’zi  va  hatto  tili  o’tkir  shoxli  tishlar  bilan  qoplangan.  Minogalar  o’ljasi 



tanasiga  tishlari  bilan  yopishib  oladi  hamda,  o’ljasining  qoni  va  terisi  bilan  oziqlanadi. 

Minogalar  1950-yillarga  qadar  Ontariodan  boshqa  ko’llarda  topilmagan.  Ularning  yo’liga 

Niagara  sharsharasi  to’g’anoq  bo’lgan  edi,  chunki  minogalar  undan  suzib  o’ta  olmasdilar. 

Velland  kanalining aylanma  yo’li qurilishi bilan  minogalar  Eri, so’ngra  boshqa ko’llarga  erkin 

kira oldi. 

Zararli minogalarga qarshi kurash ko’p vaqt va sarmoyani talab qildi. Biroq, asosiy sabab 

minogalarda emasligi aniqlandi. Michigan va Erida baliqlarning ulkan to’dalari sirli sabablarga 

ko’ra  qirilib  ketdi.  Bundan  tashqari,  ko’llardan  birining  tez  qarishi  belgilari  sezila  boshlandi. 

Ko’llardagi halokatli  vaziyatlar  shiddatli  ifloslanishlar  oqibatida  paydo  bo’lganligi  va  nihoyat 

tan olindi. 

Neft,  qog’oz,  cho’yan  va  po’lat  sanoati,  avtomobil,  kimyo  va  tog’-kon  sanoati 

chiqindilari,  dalalardan  yuvilgan  minglab  tonna  o’g’itlar  va  zaxarlar,  simob 

aralashmalari,  yelim,  kislotalar,  yuvish  vositalarining  ko’pikli  aysberglari,  bularning 

barchasi suvga oqizilgan. Buyuk ko’llar ifloslantiruvchi birikmalarni o’z domiga sabr 

bilan  yutdi  va  qisman  qayta  ishladi  ham.  Biroq  hamma  narsaning  chegarasi  bo’ladi. 

Barcha  ko’llar  tizimining  eng  sayozi  va  sanoat  korxonalari  bilan  o’ralgan  Eri 

birinchilardan  bo’lib  bunga  bardosh  bera  olmadi.  Shuning  uchun  Erini  “O’lik  ko’l” 

deb  atashadi.  Ko’llarni  tozalash  masalasi  darhol  kun  tartibiga  kiritildi.  Eng  yaxshi 

yechim – ifloslanishning barcha manbalarini zudlik bilan to’xtatish kerak edi. Ammo 

chiqindilar  manbai  bo’lgan  katta  konsernlar  va  korporatsiyalar  zavodlari  ishlab 

chiqarishni qisqartirish niyatida emas edi. Ko’llarni zaxarlamasligi uchun ularni qayta 

qurish  oson  ish  emas  edi,  ba’zida  esa  imkonsiz  edi:  sanoat  ishlab  chiqarishning 

o’sishi barcha harakatlardan ustunlik qilardi. AQSh hukumati Kanada bilan qo’shma 



 

bitimga  binoan  Buyuk  ko’llarni  tozalash  uchun  4,5  milliard  dollar  ajratdi.  Ammo 

minimal  hisoblaganda  ham  ko’l  tizimini  to’liq  tiklash  uchun  kamida  15  milliard 

mablag’ talab etiladi.  

Yuqori  va  Guron  ko’llari  sohillarida  bir  nechta  milliy  bog’lar  va  boshqa 

qo’riqlanadigan  hududlar  bor:  AQSh  hududida    Ayl-Royal  milliy  bog’i,  Superior, 

Chekvamegon-Nikolet,  Ottava  milliy  o’rmonlari;  Kanadada  esa,  Yuqori  ko’li, 

Matinenda, French River viloyat bog’lari bor. Bugungi kunga kelib, ehtimol, faqat 

shu  hududlarda  hayoti  Buyuk  ko’llar  bilan  bog’liq  bo’lgan  noyob  hayvonlarni 

uchratish  mumkin.  Ko’llar  qirg’og’idagi  aholi  yashamaydigan  joylarda  oqbosh 

burgut  (mazkur  qush  –  AQShning  milliy  ramzlaridan  biri)  va  qarqaralar,  chekka 

joydagi  o’rmonlarda  –  qora  baribal  ayiqlari,  bo’rilar,  bug’ular  va  hatto  yo’qolib 

ketish xavfi ostida turgan Kanada silovsinlari uchraydi. 

 

 



 

  

 




 


Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish