lenivetslar
), zirhlilar, opossumlar va kalibralar kabi Janubiy Amerika
hayvonlari kirib keladi. Katta va chiroyli driadalar mavsumiy migratsiyasi, shuningdek, qishlash
paytida ulkan to’dasini hosil qilishi bilan mashhur. Hasharotlarning yana bir guruhi – mashhur o’n
yetti yillik chirildoqlar bo’lib, ularning lichinkalari hayoti uzoq vaqt davomida tuproq ostida o’tadi,
kattalari esa har 17 yilda bir marta qisqa muddatga chiqadi. Shimoliy Amerikaning g’ayrioddiy
aholisi orasida aksolotllar – amfibiyalar oilasidan ko’payadigan lichinkalar, g’ayrioddiy zaharltishli
kaltakesaklar va zaharli hasharotxo’r yoriq tishli sut emizuvchilar bor. Shimoliy Amerikaning janubi
xalqi tomonidan eng go’zal qush – ketsal yoki kvezal – havo xudosi deb hisoblangan va mintaqaning
ba’zi mamlakatlari aholisi uchun u haligacha ozodlik ramzi hisoblanadi.
Boshqa qit’alar bilan solishtirganda (albatta, Antarktidadan tashqari), odamlar Shimoliy
Amerikada yaqinda, taxminan bundan 20 ming yillar oldin, so’nggi muz davrining oxirida, Dunyo
okeanining sathi past va bu qit’ani Osiyodan ajratib turadigan dengiz bo’shliqlari o’rnida keng
quruqlik ko’prigi bor vaqtda paydo bo’lgan. Bir necha ming yillar davomida Amerikaning birinchi
aholisi deyarli hamma hududda, Janubiy Amerikaning janubigacha joylashdilar. 2017 yilda
tadqiqotchilar tomonidan ehtimol neandertallar bu yerga ancha oldin – taxminan 130 ming yil oldin
kirib kelgan bo’lishlari mumkinligi taxmini ilgari surildi.
Shimoliy Amerikaning yevropaliklar tomonidan qamrab olinishi boshlanishidan oldin, qit’aning
aholisi ancha siyrak edi, lekin ba’zi hududlarda (birinchi navbatda hozirgi Meksika hududida) hindu
shtatlari yo’q bo’lib ketdi va paydo bo’ldi, shaharlar va boshqa aholi punktlari qurildi, o’ziga xos
piramidalar, ibodatxonalar va stadionlar qurildi.
XV asrda, ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, Shimoliy Amerikada atigi 20 millionga yaqin odam
istiqomat qilgan, ularning har biri olti millionga yaqin bo’lgan Aztek va Mayya shahar-hukumatlarda
yashagan. Ammo keyinchalik yevropaliklar bu yerga ko’plab kasalliklarning qo’zg’atuvchilarini olib
kelishdi. Natijada, XVII asrning oxiriga kelib, bu yerda hindular soni ancha kamayib ketdi, ehtimol
bir necha milliondan oshmagan.
Biroq, dunyo hanuzgacha hindular merosidan keng foydalanmoqda. Shimoliy Amerikaning janubiy
qismida (hozirgi Meksika hududida) makkajo’xori yetishtirishga o’tildi, u bu yerdan birinchi bo’lib
Janubiy va Shimoliy Amerikaga, so’ngra barcha qit’alarga tarqaldi, shuningdek pomidor va qovoq,
loviya navlari va paxta yetishtirilishi yo’lga qo’yildi. Aynan shu hududda kurka xonakilashtirildi.
Shimoliy Amerikaning shimoliy hududlarining qadimgi aholisi ham o’simliklarning bir nechta
turlarini yetishtirishni kundalik hayot tarziga kiritgan. Eng mashhurlari – bitta oila
vakillari: kungaboqar yog’ini olish uchun keyinchalik ishlab chiqarila boshlagan
kungaboqar va topinambur.
Yevropaliklar tomonidan Amerikani kashf qilishning rasmiy yili – 1492 yil, Xristofor
Kolumb boshchiligidagi birinchi ekspeditsiya Bagama orollariga, so’ngra esa Antil
orollariga yetib kelgan sanadan deb tarixga kiritilgan. Ammo IX asr oxiri yoki X asr
boshlarida ham, nisbatan iliq davrda, norvegiyalik dengizchi Gunnbyorn Ulfson va uning
o’rtoqlari Grenlandiyaning sharqiy sohiliga yetib kelishgan. Eyrik malla ekspeditsiyasi
980-yillarning boshlarida Grenlandiyaning janubiy chekkasiga yetib bordi va unumdor va
yaroqli yerlarni kashf etdi, birinchi islandiyalik kolonistlarining qarorgohlari 985 yilda
paydo bo’ldi. Aynan shu yili Byarni Xergolfson boshchiligidagi dengizchilar materikning
sharqiy qirg’oqlarini ko’rishga muvaffaq bo’lishdi, lekin faqat 1000 yoki 1001-yildagi
Leyf Erikson ekspeditsiyasidagi vikinglar bir necha joylarga qo’ndi.
Shunday bo’lsa-da, yevropaliklar tomonidan Shimoliy Amerikani o’rganish davri faqat XVI
asrda boshlangan. Bu yerda ko’plab Yevropa davlatlari mustamlakalar yaratishga harakat qilishdi,
lekin faqat Ispaniya, Angliya, Fransiya, Daniya va Rossiya davlatlarigina bir necha asrlar mobaynida
ulkan hududlar ustidan nazorat o’rnatishga muvaffaq bo’lishdi. Hozirga kelib sobiq mustamlaka
o’lkalaridan juda oz qolgan: ba’zi hududlar mustaqillikka erishgan, qolganlarini qo’shni davlatlar
sotib olgan yoki bosib olgan. Mustamlakadan xalos bo’lmagan qaram hududlardan faqat orollar
qolgan. Ular orasida ulkan Grenlandiya – hozirda Daniyaning avtonom hududi, va Kanadaning
Atlantika okeani sohilidagi Sent-Pier va Mikelon (Fransiya hududi) va ba’zi Antil orollari (Kayman
– Birlashgan Qirollik, Aruba – Niderlandiya va h.k.) kabi bir qancha nisbatan kichik orollar guruhlari
bor.
1732 yilda Shimoliy Amerikaning shimoli-g’arbiy qismiga tashrif buyurgan birinchi ruslar Ivan
Fyodorov qo’mondonligi ostida “Avliyo Gabriil” qayig’i ekipaj a’zolari bo’lgan. 1741 yil yozida
Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasi a’zolari Vitus Bering va Aleksey Ivanovich Chirikov, shu
jumladan tabiatshunos Georg Steller Amerika yeriga qadam qo’ydilar. Shimoli-G’arbiy Amerikaning
Rossiyaga qo’shilish tarixi ancha murakkab kechgan. Birinchi geografik kashfiyotlardan so’ng ular
bu hududni o’zlashtirishga o’tdilar. 1798 yilda Rus-Amerika kompaniyasi tashkil etildi, unda
hukumat asosiy aksiyador bo’lib chiqdi va Aleksandr Aleksandrovich Baranov Rus Amerikasining
ilk rahbari etib tayinlandi. Bundan tashqari, ko’proq janubiy hududlarni o’zlashtirishga urinishlar
ham kuzatilgan: 1812 yildan 1841 yilgacha Rossiyaning qal’asi – Ross – ayni paytdagi Kaliforniya
shtati (San-Fransisko shimoli) hududida ruslarning uncha katta bo’lmagan mustahkam turar-joyi bor
edi. O’sha paytda bu yerlar Ispaniya nazorati ostida edi. 1841 yilda Ross qal’asini bir shaxs xususiy
qilib sotib oldi, 1867 yilda esa butun Rus Amerikasi AQShga sotildi.
Garchi Shimoliy Amerikada ko’plab ekotizimlarning keng ko’lamli o’zgarishi nisbatan yaqinda
boshlangan bo’lsa-da, ya’ni Yevropadan, so’ngra dunyoning boshqa burchaklaridan ko’p sonli
ko’chmanchilar paydo bo’lganidan, shuningdek qishloq xo’jaligi, chorvachilik va sanoatning tarqalishi
va rivojlanishidan keyin bu yerdagi odamlarning faolligi tirik mavjudotlar sonining kamayishiga va
hatto umuman yo’qolib ketishiga olib keldi. Shunday qilib, amerikaliklar XIX asrning boshlarida
qit’aning sharqidagi o’rmonlar ustidan millionlab suruvlari kesib o’tgan sayyoh kabutarlarni yo’q
qilishga muvaffaq bo’lishdi. Shimoliy Amerikadagi yirtqich chigirtkalarning yagona turi – Qoyali
tog’larining chigirtkalari – dashtlarning haydalishining o’ziga xos qurboniga aylandi. Shu bilan birga,
odamlar tufayli bu qit’aga ko’plab turlar keldi, ular keyinchalik butun qit’a bo’ylab tarqaldi. Bargli
daraxtlarning eng oddiy va xavfli zararkunandalari – toq ipak qurti va chug’urchuq bizga yaxshi tanish.
Ba’zi Shimoliy Amerika ekotizimlarida bunday turlar mahalliy yoki ekologik jihatdan o’xshash tirik
organizmlarni to’liq yoki qisman siqib chiqargan.
Insonning ekotizimlarni o’zgartirishdagi roli Shimoliy Amerikaning ko’p joylarida yaqqol
ko’rinib turganiga qaramay, hali ham ulkan hududlarga inson qadami yetmagan deb hisoblash
mumkin. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, ayniqsa, ko’p sonli milliy bog’larning maydonlarini
o’zgartirishlarsiz saqlash ayniqsa katta ahamiyatga ega. Aynan shu qit’ada, AQSh hududida, 1872
yilda dunyodagi birinchi Yelloustoun milliy bog’i tashkil etilgan. Kanadadagi birinchi Banf parki 1885
yilda tashkil etilgan. Hozir Shimoliy Amerikada 330 dan ortiq milliy bog’lar bor – ularning aksariyati
Meksikada (67 ta), Belizda ular mamlakat hududining 38 foizini egallaydi, Grenlandiyada esa
dunyodagi eng katta bog’ – Shimoli-Sharqiy Grenlandiya bog’i joylashgan. U 972 ming kvadrat
kilometr maydonni egallaydi. Shimoliy Amerikada ko’plab go’zal va qiziqarli joylar, yaxshi saqlangan
ekotizimlar, tirik mavjudotlarning ajoyib turlari mavjud; ularning ba’zilari haqida bu kitobda ma’lumot
berib o’tiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |