“Yashil mamlakat”. Vikinglar
1492-yil
12-oktyabrda Xristofor Kolumb boshchiligi ekspeditsiya
dengizchilari Bagama orollariga yetib kelishdi. Bir necha yil ichida yevropaliklarga
tanish bo’lgan dunyo haqidagi tuhunchasi sarobga aylandi. Ular sayyoramizda boshqa
odamlar, g’ayrioddiy o’simliklar va hayvonlar yashaydigan, tabiati xilma-xil bo’lgan
ulkan va umuman noma’lum qismi borligini tushuna boshladilar. Yangi davr
boshlandi. Mashhur yozuvchi va mutafakkir Umberto Ekoning quyidagicha
yozganiga ajablanmasak ham bo’ladi: “O’rta asrlarning oxiri shartli va bu fikr o’z
tasdig’ini topgan – Amerikani Kolumb 1492 yilda kashf qilgan deb hisoblanib, shu
tariqa Kolumb Yangi davrning ilk odami sifatida qabul qilingan.”
Hozir hammaga ma’lumki, Kolumb va uning zamondoshlari kashfiyotlaridan bir
necha asrlar oldin Viking kemalari Atlantika okeanini kesib o’tgan. O’rta asrlarning
boshlarida, Vikinglar (ular ham Normannlar yoki Varyaglar) – Skandinaviya
dengizchilari tinch yoki kuch bilan yangi yerlarni egallashgan, savdo bilan
shug’ullanishgan yoki oddiy va uzoq-yaqin mamlakatlar aholisini talon-taroj
qilishgan, uzoq safarlarga mos keladigan kemalarni qanday qurish va ulardan qanday
foydalanishni bilgan.
Viking kemasi Grenlandiya sohilida, yoz.
Foto: J.E.C. Rasmussen, commons.wikimedia.org
860-yilda vikinglar Islandiyani kashf etdilar va orol hamda uning atrofidagi dengizlarni
o’rgana boshladilar. 870-yilda Ingolf Arnardson va uning sheriklari bu yerda doimiy aholi
punktini – kelajakdagi Reykyavikni yaratdilar. Hozirgacha ham mavjud bo’lgan yangi
mamlakat tarixi boshlandi. Ammo Islandiya vikinglarga Shimoliy Atlantikada g’arbga
yurish uchun o’ziga xos “oraliq baza” bo’lib chiqdi.
950-1250 yillar oralig’ida Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqida, Atlantika okeanining
shimoliy qismida va Yevropada issiq edi – ba’zida hozirgidan ham issiqroq. Aynan o’sha
davrda, Gunnbyorn Ulfsondan keyin, aniqrog’i, 980 yillarning boshlarida, Eyrik Rijiy va
uning do’stlari Grenlandiyaning janubiy qirg’oqlarini kashf qilishgan. Ular u yerdan
o’zlashtirishga yaroqli yerlarni topdilar. “Grenlandiya”, ya’ni “Yashil o’lka” nomi bu yerga
ko’chmanchilarni jalb qilish uchun berilgan deb ishoniladi, lekin, ehtimol, bu nom ma’lum
darajada oqlangan, chunki o’sha davrda orolning ko’p qismini muz qatlami yuqaroq qamrab
olgan va yozda ko’kalamzor ko’proq bo’ladi deb taxmin qilingan edi.
Leyf Eyrikson tomonidan Shimoliy Amerikani kashf qilinishi.
Rasm: Ch. Krogh, commons.wikimedia.org
Solnomalarga ko’ra, Islandiya mustamlakachilarining oroldagi birinchi qarorgohi 985
yilda tashkil etilgan. Bu yerga bir necha yuz kishini yetkazib bergan butun boshli flotili
ya
keldi. Vikinglar turar joy qurishni, sigir, echki va qo’y boqishni boshladilar. Bundan tashqari,
ular dengiz mahsulotlaridan oziq-ovqat va o’zlarining boshqa maqsadlari yo’lida
foydalanishgan. Bu gullab-yashnagan davrda 2-3 ming vikinglar yashagan. Arxeologik
topilmalarga ko’ra, orolning janubida bir necha yuz fermalar bo’lgan. Ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning bir qismi va ovchilarning o’ljalari eksport qilingan. Kolonistlar mahalliy
aholi bilan do’stona munosabatlarni o’rnatganiga dalillar bor. Grenlandiya aholi punktlari
qariyb 500 yil davomida mavjud bo’ldi, lekin sharoit yomonlashgani sari mustamlakachilar
tasarrufidagi uy hayvonlarining ulushi qisqarib ketdi.
Kanadaning Nyufaundlend orolidagi L’Ans-o-Medovzda vikinglar turar joyining tiklangan uyi
Foto: D. Gordon E. Robertson, commons.wikimedia.org
985-yil boshidayoq Byarni Xergolfson boshchiligidagi adashgan kema dengizchilari qit’aning sharqiy
qirg’og’ini kuzatdilar. Keyinchalik esa, Leyf Eyrikson va Byarni Xergolfsondan sotib olingan kemada 35
kishidan iborat guruh qirg’oqning bir qismini, ehtimol hozirgi Labrador va Nyufaundlendni o’rganishdi.
Aynan ular bu hududga qadam bosgan ilk yevropaliklar edi. Ular hududlardan biri Markland, ya’ni
“O’rmonlar mamlakati” va janubda joylashgan hududni esa, Vinland, ya’ni “Ishkomlar mamlakati” deb
nomlashgan. Bu nomlar bilan, ayniqsa oxirgi nom bilan, ular janub tomonga anchagina, ya’ni keng bargli
o’rmonlar hududigacha suzib borishgan deb taxmin qilinadi.
Bu kashfiyotdan so’ng, vikinglar qit’aning qirg’oqlari va qo’shni orollarga bir necha bor tashrif
buyurishdi: ular vaqtinchalik aholi punktlarini yaratishdi, ov qilishdi, o’rmonchilik bilan shug’ullanishdi va
hindular bilan muloqot qilishdi. Ammo asta-sekin sovuq tushishi bilan va Grenlandiyadagi koloniyalarning
kamayishi natijasida sayohatlar to’xtadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |