Tayga
S
himoliy Amerikada tayga Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha keng mintaqa
bo’ylab cho’zilgan. Mahalliy ekotizim Sibir taygasiga o’xshab ketadi. Tabiiy sharoitlar –
qahraton va qorli qish va qisqa, lekin ancha iliq yoz fasllari o’xshash emasligi ajablanarli emas.
Eng issiq oyning o’rtacha harorati shimolda 12
o
darajadan janubda 18
o
darajagacha ko’tariladi.
Qishning past harorati qit’adagi shimoliy taygaga xosdir, janubiy okeanik taygada qish
mavsumi ancha iliqroq bo’lishi mumkin. Yog’ingarchilik quyidagicha taqsimlanadi: Shimoliy
Amerikaning ichki qismidagi shimoliy taygada, ba’zida yiliga 400 millimetrdan kamroq
yog’ingarchilik kuzatiladi, janubiy Atlantika taygasida yillik yog’ingarchilik 1500
millimetrdan, Tinch okeani sohilida esa hatto 4000 millimetrgacha yetadi.
Katta maydonlarni tund ignabargli taygalar egallaydi. Ekotizimlarda ignabargli daraxtlar,
birinchi navbatda, oq va qora archa va balzam pixtasi ustunlik qiladi. Bunday o’rmonlarda, bu
daraxtlarning ignalari to’qroq rangda bo’lgani uchun emas, balki ularning tojlari zich va quyosh
nurining muhim qismini to’sib qolgani uchun ham odatda qorong’u bo’ladi. Ular bilan bir
qatorda, ayniqsa shamol va yong’indan keyin hosil bo’ladigan ochiq maydonlarda, shuningdek,
chakalakzorlarda, butalarda, har xil teraklar, shu jumladan amerika tog’teragi (
aspeni
) va
qayinlari o’sadi.
Och rangli ignabargli taygalarda amerika tilog’ochi ustunlik qiladigan joylar ichki
hududlarining ora-oralarida, qarag’aylarning bir nechta turlari esa, janubiy taygada, asosan
qumliklarda uchraydi. Yevrosiyodan farqli o’laroq, Shimoliy Amerikadagi och rangli
ignabargli o’rmonlar taygada kichik maydonlarni egallaydi.
Bu hududning umumiy ishlab chiqarish darajasi past bo’lib, mo’tadil kenglik uchun
tabiiydir. Odatda, u yiliga gektariga 16 tonnadan oshmaydi, lekin biomassa miqdori ancha
yuqori – gektariga 100-250 tonnagacha yetadi. Daraxtlar va butalar ekotizimda juda ko’p
uchraganligi sababli, biomassaning asosiy qismini tashkil etuvchi ko’p yillik zaxira, birinchi
navbatda yog’och, yildan yilga o’tadi.
Shimoliy Amerikada faqat shu qit’ada uchraydigan tayga ekotizimlari mavjudligi o’ziga
xosdir. Bu – tabiiy zonaning janubi-g’arbiy qismida, Tinch okeaniga qaragan Kordilyera
yonbag’irlarida, doimo nam bo’lgan ignabargli ajoyib o’rmonlardir. Bu yerda yog’ingarchilik
miqdori (mo’tadil kengliklarda) yiliga bir necha metrni tashkil qiladi, ekvatorial va nam tropik
o’rmonlarning tarqalish joylari bilan teng. Qishda qorning qalin qatlami to’planib, yozda tez-
tez tuman tushadi. Tumanlar shunchalik qalin bo’lishi mumkinki, namlik igna va novdalarga
yig’ila boshlaydi va oxir-oqibat mahalliy yomg’ir shaklida tushadi.
Bunday o’rmonlarning asosini sitxin qoraqarag’ayi, duglas pixtasi, pixta (ulkan, kumush
rang va viqorli), tsuga (sharqiy xemlok), ulkan tuya va kiparisovik yoki sariq kedr daraxtlari
tashkil qiladi. Bu o’rmonlar bo’ylab sayr qilayotgan sayohatchi atrofida baland va kuchli daraxt
tanalari qad roslaydi, ular orasida esa butalar va paporotniklar o’sadi. Tuproq, toshlar va shox-
shabbalar qalin mox qatlami, shu jumladan sfagnum (mox) va lishayniklar bilan qoplangan.
Lishayniklar va moxlar daraxt shoxlari va tanalarida ham ko’p uchraydi.
To’q rangli ignabargli tayga Foto: M.G. Sergeyev
Ignabargli daraxtlar balandligi 50-90 metrga, ba’zi duslas pixtalari esa 125 metrgacha
yetadi. Bunday ekotizimlardagi biomassa zaxiralari rekord ko’rsatkichlarga yetadi – gektariga
bir necha ming tonnagacha (bu yuqori mahsuldor ekvatorial o’rmonlarga qaraganda ancha
yuqori va sekvoya o’rmonlarining biomassasi bilan taqqoslanadi).
Shimoliy Amerika taygasida Yevrosiyoda uchraydigan hayvonlarni uchratish
mumkin. Ular bir oilaning har xil turlari yoki bir turga juda yaqin hayvonlardir. Tuyoqli
hayvonlardan – bug’u va o’rmon shimol bug’usi, yirtqichlardan – bo’ri, silovsin, qo’ng’ir ayiq,
qunduz misol bo’la oladi . Tayga ekotizimlari uchun qushlarning eng xarakterli guruhlaridan
biri ignabargli urug’lar bilan oziqlanadigan to’qay chumchuqlaridir. Ammo Eski dunyo
taygasida topilmagan hayvonlar ham bor. Bu sutemizuvchilar orasida katta o’rmon bizoni,
koyot, mashhur skunkslar, ulardek mashhur yenot va o’rmon jayralar bor. Boshqa
kemiruvchilar ham juda ko’p, ular yirik kanada bobridan boshlanib, mayda og’maxonlar bilan
tugaydi (shu jumladan, tashqi ko’rinishidan bizning oddiy sichqonlarga o’xshaydigan nozik
kiyik sichqonlari). Bu yerda juda katta karqursimon qushlar ham yashaydi – keng tarqalgan
Kanada dikushasi va asosan tog’ ignabargli o’rmonlari bilan bog’liq bo’lgan karqurlar. Har xil
turdagi chittak, sviristellar, qizilishtonlar keng tarqalgan.
Shubhasiz, ko’p va xilma-xil hasharotlar tayga ekotizimlarida uchraydi. Ular issiq
mavsumda ko’proq seziladi. Qon so’ruvchi qanotlilar – chivin: chivinlar, chirkaylar va
mokretslar – suv omborlaridan to’dalashib chiqadi. Taygada daraxt tanasi va novdalarining
ichki qismlarida yashaydigan ko’plab hasharotlar ham bor. Bu, birinchi navbatda, har xil
qo’ng’izlar – qobiq qo’ng’izlari, yog’och qurtlari va tillaqo’ng’izlar. Ba’zi yillarda ularning
massiv ko’payishi yirik hudulardagi daraxtlarning nobud bo’lishiga olib keladi.Yevropalik
ko’chmanchilar paydo bo’lishidan oldin (va ularning faol ko’chishi boshlanganidan o’nlab
yillar o’tgach) taygada odamlar soni kam bo’lgan. Hisob-kitoblarga ko’ra, 1600-yilda
mahalliy aholi zichligi har kvadrat kilometrga bir kishidan oshmagan va ular ov qilish, baliq
ovlash va yig’ish bilan shug’ullanishgan, ular doimiy ravishda katta-katta hududlar bo’ylab
harakat qilishgan. Bu hududlarda birinchi yevropaliklar ham ovchilar, mo’ynachilar va
savdogarlar bo’lgan. Faqat XIX asr oxirlarida immigrantlar oqimining ko’payishi natijasida,
asosan issiq, janubiy va okean mintaqalarida, tayga ekotizimlarining o’zgarishi boshlangan.
Dala va yaylovlar uchun joylar tozalandi, shahar va qishloqlar paydo bo’ldi, yog’ochga ishlov
berildi, ba’zi joylarda ular foydali qazilmalarni qazib olishdi (va hozir ham faol qazib
olishmoqda). Tinch okeani havzasidagi tog’ daryolarida katta suv omborlari qurildi va
gidroelektrostantsiyalar ishlamoqda. Biroq, hozirgi kunga qadar, ko’plab taygalar, ayniqsa
Kanadada, o’zlarining juda kam sonli aholisi bilan ajralib turadi va mahalliy ekotizimni tabiiy
yoki juda zaif buzilgan deb ta’riflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |