Qo’yho’kizlar yoki mushk ho’kizlari – bir paytlar Yevrosiyoning shimoliy chekkalari va Shimoliy
Amerikada tarqalgan tundra va arktik cho’llarning tub aholisi hisoblanadi. Uning zamonaviy tabiiy
yashash joyi Shimoliy Amerika tundrasining markaziy qismi, Kanada Arktik arxipelagi orollari (Baffin
yeridan tashqari) va Grenlandiyaning shimoliy va shimoli-sharqiy sohillari bilan chegaralangan
hududlariga to’g’ri keladi. Uning qolgan populyatsiyasi oxirgi muzlik davri tugagandan so’ng, o’rtacha
harorat ko’tarila boshlagach, asta-sekin yo’q bo’lib ketgan va bundan bir necha ming yillar oldin
Ehtimol, uning sonining kamayishiga qadimgi ovchilar ham hissa qo’shgan. XX asrda Shimoliy
Amerika va Yevrosiyoning shimolida qo’yho’kizlarning turar-joylarini qayta tiklashga urinishlar bo’lgan.
Ammo, Skandinaviyada bunday urinishlar unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan bo’lsa-da, boshqa joylarda
bu tuyoqlilar ildiz otgan. Shunday qilib, Vrangel orolida hozir 850 ga yaqin bosh, Taymir yarim orolida
esa 8000 dan ortiq bosh bor. So’nggi o’n yilliklarda bu tur Qutbiy Uralga, Yamal yarim oroliga, Saxa
Respublikasining shimoliga (Yoqutiston) va Magadan viloyatiga olib kelingan.
Sharqiy Grenlandiyada mushk ho'kizlari oilasi.
Foto: Xannes Grob, commons.wikimedia.org
Qo’yho’kizlar – quvushshoxlilar oilasiga mansub juft tuyoqli sut emizuvchi hayvonlar,
lekin ularning kimga – qo’chqorli buqalargami yoki echki va qo’ylarga yaqinroqligi aniq
emas. Ular bahaybat hayvonlar bo’lib, har bir erkagining vazni 650 kilogrammga yetadi, bo’yi
(yag’rinidan) balandligi 150 santimetrga yetadi, garchi tabiiy populyatsiyadan bo’lganlar,
ayniqsa urg’ochilari, odatda sezilarli darajada kichikroq bo’ladi. Qo’yho’kizning tanasi
ixcham va kuchli, qalin va uzun junli va uning bu qalin junlari uni juda issiq saqlaydi.
Shuning uchun bu hayvonlarda issiqlik yo’qotilishi minimal bo’ladi. Boshida tik egilgan va
o’tkir shoxlar bo’lib, dushmanlardan himoya qilish uchun juda qulay. Tuyoqlari katta va
yumaloq. Ular qorni qazish hamda, qor va toshlar ustida yurish uchun yaxshi. Qo’yho’kizlar
yaxshi yuguradi ham. Ularning tezligi soatiga 60 kilometrga yetishi mumkin.
Qo’yho’kizlar erta ko’paya boshlaydi – hayotining 2-3-yillaridanoq, lekin urg’ochi mushk
ho’kizlari odatda faqat bitta buzoqni dunyoga keltiradi. Buzoq darhol ona guruhining a’zosiga
aylanadi va podaning boshqa a’zolari bilan muloqotda bo’ladi. Qo’yho’kizlarning podalari
kichik – 4 tadan 50 tagacha. Odatda podani “boshqaradigan” dominant erkak bo’ladi, lekin katta sigir ham
podaning yetakchisi bo’lishi mumkin. Odatda podaning mudofaa harakati – bu halqa yoki yarim
halqaning shakllanishi, bunda hayvonlarning shoxlari tashqariga qaragan bo’ladi. Yosh hayvonlar halqa
ichida qolishi mumkin. Dushman yaqinlashganda, bir erkagi unga hujum qiladi va keyin yana safga
qaytadi.
Qo’yho’kizlarni uy hayvonlari sifatida saqlash holatlari ma’lum. Ularning suti, go’shti va ayniqsa juni
qadrlanadi. Qo’yho’kizlarning junlari ularning tullashidan so’ng yoki uyda boqilganda junlarini tarash
orqali yig’ib olinadi. Bunday jundan tayyorlangan (kivyut) ipning narxi bir kilogramm uchun taxminan
1500-3000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: