Tundra va arktik choʻllar
Q
ahraton qutb cho’llari va tundralar, shuningdek muzliklar qit’aning shimolida
keng maydonlarni egallaydi. Umuman olganda, bu sovuq hududlar Shimoliy Amerika
hududining deyarli 20 foizini egallaydi. Bu yerda yil davomida sovuq bo’ladi: eng issiq
oyning o’rtacha harorati 0
o
C dan bir oz yuqori, eng sovuq oy esa -36
o
C ga yetishi
mumkin. Yil davomida yog’ingarchilik kam bo’ladi, odatda 400 millimetrdan
oshmaydi, bug’lanish past bo’lganligii uchun suv hatto to’planib ham qoladi.
Grenlandiyaning katta qismi, Kanada Arktik arxipelagi va qit’aning shimoliy
chekkalari Arktika doirasidan shimolda joylashgan. Shunga ko’ra, qutbli tun bu yerda
qishda va qutbli kun yozda boshlanadi, quyosh ufqdan tashqariga chiqmaydi va kun-u
tuni yorug’ bo’ladi. Ammo Shimoliy Amerikaning shimoli-g’arbiy qismida, dengiz
sohilidagi tor chiziqli tundra janubdan uzoqqa cho’zilgan – shimoliy kenglikning
deyarli 50° gacha yetadi. Bu mahalliy bo’g’oz va ko’rfazlarda sovuq oqimlarning
hukmronligi natijasidir.
Muzlagan tuproq zarralari aslida muz bilan birlashgandagi holati – abadiy muzliklar keng tarqalgan.
Ammo qishda yuqori qatlamlar ham muzlaydi, keyin esa abadiy muzlik bilan jipslashadi. Yozda, yuqori
haroratlarda, muz eriy boshlaydi va muz hajmi mos keladigan suv hajmidan katta bo’lgani uchun, ba’zi
joylarda tuproqning cho’kishi boshlanadi va suv bilan to’lgan chuqurliklar hosil bo’ladi. Natijada,
toshlar yuzaga chiqadi va ichida muzli o’ziga xos burmalar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Grenlandiyaning ko’p qismini gigant muz qatlami egallaydi, uning qalinligi 3400 metr. Hatto-ki yozda
ham uning yuzasida sovuq bo’ladi. Ustki muz qobiqlari Arktika arxipelagining shimoliy kichik
orollarida ham ko’p uchraydi. Ammo bunday og’ir sharoitda ham, muzliklar yuzasida hayot bo’lishi
mumkin, birinchi navbatda sianobakteriyalar va eukarotik suvo’tlari uchraydi.
Shimoliy orollarning muzsiz hududlarida arktik cho’llarni kuzatish mumkin. Bu yerda turli boshoqli
o’simliklar, qiyoq o’tlar, rang-barang o’tlar (masalan, driada va toshyorarlar) va butalarning kichik tarqoq
bo’laklari o’sadi; toshlarda lishayniklar keng tarqalgan. Hayvonlari kam: quruqlikda yashaydigan mayda
hayvonlar keng tarqalgan, bundan tashqari bu yerga tundraga xos – bug’u, qo’yho’kiz (ovsebik), oq ayiq,
qutb tulkisi, lemminglar va boshqa yirik hayvon turlari kiradi.
Grenlandiyaning janubiy qirg’oqlari, Kanada Arktik arxipelagi orollarining ko’p qismi va
materikning shimoliy chekkasini tundra egallagan. Past harorat, muzlagan tuproq va kuchli
shamol tufayli o’simlik va hayvonlarning ko’p turlari bu yerda hayot kechira olmaydi. Turli
lishayniklar va moxlar, past bo’yli o’tlar, butalar va butachalar keng tarqalgan. Asosiy turlar
orasida chiroyli gullaydigan driadalar, qutb tollari, pakana qayinlar, brusnikalar va boshqalar
bor.
Katta sutemizuvchilar – oq ayiq, yovvoyi shimol bug’usi (karibu), qo’yho’kiz, qutb bo’risi
va qutb tulkilarini turli maydonlarda keng tarqalgani uchun uchratish mumkin.
Kemiruvchilardan lemminglar va dala sichqonlari ko’p uchraydi. O’ziga xos qushlardan
kaklik va qutb boyo’g’lisi namuna bo’la oladi. Ba’zi hasharotlar ham ko’zga tashlanadi:
birinchi navbatda, tana haroratini tezda ko’tarishga qodir tukli arilar, kapalaklar va uzun
oyoqli chivinlarning alohida guruhlari, shuningdek mayda oyoqdumlilarni uchratish mumkin.
Tundrada yashaydigan hasharotlar ko’pincha juda sekin rivojlanadi: ularning janubdagi
qarindoshlarida to’liq rivojlanishni bir yilda yakunlansa, bu yerda to’liq rivojlanish ikki yoki
undan ko’proq yilga cho’ziladi. Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqidagi shunga o’xshash
turlar tundra orqali janubgacha kirib boradi. Masalan, oq ayiqlar deyarli Gudzon ko’rfazi
sohillari va Labradorning shimoli-g’arbiy sohillari bo’ylab uchraydi.
O’tgan asrning oxirida Daniya tadqiqotchilari tomonidan ajoyib va kutilmagan topilma
topildi. Grenlandiya g’arbidagi chuchuk suvli buloqda ular yangi, juda mayda, o’ziga xos
muqim yashaydigan umurtqasiz hayvonni topdilar. Ma’lum bo’lishicha, bu ilgari noma’lum
tur, hattoki noma’lum guruh vakili deb hisoblanib,
Micrognathozoa
deb nom oldi.
Tundrada hayvonlar va o’simliklarning yashash sharoitlari juda xilma-xilligi g’alatidir.
Tuproqning qishda muzlashi va yozda erishi almashinuvi kichik bo’shliqlarning paydo
bo’lishiga olib keladi, ular odatda yozda suv bilan to’ladi: qirg’oq bo’yidagi pasttekisliklarda
bu keng ko’llar, tekis joylarda tor, yoriq bo’shliqlar bor, ular notekis shaklga ega
fragmentlarni – ko’pburchaklarni hosil qiladi. Qishda qor tosh yoki butaning bir tomonida
to’planishi, boshqa tomonida esa juda kam miqdorda to’planishi mumkin. Shunga ko’ra,
birinchidan, tirik mavjudotlarning rivojlanishi qor eriguncha kechikadi, ikkinchidan, qishda
tuproq harorati juda past va ko’pchilik organizmlar uchun noqulay bo’lishi mumkin. Nafaqat
yirik, balki nisbatan kichik bo’lgan hayvonlar ham xilma-xillikning oshishiga hissa qo’shadi.
Tuyoqli hayvonlar, masalan, karibu va qo’yho’kizlar, tuyoqlari bilan qorni urib, o’simliklarni
topib yeyishadi va natijada qorda ko’rinib qolgan tuproqlar ko’zga tashlanadi. Ko’plab
lemminglar butun yil davomida o’simlik qismlari bilan oziqlanadi, ularni qayta taqsimlaydi
va bundan tashqari sayoz inlar quradi. Yozda tundraga sayoz suv omborlari bo’yida uyalar
qurgani va ko’payish uchun jo’jalar ochib chiqqani g’ozlarning ulkan galalari keladi.
Ularning kelishi, shuningdek, mahalliy turlarning yashash muhitining o’zgarishiga olib
keladi.
Albatta, sharoitlarning og’irligi o’simliklar yetishtiradigan mahsulotni cheklaydi. Odatda,
bu yiliga gektariga 1-2 tonnadan oshmaydi, biomassa zaxiralari ham kichik bo’ladi –
gektariga 4-7 tonna.
Tundra Sharqiy Grenlandiya sohilida.
Foto: Xannes Grob, commons.wikimedia.org
Shimoliy Amerika tundrasida odamlarning qo’nim topishi kamida bir necha ming yil oldin
boshlangan. Bu qahraton maydonlarni hindularning ajdodlaridan mustaqil ravishda bu yerga
Shimoliy-Sharqiy Sibirdan kirib kelgan eskimoslarning bir necha etnik guruhlari egallagan.
Kam sonli eskimoslarning bir necha guruhlari (bu hududlarda ayni vaqtda, ehtimol, 100
mingdan oshadi) an’ana bo’yicha ovchilik (shu jumladan dengiz sutemizuvchilarini ovlash),
baliq ovlash va yig’ish bilan shug’ullanishadi. Shuning uchun ularning umuman mahalliy
ekotizimlarga ta’siri ahamiyatsiz, garchi bir muncha vaqt oldin ovchilar qo’yho’kizlarining
katta qismini yo’q qilishgan bo’lsa kerak deb taxmin qilinadi. So’nggi 100 yildan ortiq vaqt
mobaynida Yevrosiyodan Shimoliy Amerika tundrasiga xonaki shimol bug’ularini olib
kelishga bir necha bor urinishlar bo’lgan. Ammo bu urinishlarning barchasi muvaffaqiyatsiz
tugagan, garchi bug’ularning kichik to’dalari uchrab turadi. Ammo agar Yevroosiyada yovvoyi
bug’ulardan ko’ra ko’proq xonakilari bo’lsa (bir millionga nisbatan 2,1 milliondan ortiq),
Shimoliy Amerikada uch millionga yaqin karibu bor, xonakilarining umumiy soni esa, atigi 30
mingga yaqin.
So’nggi o’n yilliklarda ba’zi tundra mintaqalarida neft va gaz ishlab chiqarish amalga oshirilmoqda,
Trans-Alyaska quvuri qurildi, turli metallarning konlari o’zlashtirilmoqda. Havo haroratining asta-sekin
ko’tarilishi ham kuzatilmoqda – abadiy muzliklar eriy boshlayapti va muz qatlamlarining chetlari bo’ylab
aysberglarning ajralib chiqish tezligi oshmoqda. Tabiiyki, bu og’ir sharoitlar tufayli shundoq ham zaif
bo’lgan mahalliy ekotizimlarga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |