Shimoliy amerika



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/33
Sana23.01.2022
Hajmi9,77 Mb.
#404109
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
gift 11 uz (1)



SHIMOLIY AMERIKA

SAYOHAT


N.S. Baturina

M.G. Sergeyev




 

              

Kirish 

 

S



himoliy  Amerika mutlaq  Shimoliy  yarim sharda  joylashgan  yagona  qit’adir. Maydoni 

jihatidan  Shimoliy Amerika nafaqat  keng Yevrosiyodan,  balki Afrikadan  ham  kichikdir. Bu 

yerda  eng  baland  tog’  cho’qqilari  –  nafaqat  sakkiz  ming, hattoki  yetti  ming  metrlik va  juda 

chuqur  ko’llari  ham  yo’q.  Ammo  boshqa  tomondan,  bu  qit’ada  Yer  yuzidagi  eng  katta 

daryolardan  biri  –  Missisipi  va  Buyuk  Amerika  ko’llari,  dunyodagi  eng  katta  orol  – 

Grenlandiya (bundan tashqari, u deyarli muzliklar bilan qoplangan) va mashhur Yelloustoun 

geyzer maydonlari, Niagara sharsharasi va umumiy uzunligi 600 kilometrdan oshadigan eng 

uzun Mamont karst g’ori – Flintrij joylashgan. 

G’arbdan Shimoliy Amerikani Tinch okeani yuvib turadi. Shimolda Shimoliy Muz okeani 

joylashgan bo’lib, uning sovuq suvlari Kanada Arktik arxipelagi va Grenlandiyaning ko’plab 

qahraton  ayozli  orollarini  o’z  ichiga  oladi.  Aynan  shu  yerda  quruqlik  Shimoliy  qutbga  eng 

yaqin joylashgan (deyarli 84° shimoliy kenglikda). O’tgan asrlarda bu arxipelag chegarasida 

magnit qutb mavjud bo’lib, u (anomaliyalar bo’lmasa) kompas ignasi bilan ko’rsatilgan. Biroq, 

geografik qutbdan farqli o’laroq, magnit qutb juda tez harakat qilmoqda va so’nggi yillarda 

shimoli-g’arbga  siljiy  boshladi.  Natijada,  magnit  qutb  hozir  Rossiyaning  shimoli-sharqiy  va 

Shimoliy qutb o’rtasida joylashgan. 

Grenlandiya  va  Kanada  Arktika  arxipelagi  o’rtasida  joylashgan  Baffin  dengizi  Shimoliy 

Muz  okeani  havzasiga  tegishli.  Shimoliy  Amerikaning  asosiy  qismining  ichkirisigacha 

cho’zilgan ulkan Gudzon ko’rfazi (51° shimoliy kenglikgacha) ham shu okeanning bir qismi 

hisoblanadi. 




 

 

 



 

 Shimoliy  Amerikaning  kosmosdan  ko’rinishi.  Quruqlikdagi  hududlarning 

joylashuvi  qizil  raqamlarda  ko’rsatgan:  1-vikinglar  tomonidan  kashf  etilgan 

qirg’oqbo’yi  hududlari;  2-tundra  va  arktik  cho’llar;  3-tayga;  4-keng  bargli 

o’rmonlar;  5-nam  subtropik  o’rmonlar;  6-qattiq  bargli  subtropik  o’rmonlar;  7-

tropik o’rmonlar; 8-dasht va preriyalar (o’rmon dashtlari); 9-cho’llar; 10-tog’lar. 

Suv  havzalarining  joylashuvi  yashil  raqamlarda  ko’rsatgan:  11-Buyuk  Amerika 

ko’llari;  12-Missisipi.  Rasm:  M.G.  Sergeyev,  kartografik  asos:  NASA  “Blue 

Marble”, commons.wikimedia.org 

 

 Ko’rfazning sovuq suvlari ko’pincha qit’aning sharqiy chegarasini tashkil etuvchi Atlantika 



okeaniga  kiradi.  Shimoliy  Amerikaning  janubi-sharqiy  qismi  va Janubiy  Amerikaning shimoli-

sharqiy qismini quruqlik bo’ylab tropik Antil orollari bo’ylab tarqalgan Meksika ko’rfazi va Karib 

dengizi suvlari ajratib turadi. Shimoliy va Janubiy Amerika o’rtasidagi quruqlik chegarasi odatda, 

Panama bo’yni bo’ylab tortilgan. 



   

Shimoliy Amerikaning tabiati xilma-xil bo’lib, odamlar tomonidan uzoq vaqt davomida yashab 

kelingan  Afrika  va Yevrosiyodagidek o’zgargani  yo’q.  Qit’aning  shimolida, ayniqsa orollarda, 

ulkan  joylarni  muzliklar  va  sovuq  arktik  cho’llar  egallaydi  va  bu  yerdagi  tundra  mintaqasi 

kutilmaganda  janubga  –  deyarli  50°  shimoliy  kenglikka  qarab  yoyilib  ketadi.  Shimoliy 

Amerikaning  janubida  siz  eng  boy  va  juda  xilma-xil  tropik  o’rmonlarini  topishingiz  mumkin. 

Qit’aning  deyarli  butun  g’arbini  ulkan  Kordilyera  tog’  tizmasi  egallaydi  va  uning  sharqiy 

qirg’og’iga  unga   parallel  ravishda joylashganAppalachi tog’lari  unchalik ham  baland  va  keng 

joylashgan  emas.  Ularning  orasidagi  ulkan  bo’shliqlarni  tekisliklar  egallaydi,  bundan  tashqari 

ularni katta va kichik daryolar vodiylari va ko’plab ko’llar kesib o’tadi. 

 

Shimoliy  Amerikada  ajoyib  o’simliklar  o’sadi:  baquvvat  va  baland  sekvoya  daraxtlari, 



sekvoyadendrona  va  duglas  pixtasi,  chiroyli  barglari  va  shirin  sharbati  bilan  mashhur  zarang 

daraxti,  viqorli  va  xilma-xil  orxideyalar,  cho’l  kaktuslari  va  nilufar  gulning  ikkita  zamonaviy 

turlaridan birini uchratish mumkin.  

 

Qit’a  kengliklarida  ulkan  bizonlar,  qo’yho’kizlar  va  ayiqlar  haligacha  uchraydi.  Bu  yerga 



ko’plab  yalqovlar  (


Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish