Kanada qunduzi (bobri)
Qunduz – Kanadaning rasmiy ramzlaridan biri. U Shimoliy Amerikada juda keng
tarqalgan bo’lib, u faqat Uzoq Shimolda va qit’aning tropik janubida uchramaydi. Tan olish
kerakki, ko’p joylarda Kanada qunduzi soni hozircha kam: bu esa, inson ta’sirining natijasidir.
Zamonaviy qunduzlarning yashash joyining asosiy maydoni – tayga zonasidir. Kanada qunduzi
Yevrosiyoning ba’zi o’rmonli hududlariga ham olib kelingan. Ular Skandinaviyaga
joylashdilar va u yerdan hatto Rossiyaning shimoli-g’arbiy qismiga ham kirib kelishdi. Bundan
tashqari, hozir ular Uzoq Sharqdagi joylarda ham yashaydilar.
Kanada qunduzi – zamonaviy qunduzlarning ikkita turlaridan biri, uning ikkinchi vakili –
oddiy qunduz – Yevrosiyoning mo’tadil o’rmonlarida keng tarqalgan.
Qunduzlar – Janubiy Amerika kapibarasidan keyin turuvchi eng yirik kemiruvchilar.
Ma’lumki, kattalari taxminan 50 kilogramgacha og’irlikda va uzunligi 125 santimetrgacha
yetadi. Ular quruqlikda ham suvda ham hayot kechira oladi. Suvga sho’ng’ish paytida ularning
burun va quloq teshiklari yopiladi, ko’zlardagi shaffof pardalar esa suv ostida erkin
harakatlanishiga imkon beradi. Barmoqlar orasidagi suzgich pardalari rivojlangan.
Qunduzlarning dumi oval va yassi bo’ladi. Juda katta old kesik tishlari bu hayvonlarga qattiq
yog’ochni ham kemirib, turli maqsadlarda ishlatishlariga imkon beradi. Qunduzning lablari ham
maxsus ishlab chiqilgan bo’lib, u bo’g’ilib qolmaydi, tishlanganda suv og’iz bo’shlig’iga
kirmaydiva bu qunduzlarga suv ostida kemirishga imkon beradi.
Kanada qunduzlari. Rasm: J. J. Odyubon, commons.wikimedia.org
Qunduzlarning o’ziga xos xususiyati bu ularning qurilish faoliyatidir – ular loy va balchiqlar yordamida
shoxlarni bir-biriga ulab kulbalarini quradilar. Bunday “kulba”lardan dan pastga, suv ostida yo’laklari bor.
Oddiy qunduzlardan farqli o’laroq, kanada qunduzi kamdan-kam hollarda qirg’oqlarda qazilgan
chuqurlarga in quradi. Qunduzlar kulbalardan tashqari, o’zlari uchun zarur suv sathini ta’minlaydigan
to’g’onlarni quradilar. Bunday qurilishlar juda katta bo’lishi ham mumkin. Kanada qunduzlari
to’g’onlarning kattaligi bo’yicha jahon rekordini o’rnatgan: ilgari 700 metrlik g’ov hammaga ma’lum edi,
yaqinda esa 850 metr uzunlikdagi ulkan inshoot topildi! Aytgancha, oxirgisi kosmosdan olingan fotosuratda
topilgan. Ularning kulbalari ham bir necha metrgacha balandlikda bo’lishi mumkin. Qizig’i shundaki,
tog’larda qunduzlar to’g’on qurish uchun ko’pincha toshdan foydalanadilar. Hayvonlar o’z binolarining
holatini doimiy ravishda kuzatib boradilar va agar zarurat tug’ilsa, ko’pincha hamjihatlikda ularni darhol
ta’mirlaydilar. Qunduz to’g’onlari atrofidagi tekisliklarda asta-sekin hayvonlar tomonidan yaratilgan tor
kanallar tizimi shakllanadi, ular bo’ylab daraxt bo’laklari tashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |