Hayvonot dunyosi rang-barang. Bir paytlar bu yerda yirik sut emizuvchilar – kiyik, qo’ng’ir
ayiq, silovsinni tez-tez uchratish mumkin bo’lgan. Kemiruvchilarning kichikroq vakillari
(nozik kiyik sichqonlari, burunduqlar, qizil olmaxonlar, daraxt jayralari va boshqalar) va
suvsarlar hozir juda keng tarqalgan. Opossumlar ham keng tarqalgan. Tuproqlarda yulduz
tumshuqli krotlar tumshug’ida juda o’ziga xos o’simtalarga ega. Bu hayvonlar oila bo’lib
yashaydilar va qiziqarlisi shundaki, ular ikki tomonlama – ham suvda ham quruqlikda hayot
kechiradilar va yaxshi suzadilar.
Bunday o’rmonlarda yovvoyi kurka, bir necha turdagi qizilishton va ko’ktorg’oqlar bor.
Kichik gumbazli toshbaqalar keng tarqalgan. Bu yerda o’pkasiz salamandralar ham ko’zga
tashlanib turadi. Hasharotlar orasida davriy sikadalar (asosan o’n yetti yillik) juda qiziq. XIX
asr oxirida Yevropadan keltirilgan toq ipak qurti, kapalak qurti o’rmonlarga joylashib, ular
muntazam ravishda daraxtlarning barglariga jiddiy zarar yetkazdi.
Mashhur amerikalik yozuvchi, faylasuf va tabiatshunos Genri Tor XIX asr o’rtalarida
o’zining “Uolden yoki o’rmondagi hayot” kitobida bu kabi ekotizim mavjudotlarini shunday
ta’riflagan: “May oyining boshlarida hovuz atrofida o’sganeman, yong’oq, chinor va zarang
daraxtlari qarag’ay o’rmonlarini quyoshdek yoritib turadi, ayniqsa bulutli kunlarda, go’yo-ki
quyosh nuri tumanni yorib o’tib, tepaliklarning u yer bu yeriga yorqin nur sochgandek bo’ladi.
Uchinchi va to’rtinchi may kunlari men suv havzasida gagarani ko’rdim va saafarimning
birinchi haftasidayoq men tentakqush, mazaxchi, o’rmon qizqush va boshqa qushlarni eshitdim.
Qorayaloqni esa, men bundan oldin ham eshitganman.”
Bargli o’rmonlarning yillik ishlab chiqarish hajmi gektariga 7 dan 14 tonnagacha o’zgaradi
va biomassa zaxiralari odatda gektariga 200-400 tonnaga yetadi. XVII asr boshlariga qadar
hindularning turli guruhlari keng bargli o’rmonlar hududida yashagan va sovuq hududlardan
farqli o’laroq, ular nafaqat ovchilik, baliqchilik va yig’ish bilan, balki qishloq xo’jaligi, shu
jumladan makkajo’xori yetishtirish bilan ham shug’ullanishgan. Biroq, aholi zichligi ancha past
edi – 1600-yilda har kvadrat kilometrga bir necha kishidan oshmasdi.
XVII asrdan boshlab, aynan shu yerda Yevropadan kelgan muhojirlarning soni
keskin oshgan. Angliya, Gollandiya, Fransiya va Shvetsiyadan kelgan muhojirlar bu
yerda aholi punktlarini qura boshladilar. Migrantlar soni tez o’sdi. Natijada
Shimoliy Amerikaning bu qismi eng rivojlangan hududlar qatoriga kirdi. Afsuski,
o’rmonlarning kam miqdori saqlanib qolgan, tabiiy ekotizimlarning aksariyati
o’zgargan va qishloq xo’jaligi va chorvachilik uchun ishlatilib kelinmoqda. Bu
hududlarda har xil o’lchamdagi ko’plab shaharlar. Ularning atrofidagi ulkan
megapolislardan tortib, asosiy sanoat va biznes markazlaridan uzoqda joylashgan
kichik aholi punktlarigacha uchratish mumkin. Ekotizimlarning bir qismi begona
turlarning kirib kelishi natijasida zarar ko’rgan. Natijada, zamonaviy bargli
o’rmonlarning asosiy qismi, ayniqsa Atlantika zonasida, ikkinchi darajali o’rmonlar
bo’lib, ular dastlabkilardan farq qiladi. Bunday o’rmonlarni qayta tiklash juda
muvaffaqiyatli amalga oshayotgani ham qiziqarlidir va mashhur lola daraxti bu
jarayonning o’rta bosqichlarining tipik turi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: