Shimoliy amerika



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/33
Sana23.01.2022
Hajmi9,77 Mb.
#404109
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
gift 11 uz (1)

Nam subtropik oʻrmonlar  

 

N



am  subtropik  o’rmonlar  materikning  janubi-sharqida,  Florida  yarim  orolining 

janubidan  tashqari  ulkan  maydonni  egallaydi.  Bu  hududlarda  yoz  ancha  iliq  –  iyulning 

o’rtacha harorati 25°C dan 28°C gacha o’zgarib turadi, qishi esa sovuqroq, harorati noldan 

biroz yuqori bo’ladi. Ammo qish oylarida ancha sovuq bo’lishi mumkin, ba’zi yillarda esa, 

kuchli  qor  yog’ishi  mumkin.  Yog’ingarchilik  ko’p  –  odatda  yiliga  1200-1500 

millimetrgacha yetadi. 

Bunday  ekotizimlar  shimolda  joylashgan  keng  bargli  o’rmonlarni  eslatadi,  lekin  bu 

yerda  doimiy  yashil  daraxtlar,  butalar  va  lianalar  keng  tarqalgan.  Nam  subtropik 

o’rmonlarda ko’p o’simlik va hayvonlar turlarini uchratish mumkin. Bu yerda o’sadigan 

o’t-o’lanlar va butalarning kamida 3600 turi ma’lum. Qushlar, ham suvda ham quruqlikda 

yashaydiganlar, sudralib yuruvchilar va kapalaklar ko’p uchraydi. 

Daraxtlardan doim yashil eman, gikori, magnoliya, likvidambar, lola daraxti, oltin fikuslar ko’p uchraydi. 

Qarag’ay daraxtlari turlari ko’p: kalta ignabargli, loblolli (

pinus taeda

), uzun ignabargli, karib qarag’aylari 

va boshqalar o’sadi. Botqoqli yerlarda ulkan botqoq sarvlari yaxshi o’sadi, ular yon tomondan mustahkam 

tayanch  katta  ildizlarga  ega,  ular  tuproqdan  yuqoriga  qarab balandga  intiladi.  Mo’tadil  bargli  o’rmonlarda 

bo’lgani kabi, Amerika kashtanining mahalliy turi ham zamburuq kasalliklaridan qattiq zarar ko’rdi. 

Quyi hududlarda past bo’ylidaraxtlar va butalar keng tarqalgan: eman, padub (



nayzabargli

), sassafralar, 

golubika, kalmiya, pakana palmalar. Ba’zi joylarda hatto daraxtsimon paporotniklarni ham uchratish mumkin. 

Lianalarning ko’p turlari ham bor. O’ta yuqori havo namligida daraxtlar tanasi epifitlar bilan to’lib ketadi; 

“ispan  moxi”  ayniqsa  ajralib  ko’rinadi.  Aslida,  bu  mox  emas,  balki  Tillandsia  usneoide  –  bromeliadlar 

oilasiga mansub gullaydigan o’simlik. Ildizi yo’q va u juda nozik poyali daraxtlarning qobig’iga yopishadi. 

Tillandsiyaning  kulrang-yashil  poyalari  juda  uzun,  novdalarga  osilib  turadi,  mayda  uchli  barglari  bor. 

Epifitlar orasida epidendrum turkumidagi nafis gullaydigan orxideya ham o’rin olgan. 

 



 

Sutemizuvchilardan  –  kiyiklar, ayniqsa  oqquyruq,  quyonlar, olmaxon  va  krotlarining  o’rni 

o’zgacha.  Mahalliy  qushlar  orasida  issiqni  hush  ko’ruvchi  oq  ibis  va  karolina  to’tiqushi, 

shuningdek,  musichalar,  chiroyli  qizil  kardinal  va  moviy-kulrang  chivinxo’r  (



Polioptila 

caerulea

) bor. Noyob qizilishtonlar bu o’rmonlarga joylashadi, ular sog’lom daraxtlarni  kovak 

qilib teshib  in  quradi va  kichik  oilaviy guruhlarda  yashaydi.  Bu  yerda  juda  katta  (qobig’i 30 

santimetrgacha)  quruqlikda  yashovchi  gofir-polifem  toshbaqasi  ham  yashaydi,  u  uzun  inlar 

qazishi  bilan  mashhur.  Boshqa  ko’plab  hayvonlar  bu  teshiklardan  foydalanadilar.  Bunday 

ekotizimlarning  mahsuldorligi  mo’tadil  zonadagi  o’xshash  jamoalarga  qaraganda  bir  oz 

yuqoriroq – yiliga gektariga 10-15 tonnagacha yetadi. 

Yevropaliklar kirib kelishidan oldin, nam subtropik o’rmonlarda yashovchi hindu  qabilalari 

nafaqat ov,  baliqchilik  va  yovvoyi o’simliklarning  mevalarini  yig’ib  olishgan,  balki  bir  necha 

ming  yil  oldin  kungaboqar,  tamaki  va  qovoqning  bir  qancha  turlarini  yetishtirish  bilan 

shug’ullanishgan. Bundan tashqari ular makkajo’xori ham yetishtirishgan. Ammo dehqonchilik 

bilan shug’ullanadigan yer maydonlari ancha kam edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 1600-yilda bu 

yerdagi hindularning zichligi har kvadrat kilometrga 10 kishidan oshmagan. Shunga ko’ra, o’sha 

paytdagi  mahalliy  ekotizimlar  umuman  tabiiy  yoki  juda  oz  miqdorda  buzilgan  deb  aytiladi. 

Bunday o’rmonlarning qayta tiklanishiga eng katta hissa  qo’shgan deb yong’inlarni, shu jumladan 

mahalliy aholi tomonidan dalalar uchun maydonlarni yoqib yuborish natijasida kelib chiqqan deb 

ishoniladi. 

Nam  subtropik  o’rmonlarning  o’zgarishi  bu  mintaqaning  yevropaliklar  tomonidan  rivojlanishi  davrida 

boshlangan. Yozning uzoq va ancha iliq, qishi salqin, yomg’irning mo’l-ko’lligi, unumdor tuproq bu yerda 

turli xil ekinlarni yetishtirish imkoniyati borligini ko’rsatdi, lekin Shimoliy Amerikaning janubi-sharqidagi 

sharoit paxta ekish uchun ayniqsa qulay bo’lgan. Margaret Mitchell o’zining mashhur “Shamollarda qolgan 

hislarim” romanida bu joylarni quyidagicha ta’riflagan: “Bu yerlar dastlab qizg’ish, yomg’irdan keyin qon 

rangidek qip-qizil, yomg’irdan quriganda esa, chang bosgan g’isht rangiga kiradi va paxta yetishtirish uchun 

dunyodagi eng unumdor yerlardir”. 

 

 

 




 

 

 



Tog’li nam subtropik o’rmon. Foto: K. Tomas, commons.wikimedia.org 

XVIII  asrda  nam subtropik  o’rmonlarning ko’p  qismi  tozalangan  edi  (tog’  tizmalari bundan  mustasno). 

Ularning o’rnida ko’plab paxta dalalari paydo bo’ldi va bu yerlarda qullar mehnatidan keng foydalanildi. Bir 

paytlar  Amerika  Konfederativ  Shtatlarini  tuzgan,  mustaqilligini  e’lon  qilgan  janubiy  shtatlar,  geografik 

jihatdan,  asosan,  nam  subtropik  o’rmonlar  va  eski  paxta  yetishtiruvchi  hududlarning  to’g’ri  tarsimlangan 

hududiga to’g’ri kelishi tasodif emas. Amerika fuqarolar urushidan keyin paxta dalalari keskin kamayib ketdi, 

o’rniga boshqa ekinlar va bog’dorchilik bilan shug’ullanish boshlandi. Plantatsiyalar va fermalarning katta 

qismi XIX asr oxiri XX asr boshlarida tashlab ketildi va ularning o’rnida o’rmon ekotizimlarini qayta tiklash 

boshlandi.

 


Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish