Shimoliy amerika



Download 9,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/33
Sana23.01.2022
Hajmi9,77 Mb.
#404109
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
gift 11 uz (1)

 

 

Byorjess tizmasidagi Uolkott

 

tosh koni, orqa fonda Vapta tog’i. Foto: M.G.Sergeyev. 




O’sha vaqtga kelib Shimoliy Amerika platformasi g’arbda okean Farallon 

plitasi  bilan to’qnashgan. To’qnashuv paytida Farallon plitasi tom ma’noda Shimoliy 

Amerika platformasi ostiga sho’ng’idi, lekin mantiya ichida yo’qolib ketmadi,  uning ba’zi 

qismlarini ko’tarib, tagida va burchak ostida joy olgandek bo’ldi. Bu harakat natijasida 

Qoyali tog’lar paydo bo’ldi. Ko’tarilishdan keyin bu hudud hozirgi Tibetga eslatardi, 

tog’likning o’rtacha balandligi esa dengiz sathidan taxminan olti kilometr balandlikda edi. 

Bugungi  kunda,  millionlab  yillardan  so’ng,  Qoyali  tog’lar  Shimoliy  Amerikadagi 

eng  katta  tog’  tizmalaridan  biri  bo’lib,  Shimoliy  Amerika  Kordilyera  tog’larining  sharqiy 

qismi hisoblanadi. Qoyali tog’ tizmalari shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa 4 800 kilometrdan 

ko’proq cho’zilgan bo’lib, Buyuk tekisliklar bilan chegaradosh. Qachonlardir bir necha bor 

bu joylar dengiz tubida qolib ketgani sababli hozirgi Qoyali tog’lar yon bag’irlarida xilma-

xil  dengiz  hayoti  izlarini  topish  mumkin.  Millionlab  yillar  davomida  dengizlar  mavjud 

bo’lganligi  cho’kindi  yotqiziqlar    paydo  bo’lishiga  sabab  bo’ldi,  ularning  ko’tarilishi 

oqibatida quruqlikda bo’lib qolgan va slanets va karbonat jinslarida saqlanib qolgan qadimgi 

hayvonlarning qoldiqlarini hozirgi kunda Qoyali tog’ yonbag’irlarida uchratish mumkin. 

 

Eng mashhur joylardan biri, 3 400 metr balandlikda joylashgan Kanadaning Qoyali 



tog’laridagi  Yoxo  milliy  parkida  Byorjess  slanetsi  qatlamida  hayvonlarning  eng  boy 

dunyosi  izlarini  topish  mumkin.  1909  yilning  avgust  oyida  ushbu  noyob  qazilma 

majmuasini ochish sharafi taniqli amerikalik olim Charlz Dulitl Uolkottga nasib qilgan. 

  Dastlab  Byorjess  qoldiqlari  topilgan  slanets  qatlamining  qalinligi  atigi  ikki  yarim  metrni 

tashkil  qilgan.  Barcha  slanetslar  singari,  Byorjess  slanetsi  asosan  zich  va  qotib  qolgan 

mayda-mayda  loy  va  balchiqlardan  iborat  bo’lgan.  Dastlab,  bunday  jinslar  Shimoliy 

Amerika qit’asining o’sha paytdagi g’arbiy qirg’og’i bo’ylab Kembriy davrining o’rtalarida 

(508  million  yil  oldin)  hosil  bo’lgan.  Byorjess    slanetslari  to’lqinlar  zonasidan  tashqarida 

juda  baland  marjon  qoyasi  etagida  paydo  bo’lgan.  Keyinchalik,  bo’r  davridagi 

ko’tarilishlarda  va  undan  keyingi  davrlarda  bu  slanetslar  dengiz  sathidan  balanda  qolib 

ketgan.   

Uolkott  koni  deb  nomlangan  asosiy  tosh  konida  slanets  qatlamida  o’n  minglab 

toshqotgan  qoldiqlar  topilgan  bo’lib,  ular  turli  xil  dengiz  jonivorlarining  turlarini  aks 

ettiradi.  Ularni  o’rganish  paleontologlarga  biologik  evolyutsiya  jarayoni  haqida  qimmatli 

ma’lumotlarga ega bo’lish imkonini berdi. 



Shimoliy  Amerika  platformasini  g’arbga  harakatlanishining  yana  bir  tasdig’i  sifatida  qit’a 

yuzasidagi  super  vulqon  izlarini  hisoblash  mumkin.  Super  vulqonni  tasavvur  qilish  uchun, 

ko’z oldingizga 

plyum

 – tepaga ko’tarilayotgan qizigan magmadan bahaybat vertical ustunni 

keltiring.  Yuqoriga  ko’tarilgani  sayin    u  ulkan  rezervuar  shaklida  kengayib  boradi  va  qit’a 

qobig’iga  kelib  uriladi.  Vaqti-vaqti  bilan  plyumdan  magma  yer  yuzasiga  otilib  chiqadi  va 

natijada  juda  katta  portlash  sodir  bo’ladi  hamda  yer  yuzasida  yoriqlar  paydo  bo’ladi.  Bu 

yoriqlar  havo  klapanlari  vazifasini  bajaradi  va  ular  orqali  magma,  gazlar  va  kul  tashqariga 

otilib  chiqadi.  Shunday  qilib, 

kaldera 

—  vulqon  otilishi  bilan  bog’liq  ulkan    qozonsimon 

botiq hosil bo’ladi. 

 

 



 

Yelloustoun kalderasining bir qismi. Foto: Brocken Inaglory, commons.wikimedia.org 

 

Platforma  plyum  ustida  harakatlanishi  oqibatida,  super  vulqonning  otilish  joyi 



o’zgaradi va qolgan kalderalarga qarab qit’a platformasi million yillar davomida qanday va 

qayerda  harakatlanlanligini  kuzatish  imkoniyati  paydo  bo’ladi.  Yelloustoun  super  vulqoni 




kamida  17  million  yil  oldin  otilishni  boshlagan.  Har  bir  vulqon  otilganidan  keyin  yuzaga 

katta miqdorda vulkanik kul otilib chiqqan va bu kul Yer yuzasini 



tuf 

– o’ziga hos bir tosh 

jinsi tarzida qoplagan. Kul qatlamiga magma quyilgan va u qotib, yupqa qobiq hosil qilgan. 

So’nggi  ikki  million  yil  mobaynida  Yelloustoun  super  vulqoni  uch  marta  otilgan.  Bu 

otilishlar  oqibatida  Sneyk-River  platosi  shakllangan  va  unga  qarab  super  vulqon 

kalderasining  asta-sekin  harakatlanishini  kuzatish  mumkin.  Hozirgi  kunda  vulqon 

faolligining  eng  havfli  nuqtasi  Yelloustoun  vodiysining  markazida  joylashgan.  Super 

vulqonning oxirgi otilishi 640 ming yil oldin sodir bo’lgan, o’sha vaqtda atmosferaga 1 000 

kub kilometrga yaqin vulkanik kullar va issiq gazlar otilib chiqqan.

 

 



San-Andreas yorig’i: taxminan 2,5 kilometr balandlikdan ko’rinishi. Foto: Ikluft, commons.wikimedia.org 

 

Ayni vaqtda Yelloustoun vodiysidagi tuf platosi, geyzer maydonlari va termal buloqlar tabiatning yashirin 



kuchini eslatib turadi. Nafaqat kalderalar qit’aning g’arb tomonga harakatlanishini isbotlaydi, balki sukut 

saqlagan San-Andreas yorig’i ham buning yaqqol dalilidir. Farallon plitasi materik ostida g’oyib 

bo’lganidan so’ng, Shimoliy Amerika shimoli-sharqda harakatlanayotgan Tinch okean plitasi bilan 

to’qnashdi. Plitalar orasidagi o’zaro to’qnashuv joyida yer qobig’ida yoriq paydo bo’ldi va bu yoriq 




hozirgi Kaliforniya hududi yoqalab,  qirg’oq bo’ylab o’tdi. Bu yoriqning uzunligi taxminan 1 

300 kilometrni tashkil qiladi. Yoriq tufayli nafaqat Yer yuzasini o’zgartiradigan, balki bu hudud 

yaqinida joylashgan ko’plab shaharlarga zarar yetkazadigan kuchli zilzilalar bo’lib turadi. 

Hanuzgacha  Shimoliy  Amerika  o’z  qiyofasini  o’zgartirishdan  charchamayapti.    Syerra-

Nevada kabi yosh tog’ tizmalari endi shakllanmoqda. Bunday tog’ tizmalari tik yon bag’irlari va 

o’tkir  cho’qqilari  bilan  ajralib  turadi.  Taxminan  ikki  million  yil  oldin  tog’  yon  bag’irlari  faol 

shakllanayotgan  bir vaqtda  bu  qit’adagi  eng  chuqur  va  eng go’zal ko’llardan biri baland tog’li 

Taxo

  ko’li  paydo  bo’ldi.  Keyinchalik  Yosemit  milliy  bog’ining  eng  go’zal  kanyonlari,  muzlik 

davridan  so’ng  esa,    vodiylari  va  sharsharalari  shakllandi.  Ayni  paytda,  Syerra-Nevadaning 

shakllanishi  hali  ham  davom  etmoqda,  bunga  ketma-ket  bo’layotgan  kuchli  zilzilalardan  ham 

payqash mumkin. 

 

 





Download 9,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish