Choʻllar. Sonora
“
C
ho’l” so’zini eshitganimizda, ko’z oldimizga cheksiz qum tepaliklari va
issiqdan qizigan yer yuzi bo’ylab tarqalayotgan jazirama havo keladi keltiramiz. Biroq
Shimoliy Amerika cho’llari bundan mustasno. Ayrim cho’llar dengiz sathidan balandda
joylashgan bo’lib, ularni ba’zan qor qoplaydi. Ayrimlari okean bilan chegaradosh.
Ba’zilarida esa suv toshqinlari ham bo’lib turadi. Biroq, ularning har biri o’ziga xos
tarzda chiroyli va makkor.
Shimoliy Amerika qarama-qarshiliklar qit’asi bo’lib, bu yerda boshqa qit’alarga
qaraganda cho’llar ko’p emas. Barcha cho’llar materikning g’arbiy qismida joylashgan.
Shimoldan janubga qaraganda Katta havzaning cho’llari 46° shimoliy kenglikdan
boshlanadi. Janubda Sonora cho’li bilan chegaradosh Moxave cho’li joylashgan.
Chetrog’da esa yoqimsiz Chiuaua cho’li yotadi. Biroq, aslida ular cho’l relyefi va iqlimiy
xususiyatlariga qarab birlashgan cho’llar guruhidir. Bu hududlarning umumiy uzunligi
2500 kilometrdan oshadi. Shimoliy Amerika cho’llarining o’ziga xos xususiyati bu
ularning g’ayrioddiy relyefidir. Bu yerda qadimgi tog’ jinslarining parchalanishi
natijasida hosil bo’lgan qumtepaliklari tog’ tizmalari, platolar va tog’lararo havzalari
bilan ko’pincha o’rin almashtirib turadi.
Eng bepoyon cho’llardan biri – Katta havza cho’llar guruhidir. Ular hamma
tomondan tog’lar bilan o’ralgan: sharqdan ko’rkam Qoyali tog’lar, g’arbdan esa
Kordillyeraning qirg’oq tizmalari yuksalib turadi. 520 000 kvadrat kilometr maydonni
egallagan hudud bir necha cho’llarga bo’linadi: Blek-Rok, Katta sho’r ko’li va boshqalar,
bundan tashqari, oltita shtat – Nevada, Yuta, Aydaho, Oregon, Kaliforniya va Vayoming
hududlarining bir qismini ham qamrab oladi. Katta havzaning qismi yarim qurg’oqchil
mintaqada – yoz issiq, ba’zan jazirama va quruq, qishi esa yaxshigina sovuq,
yog’ingarchilikdan asosan qor yog’adi. Katta havzaning ko’p hududlari mo’tadil
mintaqada va 1000 metrdan ortiq balandlikda joylashgan, shuning uchun qor yog’ishi bu
yerda yangilik emas.
Uzoq janubda yoqimsiz Moxave cho’li joylashgan, u to’rtta shtat (Kaliforniya, Yuta,
Arizona, Nevada) hududlarini egallab, Meksikaning shimoli-sharqiga ham o’tadi. Amerika
Qo’shma Shtatlari janubining ramzi bo’lgan bu hudud bir paytlar qizg’in ehtiroslar makoni
bo’lgan. Bu yerda kovboylar, oltin izlovchilar va avantyuristlar yurishgan, temir yo’l taraqlashi
va shaxtalarda zarbalar eshitilgan. Bularning aksariyati hozir unutilib ketgan. Biroq ko’p yangi
narsalar ham paydo bo’ldi: aerodrom, samolyotlarning bir nechta “qabristonlar”i, mashhur Las-
Vegas, ulkan suv ombori – Mid ko’li, milliy bog’lar va boshqalar shular jumlasidandir.
Bularning barchasi uncha katta bo’lmagan Moxave hududida, turli manbalarga ko’ra, 120 ming
kvadrat kilometr maydonda joylashgan. Shimoliy-sharqda va janubda cho’l tog’tizmalari bilan
chegaralangan, janubda esa issiq Sonora bilan tutashgan. Katta havzaning cho’llariga
qaraganda, bu yerda iqlim issiqroq.Tinch okeani siklonlari bu yerga asosan qishda hayot baxsh
etuvchi namlikni olib keladi. Yomg’ir kamdan-kam yog’sa-da, shu oz vaqt ichida cho’lga
tonnalab suv quyiladi va bu ko’pincha suv toshqinlariga olib keladi. Barcha tirik mavjudotlar
yil davomida aynan shu daqiqalarni orziqib kutishadi. Namlik efemer o’simliklarning
urug’larini uyg’otadi va bir kechada cho’l yorqin gullarga burkanadi.
Biroq, hatto kuchli yomg’ir ham cho’l tabiatini yumshata olmaydi. 1913-yilda 56,7°С –
eng yuqori harorat qayd etilgan bo’lib, hozirda bu jahon rekordidir. Bu ko’rsatgich Moxave
cho’lining shimoliy qismida joylashgan kichik bir tog’li vodiy – Ajal vodiysida qayd etilgan.
Uzunligi 200 kilometrdan ortiq, kengligi esa 50 kilometrgacha bo’lgan bu vodiy sayyoramizdagi
eng issiq joy hisoblanadi. Vodiyga bu nom 1849 yilda berilgan. O’sha yili bir guruh oltin
izlovchilar vodiyni kesib o’tmoqchi bo’lishadi, lekin yo’lda adashib qolishadi. Vodiy hududi
katta bo’lmaganligi sababli cho’ldan chiqib ketish imkoniyati bor edi, lekin safarga yomon
tayyorgarlik ko’rilganligi odamlarning rejalarini barbod qiladi. Sayohatchilarning ko’pchiligi
vafot etadi, qum asirligidan xalos bo’la olganlar esa bu joyni la’natladilar va unga “Ajal vodiysi”
nomini berishadi.
Janubda Moxavening jazirama yerlari Yuma, Yuxa, Kolorado, Lechugilya, Tule, va
Altar mahalliy cho’llarini o’z ichiga olgan haqiqiy Sonora cho’li bilan tutashadi. Sonora har
tomondan tog’ tizmalari bilan o’ralgan, faqat Kaliforniya ko’rfazi sohilida okean bilan
uchrashadi. Cho’lning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu mahalliy tog’lardan oqib keladigan
ko’p sonli daryolar va son-sanoqsiz vaqtinchalik oqimlar vodiylaridir.
Cho’lning shimoliy qismidan Kolorado, Yaki, Solt, Verde va Xila daryolari oqib o’tadi.
Sonoraning shimoli-g’arbiy qismida esa Sonoita daryosi joylashgan. U va Rio-Sonore daryolari
suvlari hech qachon Kaliforniya ko’rfazigacha yetib bormaydi, ular sahroga singib ketadi. Rio-
Magdalena suvlari ham okeanga kamdan-kam quyiladi. Iqlim quruq va issiq, cho’lning sharqi va
shimoli-g’arbida baland tog ‘tizmalari bo’lgani sababli Meksika qo’ltig’i va Tinch okeani
shamollari olib kelgan namlikning ko’p qismi Sonoraga yetib bormaydi. Yomg’ir ham kamdan-
kam yog’adi, shuning uchun, cho’l odatda, bahor va yoz oxirida, yomg’irli mavsumda jonlanadi.
Qush uchadigan balandlikdan qaraganda, cho’l huddi mozaikaning ko’p sonli
bo’laklaridan iboratdek ko’rinadi. Qumli joylar o’rnini toshli va loyli joylar, ularning o’rnini esa
baland tog’ tizmalari egallaydi. Bu granit va vulqon balandliklari ham vaqt o’tishi bilan qulaydi
va qumga aylanadi. Hozirgi kunda ularning yon bag’irlarida noyob tabiiy hududlar – kaktus
daraxtlaridan iborat siyrak o’rmonlar bor. Qo’rmasdan bu yerda haqiqiy “kaktus o’rmoni” bor
deb aytish mumkin. Eng ko’p uchraydigan daraxt turlari – tog’ etagidagi paloverde, temir daraxt,
akatsiya va saguarodir.
Saguaro kaktusi yoki gigant karnegiya – juda qiziq o’simlik. Bu o’simlikning ba’zi
namunalari Sonorada 200 yilgacha yashaydi. Saguaro faqat urug’dan unib chiqadi. Yomg’ir
paytida, maxsus ildiz tizimi va poyaning tuzilishi tufayli o’simlik juda ko’p namlikni o’z
tanasida to’playdi, keyin esa uni juda ehtiyotkorlik bilan sarflaydi. Kaktus hayoti davomida 15
metrgacha balandlikka o’sadi, og’irligi esa 10 tonnadan oshadi. Ko’plab hayvonlar saguaro
tagida boshpana topadi, urug’lari va mevalari bilan esa oziqlanadi. Odamlar ham saguarodan
foydalanadi. Saguaro gullarini qizlarga sevgi izhori sifatida sovg’a qilishgan, mevalari esa ovqat
uchun ishlatilgan. Hozirgi kunda ba’zi shtatlarda gigant karnegiya himoya ostiga olingan olindi.
Arizona shtati hududida Saguaro milliy bog’i yaratilgan bo’lib, uning vazifalaridan biri bu noyob
o’simlikni saqlab qolishdir.
Bir qarashda Sonoraning faunasi qashshoqdek tuyuladi. Ammo bunday emas. Hayvonlarning
aksariyati kech tushganda faollashadi. Sonoradagi tundagi hayot fojiali va sarguzashlarga boy. Sahroda
hayot ba’zan juda shafqatsizdir, hamma bitta qoidaga rioya qiladi – “o’ldir, aks holda seni o’ldirishadi”.
Cho’lda tunda har bir hayvon o’zini himoya qila olishi kerak. Tarantul yoki chayonlar kabi zaharli,
chayonsimon og’maxonlari (
Do'stlaringiz bilan baham: |