Preriya va oʻrmon-dashtlari zonalari
“
K
o’tarilgan cho’qqilardan, doimiy bir xillik ko’zlarni charchatadigan va ma’yus
manzara namoyon bo’ldi. Yer o’zining tinimsiz jahlidan hali tushmagan bo’ronni
eslatadigan okeanga o’xshaydi: xuddi shunday bir maromda tebranuvchi yer usti va cheksiz
kenglik”, – Jeyms Fenimor Kuper preriyani o’zining shu nomli romanida shunday
tasvirlagan. Shu bilan birga, yozning ajib kunida preriyada (va hatto dashtda) bo’lganlarning
hammasi preriyalar naqadar go’zal ekanligini bilishadi va agar ularga diqqat bilan qaralsa,
ular rang-barang ekanligi ko’zga yaqqol tashlanadi.
Katta preriya mintaqalar qit’aning deyarli butun ichki qismini, Kanada janubidan
Meksikaning shimoli-sharqigacha kesib o’tadi. Bu – o’t-o’lanlar va unumdor yerlar ustunlik
qiladigan ekotizimlar. Shimoldan, shimoli-sharqdan va sharqdan, preriya o’rmon-dasht
zonalari bilan chegaradosh bo’lib, u yerlarda ular bir-biri bilan o’rin almashadi.
Tashqi tomondan, preriyalar Yerosiyo dashtlariga o’xshaydi, lekin bu faqat qisman
to’g’ri. Gap shundaki, preriya va o’rmon-dasht zonalari nafaqat mo’tadil (va uning sovuqroq
shimoliy va nisbatan issiq janubiy qismlarini), balki Shimoliy Amerikaning subtropik
mintaqasini ham kesib o’tadi. Yevrosiyoda dashtlar faqat mo’tadil mintaqada, asosan, qishi
sovuq bo’lgan hududlarda rivojlangan.
Mo’tadil mintaqaning preriyalarida oyning eng issiq harorati odatda 20°C dan biroz
yuqori, eng sovug’i esa, noldan past: –1°C dan –16°C gacha. Yil davomida yog’ingarchilik
miqdori mintaqalarga qarab o’zgaradi – 285 dan 1100 millimetrgacha, hamma joyda
bug’lanish tezligi yuqori. Odatda, yoz eng quruq fasl. Yiliga bir xil yog’ingarchilik bo’lgan
subtropik preriyalarda qish iliqroq, yoz oylarida esa hatto jazirama bo’lishi ham mumkin.
Ammo preriyalar asta-sekin nafaqat shimoldan janubga o’zgarib
bormoqda. Agar ularni sharqdan g’arbga, Qoyali tog’lar tomon kesib o’tilsa,
yog’ingarchilik ko’p va namlik yetishmasligi sezilmaydi, asosan preriya
tekisliklarining sharqiy qismida baland bo’yli o’t-o’lanlar keng tarqalgan. Bu
yerlarda odatda baland (ba’zan ikki metrgacha) o’tlar o’sadi – borodachlar,
kanada veynigi, hind do’ppisi (Datúra), chalov, har xil o’t-o’lanlar. O’rmon
ekotizimlari, asosan, har xil turdagi emanlar, shuningdek, gikori, zarang va jo’ka
daraxtlaridan iborat. Yevrosiyo o’rmon-dashtlaridan farqli o’laroq, o’rmon-dasht
zonalarida ochiq maydonlar, daraxtlar va butalarning o’zaro nisbati asosan
yong’inlar bilan belgilanadi.
Odatda yiliga 600 millimetrdan oshmaydigan yog’ingarchilik bo’lgan quruq hududlarda
aralash preriya deb ataladigan joylarni ko’rish mumkin. Yozda o’t-o’lanlar poydevorining
balandligi taxminan yarim metrdan bir metrgacha. Chalov, keleriya, har xil turdagi gramo’ti,
mayda borodachlar keng tarqalgan. O’t-o’lanlar ko’p. Uncha baland bo’lmagan kaktuslar va
yukkalar ham bo’lishi mumkin.
Sharqda, Qoyali tog’lar bo’ylab, katta maydonlarni egallagan baland bo’lmagan o’t-o’lanli
preriyalar bor. Unda past bo’yli chalovlar, har xil turdagi gramo’ti, buteloa, qiyoq o’tlar,
qurg’oqchilikka chidamli o’tlar, shu jumladan past shuvoq ustunlik qiladi. Ba’zi joylarda uch tishli yarim
butali shuvoq keng tarqalgan. Janubda, subtropiklarda, tikanli butalar uchrashi mumkin, masalan, prozopis,
akatsiya, kreozit butasi.
O’rmon-dasht zonalari. Foto: M. G. Sergeyev
Aralash preriyalar. Foto: M.G.Sergeyev
Bir paytlar preriyada ko’plab tuyoqlilar yashagan, masalan, ulkan bizon va aytishoxli antilopa,
kemiruvchilar – birinchi navbatda, dasht itlari, yumronqoziqlar, goferlar kiradi. Aytishoxli antilopa -
preriya sutemizuvchi bo’lib u tez yuguradi va yaxshi sakraydi. Ular dunyodagi eng tezkor hayvonlardan
biri: ularning tezligi soatiga deyarli 90 kilometrga yetishi mumkin. Balki shuning uchun ham ular
bizonlardan farqli o’laroq, ovchilardan kamroq azob chekishgan. Ularning hali ham ko’p. Dasht itlarining
har xil turlari preriyadagi ommaviy kemiruvchilar hisoblanadi. Tashqi ko’rinishiga ko’ra, ular yumronqoziq
va sug’urlarning eng yaqin qarindoshlari (ya’ni, olmaxon guruhining vakillari) ekanligini aniqlash mumkin.
Qushlardan yalov karqurlari, yer boyo’g’li keng tarqalgan. Sudralib yuruvchilardan asosan ilonlar tez
ko’zga tashlanadi. Hasharotlarning dominant guruhlaridan biri chigirtkalardir, lekin dashtlardan farqli
o’laroq, bu yerda chirillaydigan turlari kam. Shuning uchun, yozning ikkinchi yarmida, preriyalarda katta
miqdordagi chigirtkalar ancha tinch bo’ladi. Hasharotlar orasida kanalar, tengqanotlilar,
qo’ng’izlar, chumolilar o’ziga xos.
Preriya jamoalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar geografik kenglik va mavjud
namlikka bog’liq: baland bo’lmagan o’tloqli preriyalarda u yiliga bir tonnadan sakkiz tonnagacha,
baland bo’yli o’tloqli mo’tadil preriyalarda – to’qqiz tonnagacha va baland bo’yli subtropik
o’rmonlarda o’tli – 13 tonnagacha. Biomassa zaxiralari ishlab chiqarish darajasidan biroz oshib
ketadi.
Yevropaliklar Shimoliy Amerikaga otlarni olib kelishganidan so’ng, ular qisman
yovvoyilashib ketishdi va shu tariqa mustanglar paydo bo’ldi. Mustanglarning tarixi XVI asrda,
Shimoliy Amerikaning janubida uy otlarining soni ko’payib ketganidan boshlangan. XVII asrda,
preriyalarni o’zlashtirishni davom ettirish maqsadida ispan ko’chmanchilari bilan hamkorlik
qilgan hindular otlarni ham xonaki, ham yovvoyi jonzotlaridan keng foydalanishgan. Shunday
qilib, ko’pchiligimiz o’rgangan hindularning mohir va jasur chavandozlar qiyofasi shakllana
boshladi.
Mustanglar soni asta-sekin o’sib bordi. XIX asrning boshlarida ular juda katta to’dalarda
uchradi – 150 boshgacha; asrning o’rtalariga kelib, mustanglarning umumiy soni, ehtimol, bir necha
millionga yetgan. Endi preriyada yovvoyi otlar ancha kam – so’nggi ma’lumotlarga ko’ra, 34
mingdan oshmaydi.
Otlardan foydalanish preriyalarning rivojlanishi o’zgarishiga sabab bo’ldi: hindular uzoq
masofalarga tez ko’chib o’tish, tovarlarni tashish va tuyoqlilarni samarali ovlash imkoniyatiga ega
bo’ldilar. Preriyada mahalliy aholi soni ko’paydi. To’g’ri, bunga ularning sharqda joylashgan
o’rmonli hududlardan ko’chishi ham yordam berdi.
Taxminlarga ko’ra, 1600-yilgacha preriyada o’rmonli hududlarga qaraganda
ancha kam sonli hindular yashagan.Preriyalarda yevropalik ko’chmanchilarning borligi
ham dastlab juda cheklangan edi. Bular asosan G’arbiy Sohilga ketayotgan bu
kengliklarni kesib o’tgan karvonlar edi. Faqat XIX asrda, ayniqsa uning ikkinchi
yarmida, preriyalarning faol rivojlanishi ko’chmanchi-dehqonlar tomonidan boshlangan.
Aynan o’sha paytda, tuyoqli hayvonlarni, birinchi navbatda, bizonlarni o’q otar qurollari
bilan ovlash avj olgan edi. Xuddi shu yillarda bo’z yer preriyalar o’zlashtirilganidan
keyin – unumdor tuproq qatlamining katta qismini chang bo’ronlari uchirib ketdi.
Natijada ko’plab oddiy preriya aholisining taqdiri fojiali bo’ldi. XX asrning boshlariga
kelib, baland bo’yli va aralash o’tloqlarning ko’p qismi o’zlashtirildi, qurg’oq va
unumdorligi pastroq o’tloqlar esa, asosan chorvachilik maqsadida ishlatildi.
Bizon
Bir necha asrlar ilgari bizonlarning ulkan to’dalari preriyalarda o’tlab yurgan. XVIII asr
oxirida ularning umumiy soni 45-60 milionni tashkil qilgan. Keyinchalik, bizonlarning soni
keskin kamaya boshladi: 1870-yilda 5,5 million, yana 10 yildan keyin esa atigi 395 ming jonivor
qoldi. 1900-yilda Qo’shma Shtatlarda bor-yo’g’i 300 ta bizon qolgan edi. Ko’plab bizonlar
o’ldirildi, ba’zilari esa kasalliklardan halok bo’ldi. Preriyalarning o’zlashtirilishi bu
sutemizuvchilarning odatiy yashash joylarining qisqarishiga olib keldi. XX asrda bizon yo’qolib
ketish xavfi ostida turgan hayvonlar qatoriga kirdi. O’tgan asrning o’rtalariga kelib, ularning
sonini 20 mingacha qayta tiklashga erishildi. Hozirgi kunda AQSh va Kanadadagi bizonlar soni
yarim milliondan oshadi. 2016-yilda bizon AQShning milliy sutemizuvchisi deb tan olingan.
Bizon. Foto: M.G. Sergeyev
Bizon – juft tuyoqlilar turkumining vakili hisoblanadi. Uning eng yaqin qarindoshi,
hozirgi kungacha yetib kelgan Yevropa zubridir. Bizon – Shimoliy Amerikaning quruqlikdagi
eng og’ir sutemizuvchisi bo’lib, buqalarining tanasi og’irligi 1 200 kilogramm, bo’yi esa 180
santimetga yetadi. Bahaybat bo’lishiga qaramay, bizonlar juda yaxshi sakraydi (1,8 metr balandlika)
va tez yuguradi, tezligi soatiga 64 kilometrgacha.
Bizonning tanasi zich yung bilan qoplangan: qishda – quyuqroq va yaxshi rivojlangan, yozda
esa ochroq va yengilroq bo’ladi. Yungining uzunligi 50 santimetrga yetadi. Shoxlari ancha kalta.
Ular asosan dasht o’tlari va qiyoqlar bilan oziqlanadi. Qishda ular bir metrdan ortiq qalinlikdagi qor
ostida yegulik topib yeyishlari mumkin. Bizonlarning hidlov organlari yaxshi rivojlangan. Ular suv
hidini 7-8 kilometr uzoqlikdan sezishadi. Chang va qumda dumalab, parazitlardan qutilishadi.
Hozirda bizonlar odatda bir necha o’n boshli kichik guruh bo’lib yashaydi. Ammo ularning soni juda
ko’p bo’lganda, ular katta podalarni tashkil qilib, muntazam ravishda ko’chib yurganlar. Keyinchalik
ularning katta harakat yo’nalishlari bo’ylab hatto temir yo’llar ham yotqizilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |