Shakllantirishning pedagogik asoslari


 Bugungi darsdan nimalar oldingiz va bugungi darsni baholang?



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/30
Sana30.04.2022
Hajmi0,95 Mb.
#600298
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
Shakllantirishning pedagogik asoslari

3. Bugungi darsdan nimalar oldingiz va bugungi darsni baholang?
 


59 
2.3. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni hozirgi davrdagi shakllanganlik
darajasi. 
Tarixiy tajribadan bizga ma’lumki, oila o’z zimmasidagi tarbiyaviy 
vazifalarni hal qilishda xalq pedagogikasining vosita va uslublaridan foydalanib 
kelgan. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda avvalo ulardan bugungi 
kundagi sog’lom e’tiqod haqidagi tushuncha va bilimlari qay darajada ekanligini 
aniqlab olishimiz lozim. Bunda turli anketa va so’rov varaqalaridan foydalanib, 
o’smirlarimizning fikr va mulohazalari bilan tanishib chiqamiz. Bu jixatga dastlab 
oilada tamal toshi qo’yilgani uchun shu ma’noda yondashishga harakat qilamiz. 
O’zbek oilalarida farzandlarni sog’lom e’tiqodli qilib tarbiyalashda ularga
axloq-odob qoidalarini tushuntirishda ota-onalar zimmasiga bir qator talablar 
qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat: 
-
o’smirni 
hech 
kimga 
yomonlik 
qilmaslikka, 
yaxshilik 
qilishga 
ko’niktirishga, ko’ngliga shafqat, muruvvat tuyg’ularini solishga intilish kuchli 
bo’lishi; 
-
o’smirni to’g’ri yo’lga yo’naltirib, o’zlari ham shu yo’ldan ketishlari ota-
onaning yaxshi odob, xulq egasi ekanligi har bir xatti-harakatidan ko’rinib turishi,
o’smirlarga namuna sifatida xizmat qilishi; 
-
yaxshi, deb bilgan ishni o’zlari ishlab ko’rsatishlari va shu ishning 
yaxshiligiga o’smirni ishontirishlari;
-
ota-onaning o’zi to’g’ri so’zli bo’lishi, o’smirga bo’lgan mehr-muhabbatini 
me’yorda ko’rsata bilishi va ularga har doim hayrihoh ekanliklarini bildirib 
turishlari; 
-
o’smirning qilayotgan yaxshi ishlariga qarab o’z darajasiga loyiq 
mukofotlash, rag’batlantirish, xatoga yo’l qo’ysa tanbeh berish o’z o’rnida 
bo’lishligi zarur hisoblanib, mukofot uchun zarur so’zlar bilan ularni maqtash, 
sevgan narsalariga erishtirish, birga o’tirib suhbatlashishga katta ahamiyat berish.
-
o’smirlar ota-onalarining yuzlarida norozilik alomatlarini ko’rib uning jazo 
ekanligini bilsin, rag’batlantirish yoki o’smirning saviyasi darajasida va me’yorida 
bo’lishi; 


60 
-
o’smir bolaligini qilmasdan qo’ymaydi, katta va kichik noo’rin ishlarni qilib 
qo’yadi. Uning bu kamchiliklarini bir yo’la bitirish mumkin emas, vaqti-vaqti bilan
sekin-asta tuzatish, har bir ishda sabotli bo’lish lozimligi; 
-
o’smirlar yonida har vaqt odillik bilan ustozlarcha ish olib borish
tarbiyaning eng muhim asoslaridan hisoblanadi; 
-
diniy bilimlarni doimo amaliyot bilan hamohang tarzda asta sekinlik bilan 
hohish va qiziqishni, o’smirning individual xususiyatlaridan kelib chiqib berib 
boirsh lozim. 
Bugungi kunda maktab darsliklariga “Milliy istiqlol g’oyasi”, “Vatan 
tuyg’usi” kabi fanlar kiritilgan bo’lib, bu fanlar o’quvchilarni diniy bilimlar bilan 
ham qurollantirib borishlari maqsad qilib qo’yilgan. Biroq, bu yetarli emas. O’smir 
diniy bilimlarning barchasini birgina ikki dars jarayonida ololmaydi. Qolgan bilim 
va tasavvurlarni sinf rahbarining tarbiyaviy soatlaridan, asosiy ma’lumotni esa, 
turli ommaviy axborot vositalari va ota-onalaridan olishadi. Bugungi kundagi 
axborotlar ko’lamining kengligini hisobga oladigan bo’lsak, bu yetarli emas.
Bugungi kunda barkamol yoshlarni tarkib topishida ko’pgina tarbiyaviy 
omillar, ya’ni maktab, oila va jamoatchilikning o’zaro kelishilgan hamkorligiga
muhtojlik tobora kuchymoqda. Maktab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning pedagogik 
jihatdan malakali, maqsadga muvofiq omillariga hamda keng imkoniyatlariga ega. 
Maktabdan tashqari olib boriladigan tarbiya esa ko’pincha pedagogik-psixologik
qoidalarga amal qilinmagan, maktab tomonidan qo’yiladigan talablar bilan 
kelishmagan holda amalga oshiriladi. Natijada maktab tomonidan o’tkazilgan
tarbiyaviy ta’sir o’z kuchini yo’qotadi.
Zero, bunday hol o’smirlarning ko’p vaqtini nazoratdan chetda bo’lishi
tarbiyasi qiyin o’smirlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Demak, maktab 
tarbiyaviy ishlarida murakkab muammolar yuzaga keladi. Mana shunday 
ko’ngilsiz holatlarning oldini olishda maktab, oila va jamoatchilikning
hamkorligini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda ayniqsa mahallalar 
bilan bog’lanish, mahalla va maktab tarbiyaviy dasturida mushtaraklik bo’lishi,
ota-onalar qo’mitasi va o’smirlar bilan ishlash nazoratchilarining ish dasturlari


61 
mahalla ahli va oqsoqollari kengashlarida muhokama qilinishi tarbiyada, 
o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda yordam beradi. Bu esa o’smirlarda 
sog’lom e’tiqodni shakllantirishning metodlarini ishlab chiqishni talab etadi.
Darhaqiqat, bunday tarbiya asosida avlodlar vorisligi masalasi yotadi.
Avlodlar vorisligini ta’minlashning muhim omili, yoshlarimizda sog’lom e’tiqodni 
shakllantirishdan iboratdir. Buning uchun esa, ta’lim va tarbiyadagi uslublarni
yangidan isloh qilmoq, takomillashtirmoq, mustahkamlamoq lozim. Bunda asosan, 
davlat, ijtimoiy tashkilotdar, yangi paydo bo’layotgan birlashmalar, jamg’armalar 
o’z kuchlarini birlashtirib, mahalla, maktab, oila hamkorlik harakatlarini amalga 
oshirmoqliklari lozim. Yoshlarimizni sog’lom e’tiqod ruhida tarbiyalash
maqsadida zamon talabidan kelib chiqqan zaruriy uslubiyatni ishlab chiqish ular 
hamkorligining mazmunini aniqlash va maqsad vazifalarni belgilash muhimdir.
Jumladan: 
- maktab, oila, jamoatchilikning o’zaro ishonchi va hurmati; 
- hamkorlikdagi faoliyatning zarurligi, imkoniyatlari, vazifalari va 
afzalliklarini to’g’ri anglash; 
- o’smirlarning yurish-turish qoidalari yuzasidan maktab, oila va jamoat
joylarida bir xil talabning qo’yilishi; 
- mahalliy sharoitlar, qishloq yoki shahar tarixi, uning georafik joylashishi, 
tabiati, aholining turmush tarzi, faoliyatini hisobga olish; 
- mahalla, qishloq, mavzeda yashovchi barcha o’smirlarni tarbiyaviy ishlarga 
ommaviy tarzda jalb qila olish; 
- tarbiyada sistemalilik, izchillik, uzviylik va ketma-ketlik tamoyiliga amal 
qilish; 
- o’smirlarning o’z-o’zini boshqarish va tashabbusini hamda ijodkorlik 
qobiliyatini hisobga olish va tayanish; 
- o’smirlarni oilada, maktabda, hamda mahallalarda bo’ladigan barcha
tadbiriy tarbiyaviy ishlarga qatnashishini ta’minlash kabi masalalarga katta e’tibor 
berish, maktab, mahalla, oilalarda o’smirlarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashda 
ularda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda ma’lum bir aniq tizim asosida ish olib 


62 
borish imkoniyatini tug’dirish mumkin. Shundagina o’smirlarda sog’lom e’tiqodni 
shakllantirishda turli pedagogik metodikalardan unumli va tizimli foydalanamiz va 
bu jarayon biz kutgan natijalarni berishi muqarrar. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni 
shakllantirish masalasi bo’yicha maktablarda, oila va jamoatchilik bilan 
hamkorlikda olib borilayotgan ishlar o’rganilib, tahlil qilinganda, quyidagi ish 
uslublari mavjud ekanligi ma’lum bo’ldi. 
Birinchidan: ota-onalar bilan ishlashda asosan onalar maktabi, otalar 
maktabi, pedagogik ilm berish universiteti, oilaviy tarbiya tajribalarini o’rganish 
bo’yicha konferensiyalar, savol-javob kechalari, dam olish kuni jamiyati va 
klublari, oilalararo musobaqalar va turli tanlovlar, diniy ulamolar bilan vaqti-
vaqtida oilaviy uchrashuvlar, qiroatxonlik kechalari tashkil etish. 
Ikkinchidan: maktab o’qivchilarining ota-onalar bilan ishlashi, ya’ni 
o’qituvchilar maktab tarixi, qishloq yoki shahar o’tmishi, hozirgi kundagi faoliyati,
tarkib topgan diniy-axloqiy an’analari bilan muntazam tanishtirib boriladi. 
O’smirlarning barcha tadbirlarda qatnashishi to’la ta’minlanadi. 
Uchinchidan: O’smirlar bilan ishlash yuzasidan dam olish klublari jonajon 
o’lka bo’ylab yurishlar, muqaddas qadamjolar bilan tanishish, turli jamiyatlar, 
kamolot yoshlar harakati ishlarida faol ishtirok etishlari ta’minlanadi.


63 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish