Shakllantirishning pedagogik asoslari



Download 0,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/30
Sana30.04.2022
Hajmi0,95 Mb.
#600298
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
Shakllantirishning pedagogik asoslari




MAVZU: O’SMIRLARDA SOG’LOM E’TIQODNI 
SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI 
 
REJA:
 
Kirish. 
 
I Bob. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning shart-
sharoitlari. 
 
1.1. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning zarurligi va uning 
pedagogik-psixologik ahamiyati. 
1.2. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning shakllari, usullari va 
vositalari. 
1.3. Bob bo’yicha xulosa. 
II Bob. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning nazariyasi va 
amaliy ahamiyati. 
2.1. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirish ma’naviy komillikning 
mezoni sifatida. 
2.2. 
O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning pedagogik 
xususiyatlari. 
2.3. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni hozirgi davrdagi shakllanganlik darajasi. 
2.4. Bob bo’yicha xulosa. 
III 
Bob.
O’smirlarda 
sog’lom 
e’tiqodni 
shakllantirishning 
samaradorligi. 
3.1.
Tajriba-sinov ishlari metodikasining mazmuni va mexanizmi. 
3.2.
Tajriba-sinov ishlari natijalarining dinamik o’zgarishi. 
3.3.
Bob bo’yicha xulosa. 
Umumiy xulosa va tavsiyalar. 
Foydalanilgan adabiyotlar. 



KIRISH 
Mаvzuning dоlzаrbligi
Mustaqillik yillarida shakllanayotgan yangicha 
dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyat va an’analarga 
muhabbatni, o’z yaqinlariga mehribonlikni, tanlagan yo’li – kasbi-kori va 
e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash va yangicha tafakkur aynan 
mustaqillik mafkurasi ruhida sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod 
mahsulidir. Shaxs ma’naviyati uning dunyoqarashi insonning tasavvur va 
e’tiqodiga aloqador ko’nikmalar majmui, asosan, oilada shakllanadi. Shu ma’noda 
yoshlar tarbiyasi hayotiy zarur masaladir. Tarbiyalash yashashga o’rgatishdir. 
O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov 
“Odobli, bilimdon va aqlli, 
mehnatsevar, iymon–e’tiqodli farzand nafaqat ota–onaning, balki butun 
jamiyatning eng katta boyligidir”
1
- deya ta’kidlaydi. Shuning uchun o’smirlarda 
sog’lom e’tiqodni rivojlantirish, ularda milliy g’ururni tarkib toptirish davlat 
ahamiyatiga molik masala. 
Diniy ekstremizm tahdidi real havfga aylangan hozirgi davrda diniy-
ma’naviy qadriyatlarni shiorlardan farqlashga o’rgatishni, sog’lom e’tiqod 
tarbiyasini bolalikning ilk yillaridan boshlash zarur. Zero, prezidentimiz Islom 
Karimov 
ta’kidlaganlaridek, 
“...bugungi murakkab ma’naviy-mafkuraviy 
jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning 
ustuvor yo’nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli 
qatlamlariga ta’sirini o’rganish, milliy manfaatlarimiz, hayot tarzimizga zid 
bo’lgan ma’naviyat, madaniyat bayrog’i ostida kirib kelayotgan zararli g’oyalar va 
tahdidlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va 
sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi.”
2
Faqat ana shunday asosda yoshlarni o’z fikriga ega, turli ma’naviy 
xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar 
insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin. 
1
I.А.Karimov. Havfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida.Т. “O’zbekiston”.1998 yil. 85-bet. 
2
I.А.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q.Т. “Muloqot”.1998 yil. 5-son. 



Ilmiy adabiyotlarda ko’pqirrali, murakkab “E’tiqod” tushunchasining ta’rifi, 
mazmuni masalasida yakdil xulosalarni uchratish qiyin. E’tiqodning asl mohiyatini 
anglash uchun uning etimologiyasiga murojaat qilish bilan birga din niqobi ostida 
taqdim etilayotgan turli g’arazli talqinlar tahliliga e’tibor berish lozim. Mustaqillik 
yillarida ilmiy adabiyotlarda e’tiqodning tor sinfiy, ateistik talqinidan voz kechildi, 
uning yangi qirralari kashf etildi. Shu bilan birga tarbiya natijasida shakllanishiga 
alohida urg’u berila boshlandi. 
E’tiqodning mohiyatini tushunishda, uning psixologik, falsafiy talqinlari 
muhim ahamiyatga ega. E’tiqod muayyan g’oya, dunyoqarashga his-hayajonli 
yondashuv ma’nosida iymonga yaqin turadi. Ammo e’tiqod tushunchasida faqat 
ijobiy jihatlarnigina ko’rish to’g’ri emas. Ijobiy va salbiy mazmunga ega e’tiqod 
shakllari o’rtasida yana bir ma’naviy-ruhiy hodisa - e’tiqodsizlikning ham 
mavjudligini e’tirof etish lozim. 
Masalaga pedagogik nuqtai nazardan yondashilganda iymon ham
vatanparvarlig-u milliy g’urur ham tug’ma emasligi, ularning qanday 
tushuntirilishi va qanday tushunilishiga, sodda qilib aytganda, turli shakllarda 
amalga oshiriladigan tarbiyaga bog’liq ekanini unutmaslik shart. “E’tiqod bu - 
shaxsni o’z qadriyatlari tizimidan kelib chiqib harakatga qo’zg’atadigan anglangan 
ehtiyoj”. E’tiqod ishonch bilan qarash, til va dil bilan iqror qilish shaklida ham 
talqin qilindi. Qur’onda: “Inson mukarram zot” degan oyat bor. Uni to’laligicha 
keltiradigan bo’lsak, u shundaydir. “
Biz inson zotini mukarram qilib yaratdik va 
uni yer yuzida, suvda pok narsalardan rizqlantirdik, yerda, suvda yuradigan qilib 
vaqtlarini yaratib berdik va o’zimiz ham qilgan ko’pgina narsalarimizdan afzal
qilib qo’ydik.”
3
E’tiqod (arabcha - ishonch, iymon, amin bo’lish) - inson faoliyati uchun 
ma’naviy asos, yo’l-yo’riq va mo’ljal bo’lib xizmat qiluvchi, aql, his va iroda 
vositasida anglangan bilimlar, g’oya va tasavvurlar ifodasi bo’lgan tushuncha. 
E’tiqod insonning voyaga yetishi jarayonida shakllanadi. Bilim va g’oyalar 
insonning ham aqli, ham qalbi bilan o’zlashtirib olingandagina e’tiqodga aylanadi. 
3
A.Avloniy. turkiy guliston yohud axloq. T. O’qituvchi. 18-19-betlar. 



Adabiyotlarda “sog’lom e’tiqod” tushunchasiniig ilmiy ta’rifi hanuzgacha 
ishlab chiqilmagan. Bizningcha, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi 
tamoyiliga tayanadigan, taraqqiyotga yo’naltirilgan ezgu va bunyodkor g’oyalarga 
ishonchga asoslangan e’tiqod shakliga 

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish