Metodlar
Mazmuni
Qo’llanish
usuli
Izoh
G’oyalar baxsi
O’smirlar dunyoqarashini kengaytirish.
Ijtimoiy-siyosiy faoliyatini oshirish
Jamoaviy izlanish
O’quvchilarni
mafkuraviy
immunitetini
shakllantirish
Kurashchanlikni oshirish, “G’oyalar baxsi”
usulida har bir kishi yangi, konstruktiv fikrni
aytishi va eng maqbulini rag’batlantirish
Baxs
Baxs munozara bo’yicha qarama-qarshi fikrlar
asosida yuzaga kelgan eng oqilona xulosaga
kelishdir
Jamoaviy izlanish
Sog’lom
e’tiqodni
shakllantirishga
qarshi
muamolar izlab topiladi
G’oyalar baxsi
Sog’lom e’tiqodga oid turli muammolarni
yechimini mustaqil topishga harakat qilish
Ommaviy axborot
vositalari.
(radio,
televideniya,
gazeta, jurnal, internet)
O’smirni g’oyaviy tarbiyalash, uning ongini
mafkuraviy jihatdan egallashdir. Radioda diniy
eshittirish.
Televideniyada
diniy-tarbiyaviy
ko’rsatuvlar
beriladi. Tarbiyaning bu vositasi har kimga har
xil ta’sir qiladi.
Muloqot, munosabat,
afsona,
rivoyat,
o’tmish
qadriyatlari,
san’at va adabiyot,
manolog,
dialog, baxs-munozara
xissiy ta’sir, kuchli
nutq,
imo-ishora.
Muloqot deganda yuzma-yuz kechadigan fikr
almashuvi.
Ota-bola o’rtasidagi samimiy fikrlar, o’qituvchi
bilan o’quvchi, talaba va o’qituvchi orasidagi
so’zlashuvlar tushuniladi.
O’smirlarda sog’lom e’tiqodni qaror toptirish murakkad jarayon bo’lib, u bir
qator moddiy hamda ma’naviy omillar ta’sirida vujudga keladi. O’smirlarda
sog’lom e’tiqodni shakllantirish muammosi ijtimoiy munosabatlar mazmun
jihatdan chuqurlashib va murakkablashib borayotgan bir sharoitda sog’lom
e’tiqodni qaror toptirishda quyidagi omillar yetakchi o’rinni egallaydi:
-
o’smirning moddiy ta’minoti;
-
o’smirni vaqtdan unumli foydalanish borasidagi tajribaga egaligi;
-
o’smir oila a’zolarining maishiy turmush darajasi;
-
o’smirning fiziologik va psixologik xususiyati;
-
o’smirning qiziqishi bilan ehtiyojlari o’rtasidagi mutanosiblik;
26
-
o’smirning ijtimoiy kelib chiqishi va hayotiy faoliyati o’rtasidagi
mutanosiblik;
-
ota-ona ruhiy xususiyatlarining bir-biriga uyg’un kelishi;
-
farzandlar tarbiyasini tashkil etishda yagona yondashuvning qaror topishi;
-
oilada mehnat taqsimotining adolatli qaror topishi;
-
oila a’zolarining diniy ma’lumotlilik darajasi;
-
oila a’zolari o’rtasidagi yagona hayotiy maqsadning mavjudligi.
Hozir dunyoda hukm surayotgan mafkraviy bo’ron mustaqillik yillarida
bizning yurtimizga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Fuqarolarimiz ongidagi g’oyaviy
sarosimalik holatidan foydalangan bir qancha siyosiy ekstremistik guruhlar
o’zlarining yovuz maqsadlariga erishish uchun O’zbekistonga nisbatan
g’oyaviy xuruj boshladilar. Bu ishda esa ekstremistlarning asosiy diqqat
e’tibori oilada yoshlarimiz ongini yovuz g’oyalar bilan zaxarlashga qaratildi.
Ular o’zlarini go’yoki “Islom dini jonkuyarlari, chin musulmonlar” qilib
ko’rsatib, mohiyat e’tibori bilan ezgulik manbai bo’lgan dinimizni niqob qilib
olib, yoshlarimiz ongiga yovuz va buzg’unchi mafkuralarni singdira
boshladilar va afsuski ular bunga qisman erishdilar. Yoshlarimiz qo’llari bilan
bir nechta qo’poruvchilik harakatlarini amalga oshirdilar.
“Vaxobiylik, Xizbut-taxrir” kabi diniy-ekstremistik oqimlarning asosiy
maqsadi haqiqatdan ham dinni poklash, islomning asil mohiyatini tushuntirish
emas, balki yurtimiz yoshlarini O’zbekiston Resublikasi konstitutsion tuzumiga
qarshi qilib qo’yish, mintaqada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni vujudga keltirish,
yurtimizni mafkuraviy jihatdan o’z ta’sir doiralariga kiritish, yoshlarimizni
Respublikamizning nurli kelajagiga ishonchsizlik hissini qo’zg’atish kabi
vazifalar bosh maqsad qilib olinganligi hammamizga ma’lum. Dinning asl
mohiyati, uning jamiyatdagi o’rni haqidagi tasavvurga ega bo’lmagan
yoshlarimiz “Dinni tozalash, islom halifaligini o’rnatish” kabi balandparvoz
gaplarni haqiqat sifatida qabul qilib, ularga ergasha boshladilar. Natijada
ko’plab yoshlarning ongi va qalbi yovuz g’oyalar bilan zaxarlandi va ular diniy
ekastremistik oqimlarning maqsadlari yo’lida xizmat qila boshladilar. Bugungi
27
kunda yoshlarimiz ongini zaxarlashga bo’layotgan urinishlar davom etmoqda.
Bunday salbiy hodisalarning oldini olish uchun o’smirlarda mafkuraviy
immunitetni shakllantirish, shunga asoslangan holda sog’lom e’tiqodni tarkib
toptirish alohida ahamiyatga ega. Zero, mafkuraviy immunitetning mavjudligi
yoshlarimizning turli yovuz g’oyalar ta’siriga tushib qolmasligiga zamin bo’la
oladi. Mafkuraviy immunitet bu inson ongining tashqaridan kirib kelgan milliy
taraqqiyot yo’limizga zid bo’lgan har qanday g’oyalarga qarshi tura olish
qobiliyatidir. Shu o’rinda masalaning bir muhim jihatiga e’tibor berish zarur
deb hisoblaymiz. Oilada o’smirlarimiz ongi va qalbini egallash uchun tashqi
kuchlar tomonidan bo’layotgan kurash asosan diniy yo’nalishda ekanligi
ma’lum. Shuni hisobga olib o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda ota-
onalarning g’oyaviy, tarbiyaviy, diniy bilimlarni oshirish ijtimoiy ong
shakllaridan biri bo’lgan siyosiy ong, ilmiy dunyoqarashni o’stirishga katta
e’tibor berishimiz zarur. Chunki ota-onalarda aynan siyosiy ong, ilmiy
dunyoqarashdagi ayrim muammolar tufayli siyosiylashgan turli diniy g’oyalar
jamiyatimizga kirib kelishiga sabab bo’lmoqda. Ota-onalarga dinning kelib
chiqishi, odam hayoti va jamiyatda tutgan o’rni, uning asl mohiyati, dinnning
pirovard maqsadi va vazifalari, jahondagi mavjud dinlar ularning o’zaro
umimiyligi va farqi, hozirgi kunda diniy ta’limotlardan qanday maqsadlarda
foydalanish zarurligi haqidagi chuqur ilmiy asoslangan bilimlarni berish kerak.
Ota-onalarning g’oyaviy – tarbiyaviy bilimlarini oshirish evaziga o’smirlarni
zararli diniy ekstremistik oqimlar ta’siriga tushib qolmasliklariga zamin
yaratiladi. Dinning ijtimoiy mohiyatini tushinib yetgan o’smirlarimizda
tolerantlik-
diniy bag’rikenglik paydo bo’ladi. Ota-onalrning g’oyaviy-
tarbiyaviy bilimlarini oshirishda ta’lim muassasalari, mahalla va jamoatchilik
hamkorligi ulkan ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ota-ona o’z faoliyatini
birinchidan, farzandi ta’lim oladigan maktab va mahalladan boshlashi kerak.
O’smirning o’qituvchilari bilan doimiy aloqada bo’lib turishi, tarbiyaviy
soatlarni namunaviy yo’lga qo’yilishi, ularni turli to’garaklarga jalb etish kabi
muhim jihatlarni nazorat qilishi kerak.
28
Sinf rahbari o’smirning sharoiti bilan yaqindan tanish bo’lmog’i lozim.
Buning uchun o’quv yilining boshidayoq sinf rahbari ma’lum reja asosida har
bir o’quvchining ota-onasi, uy sharoiti, o’quvchi shaxsi bilan tanishishi zarur.
Uning tug’ilganidan boshlab o’ziga xos tomonlarini, masalan, injiqmi–nima
uchun, o’jarmi yoki qaysar-nima uchun kabi tomonlarini o’rganmog’i,
salomatligiga doir ma’lumotlarni aniq bilib olishi lozim. O’smirning o’z ustida
ishlashiga sharoiti, ota-onasi va mehnatga, uka yoki akalariga nisbatan
muomalasigacha o’rganish zarur.
Ikkinchi tomondan, ota-onalar maktab bilan doimiy aloqada bo’lishiga
erishish kerak. Farzandining qaysi fanga qiziqishi kuchli ekanligi, jamoadagi
holatidan xabardor bo’lishi kerak. Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirgi
ijtimoiy, iqtisodiy o’zgarishlar sharoitida oilaviy tarbiya masalalariga e’tibor
yanada kuchayib, dolzarb mavzularga aylanmoqda. Oila sog’lom e’tiqodni
shakllantirishning eng muhim omillaridan biridir. Chunki, avlodlarimiz
tajribasidan ma’lumki, oila jamiyatning negizi bo’lib hisoblangan va ko’p asrlik
mustahkam ma’naviy tayanchlarga ega. Bu tayanch tajribalar albatta, oilada
asta sekinlik bilan asosan, bobolar o’giti, momolar maslaxatiga, ota ibrati, ona
mehri orqali amalga oshiriladi. Bizga ma’lumki, o’smirlarda sog’lom e’tiqodni
to’liq shakllantirilsa, albatta ularda jamiyat, inson manfaatlari to’g’risidagi
ijobiy fikr va g’oyalar o’z samarasini beradi. Bunda ota-onalarning g’oyaviy
tahdidlarga bo’lgan munosabatini o’rganish va uni ijobiy tomonga o’zgartirish
muhim ahamiyat kasb etadi. Farzandlarning tarbiyasi bilan qiziqmagan,
yetarlicha g’amxo’rlik ko’rsatmagan ota-onalar O’zbekiston Respublikasining
Ma’muriy
javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 47-moddasi bilan
ayiblanadilar. Unda “Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi
majburiyatlarni bajarmaganliklari uchun ota-onalar yoki ularning o’rnini
bosuvchi shaxslar voyaga yetmagan bolalarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etishiga olib kelishi eng kam ish haqqining ikkidan bir qismidan uch
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi” deyiladi. O’smirlarda
sog’lom e’tiqodni shakllantirishda xalqimizning boy milliy, madaniy, tarixiy
29
an’analari, urf-odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
samarali pedagogik shart-sharoitni vujudga keltirish, jamiyatning umumiy
hamda pedagogik madaniyatini oshirish mamlakatimizda ma’rifiy-mafkuraviy
ishlarni takomillashtirishda oila, mahalla, ta’lim muassasalarining birgalikdagi
faoliyatining asosiy maqsadidir. Jumladan, oilada sog’lom muhit, milliy Ruh va
o’zbekona turmush tarzini barqaror qilish, farzandlar uchun ota-ona har
tomonlama o’rnak bo’lishi, o’smirlarda ota-onasiga, vataniga muhabbat
tuyg’usini shakllantirish, oilada g’oyaviy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining
xuquq va burchlarini anglab yetishlari va ularga rioya qilishlarini ta’minlash,
o’smirlarga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, madaniyatli shaxs bo’lib
yetishishini ta’minlash, ular e’tiqodining sog’lomligiga erishish, ularda
mustaqil fikrlashni qaror toptirish bizning, ota-onalarning muhim vazifasidir.
O’smirlarning bo’sh vaqtini pedagogik nuqtai nazardan yondoshgan holda
maqsadli tashkil qilish, mavjud iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun
zaruriy sharoit yaratish, o’smirlarni ta’lim muassasalari, mahalla, jamoatchilik
oldidagi vazifalarni to’la ado etishga qonuniy javobgar ekanligini his qilish
muhimdir. Ota-onalar o’zini pedagogik va psixologik bilimlarini muntazam
oshirib borishga mas’uldirlar. Insonning oilada shakllangan ilk mafkurasi,
imon-e’tiqodi, odobi, milliy oriyati, vijdoni, g’urug’-iftihori, aql-zakovoti,
tafakkuri mahalla muhitida yanada yuksalib, xalq irodasi, o’zaro totuvlik va
hamkorlik rishtalari bilan uyg’unlashib, jamiyatda sog’lom munosabatlarning
shakllanishi,
milliy
istiqlol
g’oyalarining,
sog’lom
e’tiqodning
mustahkamlanishiga olib keladi.
30
Insoniyat o’z tarixida qancha urush ko’rgan, qancha qurbon bergan bo’lsa,
bular yovuz g’oyalarning paydo bo’lishi, targ’ib qilinishi, millionlab kishilarni
shu g’oyalar bilan avval xulq-atvor motivlarining shakllanganligi natijasida
qo’llariga qurol berilganidan boshlangan. O’tmishda islom niqobi ostida o’z
manfaatlari sari kurash olib borgan, turli xunrezliklar va buzg’unchiliklarga
sabab bo’lgan voqealar ko’plab uchraydi. Jumladan, Abu Ali ibn Ali Tusiy
Nizomulmulk o’zining “Siyosatnoma (Siyar ul-mulk)” asarida bu fikrimizni
isbotlovchi ayrim voqealiklar haqida xabar beradi.
Demak, bundan deyarli 10 asr ilgari, undan oldin, undan keyin ham xalq
manfaatlaridan haqiqiy musulmon niqobi ostida yashiringan bunday kishilar o’z
shaxsiy mafaatlarini ustuvor qo’ygan.
Bunyodkor g’oyalar targ’iboti esa, shaxsni yuksaltirgan. Yaxshilik
g’alabasini ta’minlagan. Biroq, bu g’alabalar millatlar uchun qimmatga
tushgan.
Diniy aqidaparastlik targ’iboti pedagogikasida jihod tushunchasi keng
qo’llaniladi.
Jixod
-
arabcha g’ayrat qilish
ma’nosini anglatadi. Ilk islom
davridan buyon reaksion ahamiyat kasb etib, talonchilik va bosqinchilikni diniy
oqlash niqobi bo’lib kelgan. Islomning hozirgi nazariyotchilari “Jihod
Оила
Mahalla
Maktab
Marosimlar
Muzeylar
Do'stlaringiz bilan baham: |