Ikkinchi bоsqich (2012yil, 2013yillаri).
Bu bоsqichdа hаm аdаbiyotlаr
bilаn ishlаsh dаvоm ettirildi. Shаrq mutаfаkkirlаri, g’аrb оlimlаri tоmоnidаn
o’rgаnilgаn bu muаmmо to’g’risidаgi fikrlаri tаhlil qilindi. Ilmiy ishning mаzmuni
qisqа ilmiy ахbоrоt shаklidа rаsmiylаshtirildi. Bundа tаdqiqоt ishining I, II bоblаri
yozildi.
13
Uchinchi bоsqich (2013 yil, оktyabr-2014 yil, mаy оylаri).
Bu bоsqichdа
tаdqiqоt muаmmоsini qаnchаlik to’g’ri tаhlil qilingаnligini аniqlаsh uchun
Nаmаngаn viloyati Norin tumanidagi 21-umumta’lim maktabi tаjribа sinоv
mаydоni sifаtidа оlindi. Оlingаn nаtijаlаr tаhlil qilinib, dаstlаbki muhоkаmаdаn
o’tkаzildi.
Kаfеdrаdа uni muhоkаmа etib, оchiq himоyagа ruхsаt bеrildi.
Dissertatsiya tuzilishi va u haqidagi umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiyaga kirish 3 bobni o’z ichiga olgan, 5 ta reja, tajriba-sinov ishlari,
umumiy xulosalar, tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat.
14
I Bob. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning shart-
sharoitlari.
1.1. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning zarurligi va
uning pedagogik-psixologik ahamiyati
.
Bugungi kunda nafaqat alohida mamlakat yoki mintaqani, balki bugun
jahon hamjamiyatni tashvishga solayotgan muammolardan biri diniy ekstremizm
va uning milliy mintaqaviy havfsizlikka tahdidi masalasidir.
Bugungi globallashayotgan dunyoda diniy ekstremizm muammosi ham
transmilliy, transchegaraviy xarakter kasb etayotgani va keskinlashayotgani hech
kimga sir emas. Ammo ba’zi mintaqalar jumladan aholisining ko’pchiligini asosan
musulmonlar tashkil qiladigan hamda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida siyosiy
ijtimoiy mafkuraviy ma’naviy tub o’zgarishlarni boshidan kechirayotgan
Markaziy Osiyo mintaqasi uchun bu muammo ayniqsa dolzarbdir.
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bugungi kunda strategik
ahamiyatga ega. Vaziyatning o’zigi xos xususiyati shuki, Markaziy Osiyoda bu
kurash umumiy yagona mintaqaviy strategiya bo’yicha olib borilishi maqsadga
muvofiqdir. Umumiy tahdidga qarshi birgalikda kurash olib borilishi Markaziy
Osiyo mamlakatlarining integratsiyalashuviga yirik hissa bo’lib, ijobiy
yaratuvchan geosiyosiy omilning kuchayishiga salbiy buzg’unchi geosiyosiy
kuchlarning mag’lubiyatiga olib kelishi muqarrardir. Shundan kelib chiqib aytish
mumkinki, o’smir yoshidagi o’quvchilarda sog’lom e’tiqodni shakllantirish
g’oyaviy kurashlarga qarshi o’zimizda immunitetni hosil qilishning samarali
jihatidir.
Shu o’rinda o’smirlik davriga to’htalib o’tsak. Yosh davrlari ichida o’smirlik
davri shaxs hayotida tub burilishni yasaydigan davrdir. Bu yoshda o’smirda har
tomonlama ham ruhiy, ham ma’naviy anatoma-fiziologik o’zgarishlar, keskin
rivojlanish kuzatiladigan davrdir. O’smir o’zidagi bu o’zgarishlarni niqoblashga
urinadi. Uning nazdida atrofdagilar uning faqat shu tomonlarini ko’rayotgandek
tuyuladi. Shuning uchun bu yoshni o’tish davri sensor davrlari deb yuritiladi.
15
O’smirlarda yuzaga kelgan qon tomirlardagi o’zgarishlar tabiiyki ruhiy
o’zgarishlarni ham keltirib chiqaradi. Bunga ulardagi asabiylik tajanglik bunga
misoldir. Bu o’smir bilan munosabatga kirishuvchilar uchun qiyinchilik
tug’diradi. Bundan tashqari olimlar tomonidan o’smirlik davri uch qismga
bo’linadi. Yana R.Kullening fikricha agar bola o’z oldiga yuqorida ko’rsatilgan
probletallarni, sifatlarni ham qo’ymas ekan necha yil yashaganidan qat’iy nazar
bu bola bolalik davrida bo’ladi. Shuning uchun bu sifatlar ma’lum darajada zaruriy
holatdir. Bu biologik jarayondir. O’smirlik davri hammada turlicha o’tadi.
O’smirlarda o’zini anglash yangi bosqichga ko’tarilgach, ular o’ziga hos ahloqiy
na’munani tanlaydilar. O’quvchi o’ziga namuna bo’lgan shaxsning hulq atvori
bilan o’zining xatti-harakatini solishtiradi va o’zining ijobiy yoki salbiy jihatlarini
anglab yetadi. O’smir o’zini-o’zi tarbiyalashda o’smir kitob qahramonlaridan
kinofilm ishtirokchilaridan o’rnak olib goh ularga taqlid qilib butun iroda kuchi
va xarakter hislatlarini ishga solib har xil xususiyatlarni egallashga intiladi va bu
yo’lda uchraydigan to’siq hamda qiyinchiliklarni yengadi. O’smirlik yoshida
psixologik jihatdan eng muhim hislat voyaga yetish yoki kattalik hissining paydo
bo’lishi alohida ahamiyatga ega. Kattalik hissi ijtimoiy axloqiy sohada aqliy
faoliyatda qiziqishda, munosabatda, ko’ngil ochish jarayonida xulq atvorning
tashqi shakllarida o’z ifodasini topadi. O’smir o’z kuchi va quvvati, chidamliligi
ortayotganini bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi. Bularning
barchasi unda kattalik hissini rivojlantiradi. Unda asabga tegadigan rahbarlikdan,
o’rinsiz homiylikdan, ortiqcha nazoratdan, zeriktiradigan g’amho’rlikdan holi
bo’lish istagi vujudga keladi. Mazkur jarayon o’z navbatida kattalar bilan
munosabat va muloqatda noxush kechinmalarni paydo qiladi. Sinf jamoasi va oila
a’zolari o’rtasidagi munosabatlarni o’zgartirishgina kattalar bilan o’smirlar
orasidagi anglashil- movchilik g’ovini yo’qotadi. Sir emaski, bugungi kunda
o’smirlar orasida
sotsial
xulqning ko’rinishlariga ko’plab duch kelmoqdamiz.
Sog’lom e’tiqod esa anashunday ko’ngilsizliklarni oldini oladi. Bu holatni
V.I.Karimova va B.Umarovlar ham o’z tadqiqotlarida ta’kidlab o’tganlar. Bu
tadqiqotlarda O’smirlar
suitsidining
yosh va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari kabi
16
dolzarb masalalarga to’xtalib o’tiladi. Olimlarning olib borgan tadqiqotlarining
natijalariga ko’ra, o’z-o’zini yondirish shaklidagi suitsidal xulqning sabablaridan
biri: joniga qasd qilish aksariyat hollarda oilaviy nizolar tufayli kelib chiqar ekan.
B.Umarov o’zining ilmiy tadqiqotida o’smirlarda suitsidal xulqning sabablarini
shartli klassifikatsiyasini tuzib chiqdi. Bu klassifikatsiya- ga ko’ra o’smirlar
suitsidining bahona va sabablari quyidagicha ifodalangan.
1. Oilaviy nizolar.
A) Yolg’izlik.
B) Yaqin kishisining o’limi.
V) Muvaffaqqiyatsiz sevgi bilan bog’liq bo’lgan nizolar.
G) Ota-ona yoki oilaning boshqa a’zolari tomonidan o’smirlarni jismoniy va
ma’naviy xo’rlash.
2. Salomatlik bilan bog’liq bo’lgan nizolar.
A) Ruhiy kasalliklar.
B)
Somatik
kasalliklar.
V) Tug’ma yoki hayot davomida orttirilgan nogironlik.
3. Ijtimoiy axloq normalari bilan bog’liq bo’lgan nizolar.
A) Jinoiy javobgarlikdan qochish.
B) Boshqa xildagi jazolanish va sharmandalikdan qutilish.
V) Uyushgan jinoyatchilik guruhlariga tushib qolish.
4. O’qish jarayoniga bog’liq bo’lgan nizolar.
A) O’quv dasturlarini o’zlashtirmaslik.
B) Sinfdan ikkinchi yilga qoldirilishi.
V) Maktabdan chetlashtirilish.
5. Moddiy–maishiy ta’minot bilan bog’liq bo’lgan muammolar.
A) Moddiy yetishmovchilik tufayli kerakli shart-sharoit bilan yetarlicha
ta’minlanmaslik.
B) O’smirlar tomonidan noo’rin qo’yilgan talablar.
Olib borilgan tadqiqot ishlarining tahliliga ko’ra oilaviy nizolar boshqa
nizolar o’rtasida asosiy motiv sifatida namoyon bo’lganligini ko’rish mumkin.
17
Demak, o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning psixologik jihatini
yuqoridagi muammolar yechimini hal qilish bilan bog’lash mumkin.
Yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash, sog’lom e’tiqodni shakllantirish bugungi kundagi pedagogika fani
oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu ma’noda O.Musulmonovaning
tadqiqoti katta e’tiborga molik. Olima o’smirlar ma’naviy madaniyatini
shakllantirish borasidagi qator pedagogik muammolarni yechishga harakat qiladi.
Ota-onalarninig o’smirlar ruhiyatini yaxshi bilmasligi oilada o’z
farzandlarini erkalatib o’stirishlari hamda ularni haddan tashqari asrab avaylab
ardoqlashi oilada bola hulqini buzilishiga olib keladigan omillardandir.
Bunday tarbiyalangan bolalar va o’smirlarda xulq o’zgarishi ko’rinishlari
tez shakllanib mustaqil fikr yuritish va moslanuvchanlik qobiliyatlari yaxshi
rivojlanmaganligi tufayli ular unchalik murakkab bo’lmagan oddiy nizoli
vaziyatlardayoq o’zlarini yo’qotib qo’yadi.
“
Shaxsning ichki ma’naviy dunyosi ma’naviy ehtyoj, ma’naviy qiziqish va
faoliyat, ma’naviy qadriyat kabi asosiy belgilar tizimidan iboratdir.”
5
Haqiqatdan ham tadqiqotchi qayd etgani kabi shaxsning axloqiy ma’naviy
qarashlari tasavvurlari fan, adabiyot, san’at, maorif, din kabi vositalar orqali
tarbiyalanadi.
Zero, ana shu tarbiyaviy vositalar yordamida insonda ma’naviy axloqiy
ehtiyojlar tug’iladi va bevosita unga intilish asosida ma’lum maqsadlarga
intilishlar yuzaga keladi. Yuqorida qayd etilgan ilmiy adabiyotlar va
tadqiqotlarning tahlili shuni ko’rsatadiki hozirgi kunda oilaviy sharoitni va oilada
o’smir tarbiyasiga munosabatni turli toifaga bo’lib o’rganish mumkin.
Masalan, ijtimoiy ilg’or oilalarda tarbiya olayotgan o’smilarda sog’lom
e’tiqodning shakllanganlik darajasi ancha yuqori. Buning aksini ham ko’rishimiz
mumkin. Bu o’rinda maktab, oila va jamoatchilik hamkorligi muhim o’rin tutadi.
Maktab muqaddas maskan. Bu maskanda inson ta’lim olish bilan birga
tarbiya ham oladi. Aslida bu ikki tushinchani bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Bu ish
5
G.B.Shoumarov. “Muhabbat va oila”.T. Ibn Sino. 1994 yil 47-bet.
18
dialektik birlikda olib boriladi va amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida axloqiy
tarbiya zamirida sog’lom e’tiqodni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Xalq
ta’limi tizimida o’qitish o’quvchilarni axloqiy mukammallashtirish bilan bog’lab
olib boriladi. Buning natijasida o’quvchilar axloq odob xulq atvor to’g’risida
bilimga ega bo’ladilar. Zero, insonning ma’naviyati uning odobi xulqi
madaniyatidan tashkil topadi. Ma’naviyat esa aqliy axloqiy huquqiy iqtisodiy va
siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o’z navbatida inson ijobiy
sifatlarining kamol topib boyib borishga olib keladi.
Mana shunday ijobiy sifatlarning kamol topishida maktab yetakchi bo’g’in
hisoblanadi. Sog’lom e’tiqodga doir tushunchalar ilk darsdan boshlab ta’lim bilan
birga olib boriladi. Hozirda sog’lom e’tiqodni shakllantirish muhim ahamiyat kasb
etgan. Chunki bu bilan yosh o’smirlarda vatanparvarlik ongli intizom mehnatga,
atrofdagi kishilarga axloqiy munosabatlarni shakllantiradi. Demak, sog’lom
turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etar ekan uni to’g’ri va
tushunarli holda berish lozim. Buning uchun avvalo o’qituvchilar diniy bilimga
ega bo’lishlari lozim. Ayniqsa boshlang’ich sinfda sog’lom e’tiqodga doir
tushunchalar berib borilishi maqsadga muvofiq.
Zero ko’pgina shaxsiy xususiyatlar mana shu davrda paydo bo’lib
rivojlanadi. Shunday ekan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari o’qituvchilar
qo’lida. Avvalo o’qituvchi bolalarni ahillikka bir-birlari bilan inoq intizomli
bo’lishga hamda hamjihatlikka o’rgatmog’i lozim. Chunki ilk damlardanoq
ahillik, inoqlik, intizomlilik, hamjihatlikni o’rgangan bolalar kelajakda ham
shunga intiladilar. Bu o’z navbatida sog’lom e’tiqodni shakllanishining dastlabki
bosqichi hisoblanadi va jamiyat uchun ham yutuq hisoblanadi. Buyuk nemis
pedagogi A.V.Disterberg aytganidek yaxshi o’qita bilgan o’qituvchi yaxshi
tarbiyalaydi ham. Bu o’qituvchilarning sog’lom e’tiqodni shakllantirishda muhim
o’rin egallashini bidaradi. Xususan, ko’pgina o’smirlar o’z ustozlarining yurish-
turishi, o’zini tutishi kabi holatlariga taqlid qiladilar. Shuning uchun, avvalo
o’qituvchining o’zi ahloqli sog’lom e’tiqodli bo’lishi lozim. Demak, aytish
19
mumkinki, sog’lom e’tiqodni shakllantirishning eng birinchi usuli, o’qituvchining
sog’lom e’tiqodliligiga bog’liq.
Maktabda tarbiyaviy ishlar rejali va tartibli, hamjihatlik bilan amalga
oshirilgan taqdirdagina sog’lom e’tiqodni shakllantirishning muvaffaqiyati
ta’minlanadi. O’smirlada sog’lom e’tiqodni shakllantirishda “Vatan tuyg’usi”,
“Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” va tarbiyaviy soat darslari
saviyasini oshirmoq lozim. Eng avval tarbiyaviy soat haqida gapiradigan bo’lsak,
bu dars shunchaki suhbat yoki kundalik daftarini tekshirish bilan o’tkazilishi kerak
emas. Bu darsning nomidan kelib chiqadigan bo’lsak, bu tarbiya soati, bunda faqat
tarbiya to’g’risida va diniy tushunchalar, diniy yangiliklar, shuningdek,
o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib borilishi lozim. Shuningdek, sinf
rahbari tarbiyaviy soatda ma’naviy-ma’rifiy targ’ibot ishlarini olib borsa,
o’quvchilarga halollik, adolat, e’tiqod haqidagi ma’naviy-axloqiy milliy
tushunchalarning, bilimlarning, ma’lumotlarning, ko’nikma va odatlarning tarkib
topishiga zamin yaratadi. “Odobnoma”, “Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi
va ma’naviyat asoslari” darslariga keladigan bo’lsak, bu darslar ham maktablarda
yuqori saviyada o’tilmayapti desak, xato bo’lmaydi. Chunki bu darslar ham quruq
suhbat bilan cheklanmoqda. Bu darslar o’quvchilarning sog’lom e’tiqodi uchun
juda muhim hisoblangani uchun, soatlarini oshirish lozim. Darsning saviyasini
oshirish uchun malakali o’qituvchilarni jalb etmoq maqsadga muvofiqdir.
Shuningdek,
dars
jarayonida
interaktiv
metodikalardan,
fan-texnologiya
yutuqlaridan keng ko’lamda foydalanilsa, dars keng ma’noda zamon talablariga
javob beradi. Bunda mavzuga doir turli lavhalardan, videofilmlardan, xujjatli
filmlar, buyuk insonlarning hayot faoliyatiga oid filmlar ko’rsatilsa,
o’quvchilarning e’tiqodi mustahkamlanadi va o’zini qiziqtirgan savollarga jonli
tarzda javob oladi. Natijada har xil oqimlarga kirib ketish hollariga ancha chek
qo’yiladi. Chunki bugungi kunda axborot ko’lamining kengligi shuni taqozo etadi.
E’tiqodi mustahkam inson ma’nan komil bo’ladi. Bu haqida Yusuf Xos
Hojib “Qutadg’u bilig” dostonida “Halol, haqgo’y, ahloqli-odobli kishi, har
qanday qimmatbaho narsadan ham qimmatlidir” deb aytgan. Shuningdek, iymonli
20
halol bo’lish haqida prezidentimiz I.A.Karimov shunday deganlar:
“Hudo bizga
qo’ygan talab bitta-iymonli bo’lish, halol yashash va halol mehnat qilish.”
6
Ma’nan
komil inson avvalo oilada, maktabda, mahallada tarbiyalanadi va shakllanadi.
Bunda maktab yetakchi rol o’ynab, buning uchun ma’naviyatning asosini sog’lom
e’tiqodning asosini tayanchini tashkil etadigan halollik, adolat, oriyat, nomus,
vijdon, diyonat kabi asosiy tushunchalar haqida tizimli uzluksiz ilmiy ma’lumot
olmog’i hamda ularni hayotda qo’llash bilan bog’liq bo’lgan ko’nikma odatlarni
tarkib toptirish shart. Bu kabi diniy ma’naviy tushunchalar sho’rolar davrida
o’quvchi yoshlar tarbiyasida hisobga olinmaganligi oqibatida pedagogik tizimda
salbiy voqealarni keltirib chiqardi. Buning oqibatida jamiyat hayotining barcha
jabhalarida pasayish ro’y berdi.
Qur’oni Karim yer yuzi musulmonlarining dasturilamali, diniy
ahkomla
r
manbaidir. Hozirgi kunda yoshlar tarbiyasida sog’lom e’tiqodga asoslangan
ezgulik va go’zalik, ota-onani, vatanni qadrlashdek oliyjanob insoniy tuyg’ularni
kamol toptirishda Qur’oni Karim va hadislarning o’rni beqiyosdir. Prezidentimiz
I.A.Karimov aytganlaridek, “
Inson e’tiqodsiz, iymonsiz yashay olmaydi. Chunki,
komil va sobit e’tiqod jamiyat ma’naviy qiyofasini belgilydi. Bu borada islom dini
katta ahamiyatga ega.”
7
Demak, sog’lom e’tiqodni shakllantirishda islom dinining
manbaalari – Qur’oni Karim va Hadis birinchi o’rinda turadi. Hadislar jamiyatni
mazmunan poklashga, insonni tarbiyalab, kamolotga yetkazishga yo’naltirilgan
bo’lib, musulmon ahlining g’oyaviy tayanchi bo’lib kelgan. Biz nafaqat Qur’oni
Karim va Hadislarni, balki yuqorida sanab o’tilgan (Xotamnoma, Odobnoma
Burxoniddin Marg’ilonining “Hidoya”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Ahmad
Yassaviyning “Hikmatlar”, Nosir Xusravning “Saodatnoma”, Sa’diyning
“Guliston”, “Bo’ston”, Navoiyning “Mahbubul qulub”, Boburning “Boburnoma”,
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” va boshqalar...) ma’naviy
meroslarimizni ham ta’lim tizimida keng joriy etishimiz lozim. Sababi, XXI asr
boshini “Mafkuraviy yangi tahdidlar va ilmiy-texnologik asosga qurilgan
6
I.A.Karimov. yuksak ma’naviyat yengilmas kuch.T. “Ma’naviyat”. 2008 yil. 175-bet.
7
I.A.Karimov. Havfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. “O’zbekiston”. 1998 yil. 429-bet.
21
targ’ibotlar kurashi” davri deb atash mumkin. Bu borada G’arb olamida keng
tarqalgan
egotsentrizm
va
erkinlik niqobidagi axloqsizlik
falsafasidir.
Egotsentrizm hudbinlikning bir ko’rinishi bo’lib, faqat o’zini, o’z
manfaatlarini o’ylab yashash, boshqa hech narsani tan olmaslikni bildiradi.
Insoniyatga yetkazadigan zarari nuqtai nazaridan bu illat jaholat va
aqidaparastlikdan aslo qolishmaydi.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |