sog’lom e’tiqod
deyiladi.
O’smirlarda sog’lom e’tiqodni tarbiyalashda oila va oila a’zolarining ta’siri
yetakchilik qiladi. Shu sababli biz o’smirlarda e’tiqod tarbiyasini eng muhim omil
sifatida e’tirof etamiz.
Sog’lom e’tiqodni shakllantirishning nazariy masalalarini ko’rib chiqish
asrlar davomida shakllangan islom dinida e’tiqod tarbiyasining mazmuniga maxsus
to’xtalish zarurligini taqozo qiladi.
Islom dini tarqala boshlagach, ijtimoiy-iqtisodiy va
diniy faoliyatni qamrab
oluvchi axloqiy qonunlar majmuasini ishlab chiqishga ehtiyoj tug’ildi. Buning
uchun Qur’on va sunna asos qilib olindi, natijada musulmonlarning moddiy va
ma’naviy, ijtimoiy va shaxsiy hayotini tartibga solib turuvchi tarbiya tizimi
vujudga keldi.
Biz o’z tadqiqotimizda ushbu me’yorlarning pedagogik mazmuniga,
musulmonlarning muomala madaniyatidagi bilim, ko’nikma hamda malakalariga
alohida e’tibor qaratishni lozim topdik. Zero, milliy birlik va ma’naviy jipslikka
salbiy ta’sir ko’rsatuvchi tahdidlarning oldini olish uchun kuchli irodali, iymoni
mustahkam insonni tarbiyalash talab etiladi.
Yoshlarni sog’lom e’tiqodli qilib tarbiyalash vazifasi hamma vaqt
jamoatchilik diqqat markazida bo’lib kelgan va u har bir davrda zamon talablaridan
kelib chiqib hal qilingan. Farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalashni xohlar
ekanmiz, bu borada to’plangan boy tajribaga murojaat qilishimiz shart.
Ajdodlarimiz e’tiqod tarbiyasining negizi sifatida axloqiy uchlik: o’y, niyat-
so’z-ish birligini yaratishgan. Misol uchun, “Avesto”dagi shunday fikrlar, ya’ni
ezgu niyat, ezgu so’z va ezgu amal ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi
sifatida talqin etilgani, bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy
bog’liqligi, nechog’liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir.
5
Islom ta’limoti, milliy tarbiya tizimiga yangi mazmun olib kirdi. Xususan,
Qur’oni karim ota-ona, farzandlik burchi, vatanparvarlik haqidagi suralari bilan
katta pedagogik ahamiyatga ega.
Movarounnahr pedagogikasida e’tiqod tarbiyasi qator asarlar bilan boyidi.
Ushbu asarlar o’z davrining “Odobnoma”lari edi.
Sobiq sho’rolar davrida insonlar e’tiqodi sinfiy, partiyaviy iskanjalar orasida
tutilgan bo’lsa, istiqlol tufayli yurtimizda e’tiqod erkinligi qonuniy asosda
ta’minlandi. O’zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar
to’g’risida”gi Qonuni
bu boradagi erkinlik kafolatiga aylandi. Hozir
mamlakatimizda turli dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning o’z urf-odatlariga
amal qilishlari uchun barcha shart-sharoit mavjud.
E’tiqod tarbiyasi, muayyan fazilatlarga tayanishi tufayli o’quvchilarga
yaxshi-yomon sifatlar, ularning namoyon bo’lishi haqida batafsil bilimlar berishga
asoslanadi va bu orqali g’oyaviy tarbiyaning eng yaxshi an’analarini tiklashga
xizmat qiladi.
Yurtimiz istiqlolga erishgach, ma’nan va jismonan sog’lom, barkamol
avlodni tarbiyalash orqali kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish birlamchi vazifa
etib belgilab olindi. Bu birinchi navbatda, ta’lim muassasalarida tarbiya
yo’nalishlarining pedagogik asoslarini yangilashni, davr talabidan kelib chiqib,
g’oyaviy tarbiyaning barcha imkoniyatlaridan to’la foydalanishni taqozo qiladi.
O’sib borayotgan shaxsning sog’lom e’tiqodini shakllantirish muammosi
ko’pqirrali bo’lgani sababli, uni yosh psixologiyasi, sotsiologiya, milliy istiqlol
g’oyasi, dinshunoslik, pedagogika, ma’naviyat asoslari, falsafa kabi turli fanlar
o’rganib kelmoqda. O’zbek pedagogikasida sog’lom e’tiqodli shaxsni
shakllantirish vazifasini hal qilish bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda.
Inson o’zi yashayotgan jamiyat o’zgarishlarining faol ishtirokchisi ekan,
uning faoliyatini, muayyan g’oyalarga asoslangan e’tiqod, ishonch boshqaradi. Shu
sababli e’tiqod tarbiyasi shaxs hayotining bolalik chog’idan boshlanishi maqsadga
muvofiq.
6
Inson umrining biz o’rganayotgan – o’smirlik davri o’zining beqarorligi
bilan boshqa yosh davrlaridan ajralib turadi. Aytish joizki o’g’il va qizlarimiz juda
tez ulg’ayishi tufayli bolalikning o’ziga xos xususiyatlari yo’qolib bormoqda.
So’nggi davrda shaxs mohiyatini o’rganish quyidagi xulosalarga olib keldi:
shaxsning mohiyati va uning e’tiqodi masalalarini yaxlit talqin qilish; shaxsga xos
bo’lgan xususiyatlar - istak, intilish, harakat qilishni alohida inobatga olish; shaxs
mohiyati, imkoniyat, maqsad, reja, niyatlarining o’zgarib turishi; shaxsning baholi
munosabatlarini uni o’rab olgan muhit, insonlar, mavjud g’oyalar, mafkuralar bilan
bog’lab o’rganish va o’zgartirish darkor.
Biz o’smirlarda sog’lom e’tiqodning mohiyati, holati, darajasi, shakllantirish
omillariga oid nazariy xulosalarga kelishdan oldin pedagogik amaliyotni o’rgandik.
Kuzatuvlarimiz o’smirlarda e’tiqod asoslari turli darajada shakllanayotganini
ko’rsatadi.
O’smirlarda sog’lom e’tiqodning shakllanishida tengdosh, sinfdosh, yangi
orttirilgan o’rtoqlarning ta’siri sezilarli bo’ladi. E’tiqod bolalarning o’zlariga
nisbatan baholi munosabatlarida ham ko’rinadi.
O’smirlar ongiga milliy g’oya va mafkurani singdirish, sog’lom e’tiqodni
shakllantirish mahalla, maktab, ommaviy axborot vositalari (ayniqsa, radio,
televideniya, Internet), “Kamolot” yoshlar tashkiloti, xotin-qizlar qo’mitalari,
nodavlat tashkilotlari hamda din, urf-odat, marosim, an’analar orqali olib boriladi.
Bunda ijtimoiy va etnopsixologik xususiyatlar (bolalarning yoshi, jinsi, millati,
ma’lumoti va boshqalar)ga ko’ra samarali uslub va shakllar tanlanishi kerak.
Sog’lom e’tiqodning targ’ib qilinishi va shakllanishida madaniyat va uning
tarkibiy qismlari - ilmu fan, ma’rifat, adabiyot, san’at, din, axloq va an’analar
mazmunidagi eng ezgu, xalqchil fikr, g’oyalar saralanadi, ular umumlashib,
uyg’unlashib sog’lom e’tiqodning rivojlanishi uchun poydevor vazifasini o’taydi.
Din - kishilarni iymon-e’tiqodli, insof-diyonatli bo’lishga chorlovchi muhim
ma’naviy omillardan biri. Shu bois har bir dinning asl mohiyatiga tayangan holda
o’quvchilar ongida sog’lom e’tiqodni shakllantirishga alohida e’tibor berish lozim.
7
Shiroq, To’maris, Spitamen, Pahlavon Mahmud, Jaloliddin Manguberdi,
Amir Temur, Alisher Navoiy kabi tarixiy milliy qahramonlarimiz va taniqli
zamondoshlarimiz (R.Risqiev, T.Muhammadiyev, A.Grigoryan, I.To’laganova,
A.Qurbonov,
K.Murodov,
M.Abdullayev,
R.Qosimjonov,
M.Qosimov,
A.Taymazov, A.Tangriev va boshqalar) namunasida milliy g’oya va mafkura
shakllantirib boriladi.
Asrlar osha shakllangan, avloddan avlodga bebaho meros bo’lib o’tib
kelgan, biroq sobiq ittifoq davrida taqiqlangan xalq urf-odatlari, marosimlari va
bayramlari (Navro’z bayrami, Ro’za va Qurbon hayitlari kabilar)ning tiklanishi
ajdodlar fikrlari, orzu-istaklari, tajribalarini bizga yetkazishda muhim omil
bo’lmoqda. Mustaqil O’zbekistonning yangi an’analari (“Mustaqillik”,
“O’qituvchilar va murabbiylar”, “Xotira va qadrlash” kunlari) shakllanishi
o’smirlar e’tiqodiga yangi ruh va g’oyaviy mazmun bag’ishlamoqda.
Sog’lom e’tiqod tarbiyasi, eng avvalo, ota-onalarda, o’qituvchi-
tarbiyachilarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishdan boshlanadi.
Bugungi kunda islom omiliga nisbatan jahon hamjamiyatining qiziqishi
katta. “
Ilm ham, imon ham maqsad emas, balki, vositadir. Unday bo’lsa, maqsad
nima? Dunyodagi jamiki narsalar insonga qurbon, hammaning yuzi Ka’baga
o’girilgan. Ka’bani olib qo’ysak, ma’lum bo’ladikim, insonlar bir-birlarining
qalbiga sig’inurlar. Birining qalbi boshqalar uchun sajdagohdir
.”
4
Shu jihatdan, bu boradagi ilmiy izlanishlar o’ziga xos ahamiyat kasb etadi.
O’tmishda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Abu Mansur
Moturidiy, Burhoniddin Marg’inoniy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro,
Bahouddin Naqshband kabi allomalar yetishib chiqqan zaminda o’zga e’tiqoddagi
kishilar xuquqini e’tiborga olgan holda, vijdon erkinligi to’la kafolatlangan
dunyoviy davlat barpo etish yo’lining tanlanishi dunyo hamjamiyati e’tiborida.
Bugun ekstremizm va terrorizm jahon xalqlari uchun jiddiy xavf
tug’dirmoqda. Ayniqsa, ularning din niqobida xalqlar tinchligi va osoyishtaligiga
rahna solayotgani har qanday insonni tashvishlantiradi. Bu ana shunday nopok
4
Yaxshilik urug'lari. Sharq allomalari bisotidan. Farg’ona. 1991 yil. 34-bet.
8
kimsalar va guruxlarning tarbiyaviy maqsadlari, harakat turlari va uslublari bilan
bog’liq masalalarning ilmiy jihatdan tahlil qilishni taqozo etmoqda.
“Ma’naviyat asoslari” fani o’qituvchisida din haqidagi bilimlarni
shakllantirilishi jamiyatda diniy omilning mohiyati va ijtimoiy o’rni, vazifalari
haqidagi ilmiy-nazariy bilimlarni yanada chuqurlashtiradi, O’zbekistonda
yashovchi turli millatga mansub, turfa e’tiqoddagi fuqarolar o’rtasidagi
bag’rikenglik va do’stlik an’analarini mustahkamlash, nafaqat o’smirlarda, balki
keng aholi qatlamlari orasida sog’lom e’tiqodning shakllanib borishida diniy
omilining o’ziga xos ahamiyatini ochib beradi. O’zbekistonda pedagogika sohasida
kechayotgan islohotlar samaradorligini ko’zlangan darajaga ko’tarishda din va
e’tiqod erkinligining o’rni hamda bu boradagi muammolar yechimini tizimli
o’rganish ulkan ijtimoiy-siyosiy ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |