MAVZU: REAL OBYEKTLARNI TANLASH VA ULARNI ISHLASH HOLATINI O’RGANISH
Reja:
Muqobil hamda qulay obektni tanlash
Obyektni o’rganish vaobyekt haqida ma’lumotlarga ega bo’lish
Obekt ishlash holatini o’rganish
Tanlangan obektning kamchiliklari hamda ularni bartaraf etish yo’llari
Real obyekt sifatida Xitoy davlatida joylashgan Alibaba group ya’ni Aliexpress kompaniyasi. Bu kompaniya online haridlarni amalga oshirish mumkin. Bizda ko’pchilik internetda xarid qilishdan juda qo’rqishadi, chunki internet do’konlar tomonidan yolg’on va firibgarliklar haqida ko’p bor eshitganmiz. Hamda O’zbekistonda bu narsa uncha rivojlanmagan, ko’pchilik internet do’konlar haqida bilmaydilar ham. Ahir biz hamma narsani Ippodrom, Abu-sahiy, Navoiy ko’cha va boshqa bozorlaridan sotib olishga odatlanib qolganmiz. Qanday qilib Xitoydan Internet orqali xarid qilish mumkin’ligi, uni O’zbekistonga, nafaqat pochta bo’limiga, balki sizni uygacha eltib berishadi desa, siz ham ishonmagan bo’lardingiz. Lekin ishoning bu ayni haqiqat. Bunga misol sifatida men o’zimni va mingdan ortiq posilkasini Xitoydan qabul qilib olgan, va hali ham yangi buyurtmalar berayotgan odamlarni ayta olaman. Bu odamlar soni kun sayin ortib bormoqda.
Alixpress (yoki AliXpress) sayti dunyoning eng ko’p kiriladigan saytlari qatoriga kiradi, masalan Rossiyada u Facebook, Instagram, Twitter, LiveJournal va boshqa ko’plab mashxur saytlarni ortda qoldirgan. Bu shunchaki Internet magazin (Internet do’kon) bo’lsa ham, ko’pgina ko’ngilochar saytlardan o’zib ketti O’zbekistonlik foydalanuvchilar uchun ham Aliexpress kun sayin tanilib bormoqda. Uning bu darajada mashxurligi bekorga emas, Aliexpress shunday afzalliklarga egaki, ular haqida bugun gapirib o’tmasam bo’lmaydi. Men bugun Aliexpress haqida xolis odamdek fikr yuritmoqchiman, uni maqtamoqchi ham, yomonlamoqchi ham emasman, faqat borini yozaman.
Aliexpress sayti ko’pgina tillarda ishlaydi. Afsuski u yerda o’zbek tili hozircha yo’q, lekin kelajakda qo’shib qo’yishsa ajab emas. Bizga rus tili yaqin bo’lgani uchun ham saytimdagi ko’p misollar aliexpressning rus tili versiyasidan olingan. Aliexpress saytida o’zingizga qulay tildan foydalanishingiz mumkin. Daromad.ru saytida esa aliexpress o’zbek tilida!
Nima uchun Aliexpressda narxlar past? Hammasi oddiy: aliekspress — bu Xitoy maxsulotlari sotiladigan sayt, Xitoyda esa, bilishimizcha, barcha narsa juda arzon. Lekin bu hammasi emas.
Aliexpress — bu shunchaki Internet magazin’ni anglatmaydi, aliexpress — bu xitoyliklar ishlaydigan ulgurji va chakana savdo bozoridir. Bu yer oddiy odam ijaraga joy olib, istagan maxsulotini sotadigan bozorga o’xshaydi.
Sotuvchilar o’rtasida katta raqobat mavjud bo’lib, buning oqibatida narxlar pasayishi yuzaga keladi.
Raqobat kuchliligi tufayli sotuvchilar har xil aksiyalar uyushtirishadi. Yanada qizig’i, hohlagan sotuvchi bilan to’g’ridan to’g’ri gaplashib, chegirma so’rashingiz mumkin.
Aliexpress posilkalarni o’rtadagi odamlarsiz, to’g’ridan-to’g’ri Xitoydan yuboradi.
Bilasizmi, nega oddiy do’konlarda ko’pincha maxsulotlar qimmat sotiladi? Chunki shu do’konga kelgunicha bechora maxsulot nechta olib-sotarlar qo’lida aylanadi. Aliexpressda esa bunday holat ro’y bermaydi, har bir sotuvchi shaxsan o’zi, maxsulotni to’g’ridan-to’g’ri sizni manzilingizga yuboradi. Bu nafaqat qulay, balki maksimal ravishda narxni arzonlashtiradi.
Agarda yetkazib berish xaqqini sotuvchi to’lashini xisobga olsak, siz o’z buyurtmangizni minimal arzon narxda olasiz. Men atayin zakaz (buyurtma) qilgan ko’p mahsulotlarim (maxsulotlarim) narxini O’zbekistondagi narxi bilan solishtirib ko’rganman, Aliexpressdagi narx doim kamida 40-50% arzonroq chiqqan.
Tanlash uchun maxsulotlar xilma xilligi!
Aliexpressda Xitoydagi deyarli barcha narsani xarid qilish mumkin. Pochta orqali yuborish ta’qiqlangan narsalardan tashqari albatta. Ko’pgina odamlar bu Internet do’konida soatlab mahsulotlar izlashadi va xarid qilishadi. Shaxsan o’zim bir qiziqib qolsam, 3-4 soatlab qolib ketishim mumkin.
Aliexpressdagi ko’pgina mahsulotlarni, bizning kichik shaharlardan topish qiyin. Topsangiz ham u albatta Xitoydan keltirilgan bo’ladi.
Hammasi oson ekan deb o’ylashga shoshilmang, Xitoyda huddi bizga o’xshagan odamlar ishlashadi. Ularni ichida sizni aldashga urinadigan firibgarlari ham, vijdonini mahsulotiga qo’shib sotib yuborganlari ham uchrab turadi. Lekin bundan qo’rqish kerak emas, bozorga borganingizda sizni hisobda yoki tarozda aldashlariga yo’l qo’ymaysiz-ku to’g’rimi? Hammasi sizni tajribangiz va diqqatingizga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |