II Bob. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning nazariyasi va
amaliy ahamiyati.
2.1. O’smirlada sog’lom e’tiqodni shakllantirish ma’naviy komillik
mezoni sifatida.
O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirish ma’naviy komillikning mezoni
bo’libgina qolmay, muhim tarbiya vositasi hamdir.
Islomda farzand tarbiyasiga bo’lgan munosabat masalasi alohida o’rinni
egalasada, bu masala pedagogika fanida ilmiy tahlil qilinmagan. Binobarin, farzand
tarbiyasi uni ma’naviy komil inson qilib tarbiyalash musulmonchilikning muhim
shartlaridan biri bo’lib, ota-onaning muqaddas vazifasidir. Islomda hayotning
mazmuni, yashashning muammosi farzand tarbiyasi bilan bog’langan holda ochib
beriladi. Ayni vaqtda bu muammoning jamiyat va shaxs masalasi bilan aloqadorligi
ko’rsatib o’tiladi. Qur’oni Karimda, Hadisi Sharif va shariat hukumlarida
shuningdek, tasavvuf olamining yirik vakillarining asarlarida inson va jamiyat
to’g’risidagi g’oyalar bir-biriga zid tarzda talqin etilmagan. Aksincha, bu yorug’
olamning yaratilishi va mavjudligi inson bilan bog’liq. Nima yaratilgan bo’lsa,
ularning hammasi inson uchun degan g’oya islom ta’limotida asosiy g’oya
hisoblanadi.
Islom pedagogikasi islomshunoslikning tarkibiy qimlaridan biri hisoblanadi.
U ilmiy ma’naviyatning ta’lim-tarbiyaviy masalalarini o’z ichiga oladi. Zero,
islomda ijtimoiy tarbiya xususan, diniy tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan.
Ma’lumki, islom dini uning muqaddas kitobi Qur’oni Karimning paydo bo’lishi va
tarqalishi bilan ularning tarixi bilan shug’ullanadigan islomshunoslik fani vujudga
keldi. Islomshunoslik bilan faqatgina musulmon mamlakatlari allomalarigina emas,
balki, jahonning boshqa mamlakatlaridagi turli dinlarga mansub bo’lgan olimlar
ham shug’ullanib kelganlar. Boshqa din va diniy mazxablardagi kishilarning o’z
diniy e’tiqodlaridan kechib, musulmon diniga o’tib ketayotganligi islomning
ma’naviy jihatdan kuchliligi bilan baholanadi. Binobarin, islom ta’limotining
insonparvarligi, adolatparvarligi va haqiqatparvarligi jahon afgor ommasini o’ziga
tortib kelmoqda. Bizningcha, islom dinining ohangrabo kuchi shundaki, islomiy
38
ma’naviyatning negizida odam bolasiga bo’lgan mehr-muhabbat, uni bu yorug’
olamning ne’mati sifatida ulug’lash g’oyasi yotadi. O’tgan asrda Islom tarixi
Qur’onning vujudga kelishi bilan Ovro’pa olimlari uni o’rgana boshladilar.
Islomshunoslik faniga bir qancha amerika olimlari ham hissa qo’shdilar.
Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, shariat hukumlarida oila va oilaviy tarbiya
masalalariga keng o’rin berilgan bo’lib, ularning hammasi har bir musulmonni
haqqoniylik va yaxshilik ruhida tarbiyalashga qaratilgandir. Bu diniy manbaalar
diniy qadriyatlar sifatida oilada farzandlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda muhim
vosita bo’lib xizmat qilib kelgan va bugungi kunda davlatning dinga bo’lgan
munosabati keskin o’zgargan bir sharoitda, ularning qiymati va tarbiyaviy ta’siri
yanada ortib bormoqda
. Islomiy ma’naviyat
deganda, biz muqaddas kitoblarda
ifodalangan g’oyalarni va ana shu g’oyalar asosida yozilgan diniy allomalarning
tariqatlari yig’indisini tushunamiz. Darvoqe, bu ma’naviyatning negizida inson
muammosi yotadi. Inson muammosini hal etilishi, uni tarbiyalash bilan bog’liqdir.
Zero, ma’naviy axloqiy tarbiyalangan inson g’oyasining yechimi bu yorug’ olam,
undagi barcha ne’matlar odam uchun yaryatilganligini anglash degan fikrlar bilan
uyg’unlashib ketadi. Insonning shu dunyoda Olloh yaratgan narsalar orasida eng
mukarrami ekanligini biladigan va o’zini shu ulug’vorlikka yarasha tuta biladigan,
o’zi va uninig atrofidagi kishilarga munosabatini chuqur anglagan kishi bo’lib
yetishini ta’minlaydigan insoniy fazilatlarning barchasi farzandda mujassam
bo’lishiga harakat qilish, har bir ota-onaning burchi.
Olloh buyurganidek, inson o’zini oliy hayoti bo’lgan Xaq dunyosiga
tayyorlab borishi kerak. Ana shu fikrni islom barcha musulmonlarga singdirishga
harakat qiladi va bu fikrni farzandlariga ham yetkazib, ularni shu ruhda
tarbiyalashga undaydi. Oilada farzandlarni sog’lom e’tiqodli, ma’naviy komil qilib
tarbiyalash masalasi bir qator talablarga amal qilishni talab etadi. Shulardan biri,
farzandlarning ilmga bo’lgan intilishidir. Islom musulmonlari o’z-o’zlarini
takomillashtirib borishni, ularning sog’lom e’tiqodiga, ma’naviy kamolotiga bog’liq
deb ta’kidlaydi. Bu kamolotga esa, inson shaxsi ham, jamiyat ham ilm orqali
erishadi. Islomda farzandni ilm egallashiga va unga tashnalik ruhida tarbiyalash
39
muhim o’rin tutadi. “Ilm o’rganish har bir musulmon va muslimalar uchun farzdur”
deyilgan hadisda. Ulamolarning yozishicha islomda ilm o’rganish, ibodat
darajasiga ko’tarilgan hattoki, ixtiyoriy ibodatdan ilm talabi ustun qo’yilgan.
Shuning uchun ham, avvallari ilm o’rganganlarga haq berilmagan. Ilm o’rganish
ibodat. Ibodatga esa haq to’lanmaydi deyilgan. Bunday ilm fan madaniyat va
ma’rifat borasida mamlakat ehtiyojiga zarur kishilarni tayyorlash, musulmon
jamiyati uchun farz hisoblanadi.
Ana shulardan kelib chiqqan holda, har bir musulmon oldida farzandlarni
sog’lom e’tiqodli, bilimli qilish va ularni ilmga va ilmli kishilarga muhabbat ruhida
tarbiyalash mas’uliyati turadiki, uni bajarish ota-onalar uchun ham farz, ham
qarzdur.
Shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki, islomda din va dunyo tushunchalari bir-
biridan ajralmagan bo’lib, islom bilan fanni bir-biriga qarama-qarshi qo’yib
bo’lmaydi. Chunki, islom faqat diniy bilimlarni emas, balki, dunyoviy bilimlarga
ham da’vat etadi. Shu vaqtgacha sobiq tuzum islomshunoslari islom faqat diniy
ilmni o’rganishga chaqiradi deb kelgan edilar. Vaholanki, Qur’onda ham
dunyoviy ilmlar ruhshunoslik, jug’rofiya kabi bilimlar ham targ’ib etilgan. Unda
bilim olish, hunar o’rganish bilan uzviy qo’shilgandir. Mehnat ko’nikmalarini
farzandga singdirib yuborish, hunar o’rganib tirikchilik o’tkazish masalasi bu
dinda ijobiy hal qilinadi. Islomda tarki dunyochilik yo’q. Islom fanining buyuk
siymosi bo’lgan Naqshbandiy tariqatining markaziy g’oyasida “Diling haqdayu,
qo’ling mehnatda” bo’lsin degan da’vati yotadi. Islomda bilim olishga chaqirish,
ilmli insonga hurmat va farzandlarni shu ruhda tarbiyalash shunchalik chuqur va
keskin qo’yilganki, uni quyidagi bir misol bilan asoslash mumkin. Muhammad
Alayhissalom Badr degan joydagi urushdan so’ng, har bir asirga ozod bo’lishi
uchun 10 ta musulmonga o’qish va yozishini o’rgatib qo’yishni shart qilib
qo’yganlar. Zotan, bu o’rinda pul, mol, yohud hohlagan narsalarini shart qilib
aytishlari mumkin edi. Ammo, islomda ilm hamma narsadan ustun qo’yilganligi
uchun mazkur shartni aytganlar.
40
Islomiyatdagi ilm o’rganish, ta’lim olish g’oyasi haqida Abdulla Avloniy
batafsil to’htalib o’tgan:
“Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson
uchun g’oyat oliy va muqaddas fazilatdur. Zeroki, ilm bizga savobni gunohdan,
halolni haromdan, tozani murdordan ayirib berur, ilmsiz kishilar ota-onasiga,
qarindosh urug’iga, yor do’stiga, din va millatiga foyda yetkurmak bir tomonda
tursin, o’z ustiga lozim bo’lgan ibodat va toatni ham lozim qila olmas.”
10
Zero, shariatda ham qaysi ilmga muxtoj bo’lsang, shuni bilmak musulmon
uchun farzdur deb ta’kidlangan. Hadisi sharifda ham “Beshikdan to qabrgacha ilm
izla” deyilgan.
Islomda ta’lim va tarbiya masalalari keng va qat’iy tarzda o’rganilgan. Ayni
vaqtda, islomiy ma’naviyatda ta’lim-tarbiya bilan uzviy birgalikda talqin etilgan.
Hukamolardan biri- “Har bir millatning saodati davlatlarning tinch va rohati
yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir” degan ekan. Bu o’rinda, o’tgan asrda
yashab ijod etgan tatar olimasi Olimat ul-Banotning islom dinining muqaddas
manbaalari bo’lmish, Qur’oni Karim va Hadisi Sharifga shuningdek, islomiy
axloqning nazariyasi va amaliyotiga suyanib yozilgan qator asarlari, xususan,
“Muosharat odobi” nomli risolasining islomda oila va oilaviy munosabatlarga
bag’ishlanganligini ko’rsatib o’tish zarur. Bunday zukko olimaning asarlari islom
odobi va madaniyatining biz uchun ko’p yillardan beri qorong’u bo’lib kelgan
tomonlarini ko’rsatib beradi. Bu bevosita, oilada o’smir yoshidagi yoshlarda
sog’lom e’tiqodni shakllantirishda muhim dasturil amal vazifasini o’taydi.
Uning oila va oilaviy tarbiya borasidagi fikrlari juda chuqur bo’lib, ular
Shariat va aqlga muvofiq tarzda yozilgandir. U oilaning shirinligini go’zal turmush
bilan bog’laydi. Go’zal turmush rohat-farog’at bilan umr o’tkazishdir. Rohat-
farog’at bilan o’tadigan umrning asosida oilada va hayotda ko’rkam xusn
sanalmish-xulqdan iborat fazilatlar yotadi. Bu fazilatlar turmushda ochiq yuzli,
shirin yuzli bo’lishni taqozo etadi. Ayniqsa, bu fazilatlar oilada eru-xotin o’rtasida
bo’lishi muhim ahamiyatga molikdir. Ayollarning go’zal xulqli bo’lmoqliklari
sabablari, erlari ham go’zal xulqli bo’ladilar. Buning aksincha, agar ayollar yomon
10
A.Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. T. O’qituvchi. 1992 yil. 160-bet.
41
xulqli bo’lsalar, erlarining xulqlari shunga ko’ra buziladi, yomonlashadi. Er bilan
xotin o’rtasida turmush kelishuvi bo’lmasa, har ikkisi uchun ham so’ngsiz xasrat,
zo’r mashaqqat bo’ladi. Buning natijasida, maishatning lazzati tugaydi, rohati
ketadi, tadbiri choralar buziladi, oqibatda, xonadon a’zolari orasida bir-biriga
dushmanlik paydo bo’ladi, bolalar tinchligi buziladi, bundan ko’p nojo’ya ishlar
kelib chiqadi.” Uning bu fikrlari islom tarbiyasiga, shuningdek, o’smirlarda sog’lom
e’tqodni shakllantirishdek murakkab tarbiyaviy jarayonda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Zero, bolalar ota-onalar qo’lidagi aziz omonat bo’lib, ularni go’zal tarbiya
etmoq, yaxshi xulqlarga o’rgatmoq, islomiy tarbiya bilan qurollantirmoq, milliy
odatlarni tushintirmoq lozim bo’ladi. O’smirlaga, bolalarga mehribon bo’lmoq,
ko’ngillarini topmoq, islomda ulug’lik sanaladi. Shunga ko’ra ham, islomiy
qadriyat hisoblanib, umumbashariy mazmunga ham egadir. Masalaning yana bir
muhim tomoni borki, u ham bo’lsa, o’tmishda islomiy qarashlarni ommaga
jumladan, ota-onalarga qanday qilib yetkazilganligidir. Oilada bolalar Qur’oni
Karim, Hadisi Sharif va islom ma’anaviyati ta’sirida tarbiyalanganlar. Islomiy
qarashlar diniy qadriyat sifatida avloddan-avlodga o’tib kelgan. Hozirgi ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitda islomiy tarbiyani maqsadli ravishda amalga oshirish maqsadga
muvofiq. Mana shu murakkab vaziyat har bir odamga turlicha ta’sir etib, turlicha
kayfiyatlarni tug’diryapti. Bu holatlarni oldini olishda, o’smirlarda sog’lom turmush
tarzini shakllantirish yo’llarini ilmiy tahlil qilib, nazariy umumlashtirish va
muayyan xulosalarni chiqarib, vujudga kelgan vaziyatni bartaraf etish maqsadida
ma’lum tavsiyalarni ishlab chiqish, bugungi kun pedagogika fani oldida turgan
muayyan vazifadir. Buni bajarish islomiy ma’naviyat, sog’lom e’tiqodning
umuminsoniy mazmunini ota-onalar tomonidan o’smirlarga, bolalarga singdirishni
talab etadi. Zero, islomdagi boy axloqiy qadriyatlarni singdirish, har bir ota-
onaning, pedagogning burchidir. Bu burchni bajarish mas’uliyati yosh avlodni
mustaqillik ruhida tarbiyalashdek, o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishdek
umumdavlat, umummilliy dasturni bajarishga yordam beradi. Shuningdek,
o’tmishda diniy tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni, o’smirlarni
42
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz
tarixida munosib o’rinni egallaganlar. Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad
Yassaviy, Az-Zamaxshariy, Sulaymon Baqirg’oniy, Baxouddin Naqshband, Kubro
va boshqalar shular jumlasidandir. Ahmad Yassaviyning “Devoni hikmat”,
S.Baqirg’oniyning “Baqirg’on” kitobi, “Oxirgi zamon”, “Bibi maryam”, Fariddin
Attorning “Ilohiynoma” nomli dostonlari islom pedagogikasining rivojlanishida
muhim o’rin tutadi va musulmonlarni diniy-axloqiy ruhda tarbiyalashda,
o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda juda qo’l keladi.
O’smirlar tarbiyasining ijtimoiy xarakteri haqidagi qarashni Farobiyda ham
ko’rishimiz mumkin. Uning fikricha, inson o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiydir.
Chunki, u jamiyatda kishilar bilan munosabatda, o’zaro yordam jarayonida voyaga
yetadi. Jamiyat insonlarning o’zaro birikuvi yordamida, o’zlarining moddiy
ehtiyojlarini qondirishga bo’lgan intilishi natijasida rivojlanib boradi. Insoning o’zi
ham, jamiyatdan tashqarida jamiyat a’zolarining jamoasidan ajralgan holda,
ularning yordamisiz o’z ehtiyojini qondira omaydi. Farzand tarbiyasi, faqat ota-
onagagina bog’liq bo’lib qolmasdan, balki, ular atrofini o’rab turgan qo’ni-qo’shni,
yor-birodar va mahalla-ko’y ta’sirida bo’ladi. Farobiyning bu qarashlaridan, “Shaxs
ijtimoiy munosabatlar majmuidan iborat” degan pedagogik, metadologik qoidaning
kurtaklari o’sha davrdayoq tug’ilganligini ko’rishimiz mumkin. Demak, sharq
mutafakkirlari o’z zamonasidayoq oilada farzand tarbiyasi ijtimoiy vaziyat bilan
bog’liq ekanligini, bu vaziyatni o’zgarishi uning tarbiyasiga ta’sir qilishi tabiiydir
degan xulosaga kelishgan.
Biz bu jumlalarni bejizga keltirmadik. O’smirlar tarbiyasida ham ijtimoiy
muhit asosiy o’rinni egallaydi. Qolaversa, yuqoridagi g’oyalar Qur’oni Karimda
ham yetakchi fazand tarbiyasidagi g’oyalardan hisoblanadi.
O’smirlar tarbiyasida ijtimoiy muhit yetakchilik qilar ekan, ularning ma’naviy
qiyofasi borliqdagi ko’plab hodisalar bilan aloqadordir. Uning yanada murakkabligi
shundaki, bu bog’liqlik har doim ham bir xil va tushunarli emas. Shunisi qiziqki,
faqat xato va kamchiliklargina emas, balki, ijtimoiy hayotdagi ijobiy siljishlar ham,
agar ular o’z vaqtida hisobga olinmasa, shaxs tarbiyasidek nozik ishda qator
43
qiyinchiliklar va murakkabliklarni keltirib chiqarishi tayin. Afsuski, hozirgi vaqtda
ayrim ota-onalar iqtisodiyotdagi o’zgarishlarni faqat boylik ortirish ma’nosida
tushunib, farzandlarini ham shu yo’lga undamoqdalar. Achinarlisi shuki, bu xatti-
harakatlar o’smirlarning ko’z o’ngida sodir bo’lmoqda. Umuman, diniy qadriyatlar
faqat qoidalar, ko’rsatmalar va amallar majmuidan iborat emas, balki, u siyosiy,
iqtisodi, huquqiy, falsafiy, axloqiy, estetik qarashlar hamdir. Kishilar ana shu
qarashlarga suyangan holda, o’zaro ijtimoiy munosabatda bo’ladilar. Bu o’z
navbatida, o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishni zaruriyatini oshiradi. Biz
bugun ma’naviy komil inson deganda, har tomonlama rivojlangan, kampyuter
texnologiyasini mukammal tushunib yetgan, shuninigdek, turli g’oyalar oqimiga
qarshi o’zida kuch topa oladigan, kuchli immunitetga ega bo’lgan, sog’lom
e’tiqodli, ilmli, dunyoqarashi keng insonlarni tushunamiz. Ma’naviy komillik
mazmunan juda keng tushuncha bo’lib, u millatning qiyofasini o’zida aks etiradi.
Sog’lom e’tiqod esa shu qiyofaning nuridir.
O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishdan tarbiyaviy jarayonda
foydalanishning bugungi kundagi eng muhim talabi, kishilar dunyoqrashida,
ularning tafakkurlash tarzida, kundalik faoliyatida jiddiy o’zgarishlar qilishdan
iborat. Shaxsni ma’naviy komillikga yetkazish, eng avvalo, oiladan boshlanadi.
Chunki, ma’naviyat I.A.Karimov aytganlaridek,
“Insonga ona suti, ota namunasi,
ajdodlar o’giti bilan singadi.”
11
Shuning uchun ham, prezidentimiz har bir yilni ma’lum nomlar bilan atab,
shu yilda shu nomlarga munosib hayirli ishlarga qo’l urmoqdalar.
2014–yilni “Sog’lom bola” yili deb e’lon qildilar. Zero, sog’lom
farzandlardan ma’naviy komil insrnlar voyaga yetadi. Ma’naviy komillikning
mezoni sifatida sog’lom e’tiqodni tushunar ekanmiz, bir narsaga e’tibor berishimiz
lozim. E’tiqodlilik va e’tiqodsizlik o’rtasidagi chegara masalasi. Har bir narsada
me’yor bo’lganidek, sog’lom e’tiqod tushunchasida ham me’yor, mezon bor. Shu
mezonni anglash uchun ilm va imon dunyoviy bilim ham zarur. Qolaversa, xalqimiz
qabul qilgan va amal qilib kelayotgan axloq normalari borki, mana shu normalar
11
I.A.Karimov. Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang. T. “O’zbekiston”. 1993 yil. 122-bet.
44
bizini e’tiqoddagi me’yor chegaramizni belgilab beradi. Ma’naviy komillikdagi
ijobiy hislatlarning barchasi axloqiy me’yorlar doirasida amal qilinadi. Sog’lom
e’tiqodning shakllanishida axloqiy me’yorlar ijtimoiy hayotda yuz beradigan barcha
o’zgarishlarda ham o’z darajasini saqlab qoladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirish
ma’naviy komillikning mezoni vazifasini o’taydi. Sababi, sog’lom e’tiqod aslini
olganda, axloqiy me’yor hamdir. Agar, e’tiqod qilish me’yorda bo’lsa, u axloqiy
mezon hisoblanadi. Agar, e’tiqod me’yordan oshib ketsa, yoki, me’yorga yetmay
qolsa, u inson uchun kulfat keltiruvchi manbaaga aylanib qoladi. Shuning uchun,
sog’lom e’tiqodni shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik,
psixologik xususiyatlari, shaxsning o’ziga xosligi kabi jixatlari alohida ahamiyat
kasb etadi.
Ma’naviy komillik murakkab jarayon bo’lishi bilan birga, u insonni
yuksaklikka olib chiqadi. Inson uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochadi.
Sog’lom e’tiqod ma’naviy komillik mezoni bo’lish bilan birga, diniy ilm bilan
insonni bezaydi. Bu bezak hayo libosi sifatida farzandlarga ham singib boradiki,
natijada farzandlarimiz ma’naviy komillik sari yuz tutadilar.
Farzandlarimizni komil inson qilib tarbiyalashda diniy qadriyatlar muhim
o’rin egallaydi. Ana shu qadriyatlardan unumli foydalanish, tarbiyada o’z aksini
topadi, o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda ijobiy natijalar beradi.
Yurtimizning ertangi kuni ham shubxasiz o’smirlarimizning tarbiyalanganlik
darajasiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |