45
2.2. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishning pedagogik
xususiyatlari.
Bugungi kunda pedagogika fani yoshlarni buzg’unchi g’oyalardan himoya
qilishda o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
-
Siyosiy, diniy, milliy-mafkuraviy qadriyatlarni o’g’il-qizlar tafakkuriga
singdirishning oilaviy tarbiya dasturini yaratish,
-
Yosh ota-onalarni diniy mafkuraviy tarbiyaga, g’oyaviy va uslubiy
tayyorgarligini kuchaytirish;
-
Oila pedagogikasining vatan tuyg’usi, falsafa, siyosatshunoslik, sotsiologiya,
ijtimoiy psixologiya, milliy istiqlol g’oyasi fanlari bilan amaliy hamkorligiga
erishish;
-
Diniy tarbiya bo’yicha amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar mavzularida
milliy mafkuraviy tarbiya yo’nalishiga asos solinishi;
-
Oilada diniy tarbiyaning milliy va umuminsoniy yutuqlarini umumlashtirish;
-
Mahallalarda diniy va mafkuraviy tarbiyaning aniq, mukammal, eng muhim
amaliy-ijtimoiy pedagogik dasturini ishlab chiqib, hayotga tadbiq qilish.
Bu jarayonda xalq pedagogikasi asosiy o’rinni egallaydi.
Xalq pedagogikasi milliy pedagogikaning sarchashmalaridan iborat bo’lib,
mazkur fanning rivojlanishi uchun asosiy zamin bo’lib xizmat qiladi. Zero, xalqning
farzand tarbiyasi borasidagi tushunchalari va qarashlari hamda, butun kishilik tarixi
taraqqiyoti davomida to’plagan pedagogik tajribalarini chuqur va har tomonlama
o’rganmay turib, pedagogika fani rivojlanishi tarixini ilmiy asosda ishlab chiqish
mumkin emas. Xalq pedagogikasini o’rganish ota-onalarning pedagogik
tayyorgarligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, xalq pedagogikasida
inson hayotining barcha qirralari o’z ifodasini topgan bo’lib, jumladan, unda
o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirish masalalari ham yoritib o’tilgan. Shu
boisdan, o’zbek xalq pedagogikasidagi farzand tarbiyasi to’g’risidagi qarashlarni
tahlil qilib, muayyan nazariy xulosalarga kelish, shuningdek, ilmiy pedagogika
nuqtai nazaridan ularni tartibga solib, muayyan tizimga tushirish, pedagogika fani
oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu narsa sog’lom e’tiqod
46
tushunchasiga ham tegishli. Qolaversa, bu, eng avvalo, ota-onalar, o’qituvchilar va
keng jamoatchilik tomonidan xalq pedagogikasi manbaalaridan amlaiy pedagogik
faoliyatlarida keng qo’llash imkonini beradi. Ana shunday ilmiy tadqiqotlardan biri
S.Temurovaning “Bolalarni progressiv traditsiya namunalarida tarbiyalash” (1975)
nomli tadqiqoti o’zining mazmuni, dolzarb masalalarni o’rtaga qo’yishi va ularni
hal etishi nuqtai nazaridan o’zbek pedagogikasi fanida birinchi yirik asar bo’ldi.
Unda xalq an’analarining mohiyati va jamiyatda tutgan o’rni, ularning tarbiyaviy
ahamiyatining yoritilishi bilan birga e’tiqodning tarbiyadagi ahamiyati, biz uchun
muhim bo’lgan oila va oila tarbiyasi kabi bir qator masalalarni keng ma’noda
yoritishga harakat qilinadi. Sog’lom e’tiqodni shakllantirishda xalq an’analarining
o’rnini keng tarzda yoritib beradi. Keyingi yillarda sog’lom e’tiqodni ayrim
jixatlarini yoritishga qaratilgan ayrim maqolalar, qo’llanmalarni uchratishimiz
mumkin. O.Qodirovning “O’zbek xalq pedagogikasining shakllanishi”, (1992)
M.Sanginovning “Oilada tarbiyaviy salohiyat”, (1991) G.Mardonovaning “Nur to’la
uy” nomli risolalari shular jumlasidan. Ularda oilaviy va diniy tarbiyaning mohiyati
shakl va vositalari hamda, bugungi kundagi ahvoli va rivojlanish istiqbollariga
ta’luqli fikrlarni ko’ramiz. Bu o’rinda shuni ta’kidlab o’tish joizki, xalq
pedagogikasining muhim tarmog’i etnopedagogika mavjud bo’lib, ular bir-biri
bilan uzviy holda, biri ikkinchisini to’ldiradi va e’tiqodni tarbiyalash masalalariga
alohida o’rin beradi. Vaholanki, hanuzgacha fanimizning bu sohasi umuman ilmiy
tarzda to’la ishlanmagan. Olimlarimiz to’g’ri ta’kidlaganlaridek , hech kim, hech
qachon pedagogik faoliyatdan chetda yashamaydi. Yashashi ham mumkin emas.
Garchi ayrim shaxslar bevosita pedagogik faoliyatda ishtirok etmasliklari mumkin,
lekin, u o’zgalarning pedagogik qurshovida bo’ladi, chunonchi, u buni hohlaydimi,
yo’qmi, kishilarning pedagogik ta’sirida bo’ladi. Ulardan nimanidir o’rganadi va
shu bilan birga ularning o’rganish obyekti ham bo’lib qoladi. Bu pedagogik
qonuniyat sog’lom e’tiqodni shakllantirishda bizga katta imkoniyatlar eshigini ochib
berish bilan birga, bizni hushyorlikka chorlaydi. Har bir shaxs muayyan jamiyatda
yashar ekan, o’z tabiatiga ko’ra o’zining shaxsiy kamoloti taqozosi bilan qonuniy
va zaruriy tarzda ichki talab va ehtiyoj bilan ma’lum bir tarbiya ta’siri doirasida
47
yuradi. Bu narsa, har bir shaxsda o’zi yashab turgan jamiyatda, o’zining va
o’zgalarning tarbiyasi bilan shug’ullanishlari zaruriyatini tug’diradi. Ana shu
zaruriyat xalq pedagogikasining shakllanishi va rivojlanishining obyektiv
qonuniyati hisoblanadi. Qadimdan avlod ajdodlarimizning ko’pchiligi maxsus
bilimga muayyaan pedagogik tayyorgarlikka ega bo’lmasdan turib, halol, shirin va
baxtiyor hayot kechirganlar, farzandlarini tarbiyalaganlar, ulardan orzu-havas
ko’rganlar. Chunki, ularga tarixan tarkib topgan hayotiy tajribalari, ota-bobolaridan
olgan saboqlari yordam beradi. Ana shular asosida u yoki bu qoidalar vujudga
kelgan va ular jumladan asrlar davomida sog’lom e’tiqodga ega bo’lgan farzandlar
tarbiyasiga bog’liq bo’lgan malaka va ko’nikmalarni hosil qilib kelgan. Ota-onalar
ana shu qoidalar asosida yashab kelganlar. Binobarin, xalq pedagogikasi asrlar
davomida vujudga kelgan, uning tarkibi sifatida diniy tarbiya, urf-odat va rasm-
rusumlarda aks etgan qarashlar, tartib-qoidalar yig’indisidan iborat. Kishilar yashash
uchun kurashlari jarayonida mehnat qilganlar, tirikchilik o’tkazganlar, farzand
ko’rganlar va ularni tarbiyalab, barkamol inson bo’lishini orzu qilishib, umidlari
ro’yobga chiqqanligidan ma’naviy ozuqa olganlar. Huddi shu narsa ular hayotining
mazmuniga aylangan. Har bir ota-ona ana shu zaruriyatdan kelib chiqib
farzandlarini tarbiyalaganlar. Shu boisdan, tarbiya haqidagi qarashlar to’planib
borgan va o’ziga hos ma’lum tizimga aylangan. Unda har bir xalqning turmush
tarzi, yashash sharoiti, tafakkur uslubi va shu kabi o’ziga hos xususiyatlari
mujassamlashgan. Shu tarzda ularning hammasi tarixan tarkib topib, milliy tarbiya
tizimini tashkil etgan. Shunga ko’ra xalq pedagogikasida sog’lom e’tiqod masalasi
muhim o’rinda turadi.
Z.Mirtursunovning to’g’ri ta’kidlab o’tishicha: “
Xalq pedagogikasida omma
orasida keng tarqalgan ta’lim-tarbiya borasida emperik bilim va malakalar o’zining
ifodasini topgan bo’lib, unda jamiyat taraqqiyotining muayyan davr pedagogikasi
aks topgandir.”
12
Ularni chuqur o’rganmay turib, u yoki bu xalqning chinakam tarixini bilib
bo’lmaydi. Unda kishilarning orzu umidi ifodalanibgina qolmay, balki, ularning
12
Z.Mirtursunov. O’zbek xalq pedagogikasi. T. Fan. 1973 yil. 25-bet.
48
ruhiyati aks etgandir. Yuqoridagi tarbiya tizimi tufayli, o’zbek xalqi o’z
farzandlarini sog’lom e’tiqodli qilib tarbiyalashga harakat qilganlar. Ana shunda,
ta’lim-tarbiya natijasida yosh avlod teran fikrli, aqlan yetuk, olijanob fazilatli va
tanti, yuksak ma’naviyatli bo’lib voyaga yetganlar.
Bularning
hammasi,
pedagogik
jarayonda
sog’lom
e’tiqodni
shakllantirishning jamiyatda tutgan o’rnini anglab yetishimizga yordam beradi.
Binobarin, necha-necha asrlar davomida bolalarni ommaviy ta’lim-tarbiya
maskanlari (madrasalar, diniy maktablar) bo’lmagan bir paytda ota-onalar
farzandlarini tarbiyalab kelganlar. Arab istilosidan so’ng, musulmon dinini mahalliy
aholiga zo’rlab kiritilishi oqibatida, islom arab istilochilari manfaatini
ifodalaydigan mafkuraga aylangan bo’lib, u o’sha davrlarda tashkil etilgan ayrim
diniy maktablarda saboq oladigan bolalarga aqidaparastlik va muttasiblikni targ’ib
etardi va ularga o’z ta’sirini o’tkazardi. Shak-shubhasiz, bu narsa xalq og’zaki
ijodiyoti mazmunida ham aks etib, keyingi davrlarga ham o’tib kelardi va
o’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda o’zining salbiy ifodasini topardi.
Diniy tarbiyaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitda oiladagi ma’naviy-axloqiy
tarbiyada muhim omil bo’lib xizmat qilishi, shu bilan izohlanadiki, diniy
tasavvurlar, rasm-rusmlarning ommalashishi, millat turmush tarziga, kishilarning
hayotiy faoliyatiga singib ketib, ular hayotining ajralmas bir bo’lagiga aylanishiga
sabab, diniy ongning inson ruhiyatiga bo’lgan kuchli ta’siri oqibatidir. Bu ta’sirning
doimiyligi va kundalik faoliyat bilan bog’lanib ketganligi, oilada o’smilarni sog’lom
e’tiqod ruhida tarbiyalashda sezilarli darajada o’z aksini topadi va shu tarzda
o’smirning imon-e’tiqodiga aylanib ketadi. E’tiqodga aylangan narsani, shaxs
ongidan siqib chiqarish qiyin bo’ladi. Shunga ko’ra, sog’lom e’tiqod tarbiyasida
diniy qadriyatlar bilan diniy bid’atni farqlash va o’smir ongini noto’g’ri diniy
tasavvurlar bilan zaxarlashning oldini olish, ota-onalarning, ustozlarning burchi
hisoblanadi.
Sog’lom e’tiqod tarkibini tashkil etuvchi halollik, to’g’rilik, birovlar haqqiga
hiyonat qilmaslik, hayri ehson, sahovat va muruvvat, tejamkorlik va isrofgarchilikka
yo’l qo’ymaslik kabi fazilatlar milliy va diniy qadiyatlar zamirida shakllangan va
49
ular oilaviy tarbiya natijasida ota-onalaridan bolalariga o’tib, ularning ma’naviy
dunyosini yoritgan. Sog’lom e’tiqod, e’tibori bilan ma’naviy axloqiy tushuncha.
Buni yoshligidan bola ongiga singdirib borilsagina, shaxs uchun ham, jamiyat
uchun ham zaruriy samara berishi mumkin. Sog’lom e’tiqod ruhida tarbiya topgan
avlodgina ma’rifatli jamiyat qurishga qodir. Buni o’z farzandlari taqdirini o’ylagan
ota-onagina to’la his qilishi mumkin. Farzandlarni sog’lom e’tiqod ruhida
tarbiyalash o’z holicha olib boriladigan ish emas, balki, asta-sekinlik bilan bir
maqsadga qaratilgan murakkab va ziddiyatli jarayon. Buni ota-onalar to’la anglab
yetishlari va o’smirlar ongiga doimiy ravishda singdirib borishlari, tarbiyada
ko’zlangan maqsadga erishishda va o’smirlarda sog’lom turmush tarzini
shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.
Ma’lumki, muayyan bir xalq va unga mansub xalq pedagogikasining
mazmuni va xarakterida o’sha xalq yashab turgan sharoit, doimo o’zgarib turadigan
iqtisodiy ahvol va ijtimoiy-siyosiy vaziyatning xususiyatlari belgilanadi. Shu
bosidan,
xalq
pedagogikasida
xususan,
o’smirlarda sog’lom e’tiqodni
shakllantirishda davr va uning barcha murakkabliklari va ziddiyatlari to’la aks etadi.
Har qanday tarixiy davr, uning ta’lim-tarbiya tizimiga o’z ta’sirini o’tkazib, o’z izini
qoldirar ekan, bu narsa ota-onalar orqali ularning bolalari tarbiyasida ham yaqqol
ko’rinadi. Jamiyatdagi o’zgarishlar o’smirlar tarbiyasiga ta’sir qilar ekan, ularning
faoliyatida bu yaqqol namoyon bo’ladi. Deylik, oila boshlig’i bo’lgan ota,
ishxonasida bo’lgan voqealarni (diniy ekstrimestlar qatoriga kirib qolgan
hamkasblari) gapirib beradi. Buni hamma qatori uning o’smir yoshidagi farzandlari
ham eshitadi. Ular hohlaydilarmi, yo’qmi, farzandlar ma’lum ma’noda diniy
ekstremistlar
haqida
ma’lumotga
ega
bo’ladilar.
Farzand
ota-onasi
gaplashayotganda aralashmasligi mumkin, ammo, u kuzatib turadi. Ana shu
kuzatish, jarayonida u nimanidir qabul qiladi. Shunga ko’ra, sog’lom e’tiqodni
shakllantirish jarayoni ijtimoiy xarakterga ega. Bu narsa, oilaviy tarbiya faqat ota-
onalarning shaxsiy ishi bo’lmasdan, balki, ijtimoiy tarbiya bilan bog’liqligini
ko’rsatadi. Ana shu bog’liqlikni ota-ona tan olishi, farzandlari oldidagi burchi va
mas’uliyatining jamiyat oldida naqadar katta ekanligidan dalolat beradi. Masalaning
50
yana bir muhim tomoni borki, sog’lom e’tiqodni boshqa tarbiya turlari bilan
hamohang tarzda olib borilishi lozim. Sog’lom e’tiqodni tarbiyalash o’zbek xalq
pedagogikasining islomiy qadriyatlari zamirida uzviy ravishda birikib ketgandir.
Chunki, musulmonlarning ko’pgina tartib qoidalari, o’zbek xalqining orzu-umidlari
bilan hamohang va bir-birini to’ldiradi. O’smirlarda sog’lom e’tiqodni shakllantirish
va rivojlantirishda etnopsixologik xususiyatlarni va ma’naviy axloqiy asoslarini
milliy yaxlitligi hisobga olinadi.
Sog’lom e’tiqodga bo’lgan ehtiyoj tobora kuchayib boruvchi zaruriy
ehtiyojdir. Bu jarayonda umuinsoniy qadriyatlarga tayanish baynalminal negiz
hisoblanadi. Pedagogik jarayonda sog’lom e’tiqodni shakllantirishda oila
tarbyasida vosita sifatida an’ana va qadriyatlardan foydalaniladi. O’zbek oilalariga
mansub an’analar va ularning o’smirlar tarbiyasidagi ta’siri nihoyatda katta
ekanligini hayot tajribasi isbotlagan.
1.
Diniy va zamonaviy bayram an’analari.
2.
Kundalik turmush an’analari .
3.
Oilaning maishiy turmush an’analari.
Oiladagi diniy an’analar sog’lom e’tiqodni shakllantirishda muhim vosita
bo’lishi bilan birga, o’smirlarni ijtimoiylashuvini ham tezlashtirib beradi.
Ijtimoiylashuv o’smir kelajagini belgilab beruvchi asosiy omillardan biri
hisoblanadi. Bizga ma’lumki, o’smirlik davri o’z ichiga 11-16 yoshni o’z ichiga
oladi. Bu davr o’quvchi uchun o’zligini tanish va tan olinishni hohlashning ustunlik
qilishi bilan ajralib turadi. Shuning uchun, sog’lom e’tiqodni o’smirlarda
shakllantirishda oila tarbiyasi yetakchilik qiladi.
Demak, oiladagi turli an’ana va qadriyatlar o’smirlarda sog’lom e’tiqodni
shakllantirishda eng muhim vositalardan biri vazifasini o’taydi. Chunki, bu
jarayonda o’smir o’zi ishtirok etadi, uni dildan his qiladi. Bu esa tarbiyaviy ta’sir
doirasini kuchaytiradi. Shuning uchun diniy marosim va an’analarda o’smirlar
ishtirokini kuchaytirish ularda sog’lom e’tiqodni shakllantirishga qo’yilgan amaliy
qadam hisoblanadi. Chunki, o’smirlar pand-nasixatdan ko’ra amaliy namunani tez
qabul qiladilar.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |