67
- o`qitish jarayonida o`smirlarlarni e’tiqodiy faoliyatini rivojlantirishga
erishish;
- o`qituvchi va o`quvchi, o`quvchi va o`quvchi munosabatini ijobiy jihatlarini
shakllantirish;
- olgan didniy bilimlarini hayotda qo`llay olishlariga erishish;
-atrof-olamni kuzatish, ko`rish, taqqoslash orqali barcha ma'lumotlarni
uyg`unlashtirish malakalarini shakllantirganlik
darajasini aniqlab, tekshirib
ko`rishdan iborat.
Yuqorida batafsil ochib berilgan ma'lumotlarni, xususan, 6-sinflarda
interfaol usularni qo`llash to`g`risida berilgan adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatdiki,
6- sinflarda olib borilgan darslarni interfaol ussullar asosida tashkil etish ta'lim
sifatini har tomonlama yaxshilashga, o`quvchilarni ta'lim jarayoniga, ya'ni diniy
bilimlarni o`ragnishga bo`lgan qiziqishlarni
yanada oshirishga, bilimlarni har
tomonlama puxta egallashga imkon beradi. Shu bois ham bu jarayonni keng
ommaga tadbiq etish joizdir. Nazariy ma'lumotlarni yanada aniqlashtirish
maqsadida tajriba–sinov uchun belgilangan obyektlar Namangan viloyati Norin
tumanidagi 21-umumta'lim maktabning 6-a va 6-b sinflarida tajriba–sinov ishlari
olib borildi. Har ikki turdagi tajriba ishlari 2 bosqichdan iborat bo`lib, 1-bosqichda
kuzatish va tajriba sinf o`quvchilari
bilan tanishib, sinfdagi umumiy-holat
o`quvchilarda fanlarga qiziqish va o`zlashtirishlari haqida umumiy ma'lumot
olindi.
Interfaol usullar samaradorligi yuzasidan olib borilgan tajriba ishlarida
o`qituvchilar orasida innterfaol darslar yuzasidan anketa –so`rov ishlari o`tkazildi.
Maktabning 6- sinflarida 18 ta o`qituvchi bo`lib, shulardan 15 tasi anketa
so`rovnomada ishtirok etdi.
Anketa so`rovnomasida quyidagi savollar bo`lib o`qituvchilarga taqdim
etildi:
1. Siz “Vatan tuyg’usi” darslarini o`quvchilar samarali o`zlashtrishlarda
qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz?
2. O`quvchilar asosan qaysi mavzularni o`zlashtirishlarida qiynaladilar?
68
3. Darslarni samarali tashkil etish uchun qanday usullardan foydalanasiz?
4. Interfaol usullar haqida nimalarni bilasiz?
5. Darslarda qanday interfaol usullardan foydalangansiz?
6. Sizningcha interfaol usullardan foydalanish ona
tili darslarida samarali
natija beradimi?
Ushbu anketa-so`rov natjalari quyidagicha bo`ldi:
1-savolga o`qituvchilar umumiy holatda “Vatan tuyg’usi” darslarida
o’quvchilar diniy terminlarni o’zlashtirishda ya’ni ularning ma’nolarini eslab
qolishda va arab alifbosini bilimasliklari uchun qur’on suralarini o’qiy
olmasliklarida, xadislarni eslab qola olmaslikda va bu darsga jiddiy yondasha
olmasliklari kabi muammolarga duch kelishlarini aytib o`tganlar.
3-darslarni samarali tashkil etish uchun qanday usullardan foydalanasiz?
- degan savolga 6 ta o`qituvchi ko`rgazmalardan foydalanishini, 4 ta o`qituvchi
interfaol usuldan, 5 tasi esa o`qituvchi yangi
pedagogik texnologiyalardan
foydalanishini aytib o`tgan.
Interfaol usullar haqida nimalarni bilasiz? hamda darslarda qanday interfaol
usullardan foydalangansiz? degan savolga 11 ta o`qituvchi klaster, BBB usullari
haqida fikr bildirgan, qolgan o`qituchilar aqliy hujum, muammoli vaziyatlardan
foydalanishi to`g`risida ma'lumot berganlar.
Sizningcha interfaol usullardan foydalanish “Vatan tuyg’usi”
darslarida
samarali natija beradimi? - degan savollarga barcha o`qituvchilar
Ha
deb javob
berganlar.
Ushbu anketa so`roav natijalari shuni ko`rsatadiki, bugungi kun ta'limiga
interfaol usullarni qo`llash ommalashib bormoqda. Lekin o`qituvchilarimiz asosan
uning ayrim usullaridan, strategiyalaridangina xabardor xolos. Ular darsni interfaol
ta'lim texnologiyasi asosida loyihalashtirish hamda strategiyalar ishlab chiqish
yuzasidan to`la ma’lumotga ega emaslar va o`qituvchilar darslarda duch keladigan
muammo va qiyinchiliklar ham, ularning mustaqil fikrlashini rivojlantiruvchi,
ijodiy yondoshuvchi usullardan foydalanilmasligidan deb bilish mumkin.
69
Qolaversa aksariyat o’qituvcnilarimiz tehnalogiy va strategiyani bir biridan farq
qila olmasliklariga guvoh bo’ldik.
Ushbu anketa savollari natijalari tahlilidan so`ng “Vatan tuyg’usi”
fanidan
Qosimjanova rahbarligidagi 6-a hamda, Sulaymanova rahbarligidagi 6-b sinfida
o`quvchilarning “Vatan tuyg’usi” faniga oid bilimlarni o`zlashtirishlari yuzasidan
test savollari o`tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: