Mavzu:o'zbekistonda siyosiy va huquqiy ongni rivojlantirish masalasi.
Reja:
1. Siyosiy ong tushunchasi.
2. Huquqiy ongni rivojlantirish.
3. Siyosiy va Huquqiy ong tushunchasi va uni rivojlantirish.
4. Foydalanilgan adabiyotlar.
Siyosiy ong ijtimoiy — siyosiy voqelikni nafaqat biladi, izohlaydi, balki uni baholaydi. Kishilar u yoki bu siyosiy xodisalar va voqealarni anglash jarayonida, ularga o‘z munosabatlarini bildiradilar, o‘zlari uchun muayyan xulosalarni chiqaradilar. Aynan siyosiy voqelikni baholash asosida kishilar o‘zlarining siyosiy qarashlarini, e’tiqodlarini, pozitsiyalarini, qiziqishlarini shakllantiradilar.
Siyosiy ong kishilarga o‘zlarini jamiyat va davlat oldida nafaqat burchlarga, majburiyatlarga, balki muayyan huquqlar, erkinliklar va siyosiy manfaatlarga ega bo‘lgan fuqarolar ekanliklarini anglashga yordam beradi. O‘z navbatida fuqaro deb, o‘zini-o‘zi idrok etish kishilarni voqelikni sust, bir tomonlama anglashdan ijtimoiy — siyosiy hayotda aniq va faol ishtirok etishga undaydi. Siyosiy ong o‘zining yo‘naltiruvchilik funksiyasi orqali kishilarning siyosiy xulq—atvorini belgilaydi, sotsial siyosiy manfaatlarni himoya qilishlari uchun ijtimoiy hayotda ishtirok etishlari, siyosiy partiyalarga, jamoat tashkilotlari va boshqa siyosiy uyushmalarga o‘zlarining ham fikrlari bilan birlashishlari zarurligini anglatadi.
Siyosiy ong voqelikni idrok etish asosida, hamda uning tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy g‘oyalar, me’yorlar, tasavvurlar va e’tiqodlar negizida kishilarning ijtimoiy xulq— atvorlarini tartibga soladi. Siyosiy ongning tartibga solish funksiyasiga ehtiyoj jamiyat taraqqiyotining keskin burilish bosqichlarida, inqirozli davrlarida mislsiz ortadi. Aynan siyosiy tizimning samaradorligi, voqealarning rivojlanish yo‘li, ijtimoiy — siyosiy o‘zgarishlarning yo‘nalishi jamiyat keng qatlamlarining siyosiy ongiga, siyosiy ko‘rsatmalarga bog‘liq bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta'minlashga o‘zining jiddiy salbiy ta'sirini ko‘rsatmoqda.
Huquqiy ongni rivojlantirishda huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiyaning roli.
Huquqiy ong bu jamiyatda kishilarning huquq to’-risidagi qarashlaridir, chunki huquqiy normalar jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida kishilar o’rtasida turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim rol o’ynaydi.Huquq normalari bilan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda huquqiy ong ya’ni kishilarning huquqni bilishligi, huquq normalarini bajarishligin katta ahamiyatga egadir.Huquqiy ong jamiyatda ijtimoiy ongning boshqa shakllaridan – falsafa, siyosat, din, axloqdan farq qiladi. U jamiyatda ijtimoiy ongning maxsus shakli bo’lib hisoblanadi, chunki huquqiy ong keng tushuncha bo’lib, jamiyatda huquqiy normalarni qabul qilish, ularni turmushda qo’llash, huquq to’-0risida bilimlarning, ya’ni huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiya to’-risidagi murakkab ijtimoiy vazifalarni o’z ichiga oladi.
Huquqiy ong huquq bilan uzviy ravishda bo-liq.Huquqiy ong va huquqning munosabatlari uning quyidagi xususiyatlarida namoyon bo’ladi:
jamiyatda huquqiy ong qonun va boshqa huquq normalarini qabul qilishda turli –oyalarni rivojlantirishda, ularni qabul qilishda muhim rol o’ynaydi.
Jamiyatda huquqiy ong barcha fuqarolarning, davlat organlarini, ayniqsa huquqni muhofazo’a qiluvchi idoralar, sud , prokuratura, ichki ishlar idoralari, milliy xavfsizlik xizmati, adliya organlari va mansabdor shaxslarni huquqni hayotda to’-ri qo’llash uchun ular bilan turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |