VILOYAT HOKIMINING QARORI
№ 153 q
Urganch shahri 19 iyul 2013 yil
Viloyatda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma ikki yillik bayrami tadbirlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, tezkor vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan keng qamrovli "Tozalash-Antiterror" maxsus tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 iyundagi PQ-1984 sonli qarori talablari ijrosini ta’minlash maksadida bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davomida viloyat hududidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqaror ushlab turish, favqulodda hodisalar, qo‘poruvchilik xarakatlari sodir etilishining oldini olish, fuqarolar tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish maksadida
QAROR QILAMAN:
1. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda 2013 yilning 20 iyulidan 30 avgustiga qadar viloyat hududida keng qamrovli "Tozalash-Antiterror" maxsus tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazilsin.
2. Tadbirni samarali o‘tkazish, tadbirga jalb qilingan davlat va jamoat tashqilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida ilovaga muvofiq shtab tashqil qilinsin. Shunday shtablar shahar, tumanlar hokimlari rahbarligida ham tashkil qilinsin.
3. O‘tkaziladigan tadbir davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
vazifalar yuzasidan shahar, tumanlar hokimliklarida faollar yig‘ilishi
o‘gkazilib, qilinishi lozim bo‘lgan ishlar aniq belgilab berilsin.
4. "Tozalash-Antiterror" maxsus tezkor-profilaktik tadbirini o‘tkazish
bo‘yicha tashkil qilingan shtab zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
- mahallalar hududidagi xonadonlarda (ko‘p kavatli va xususiy uylardagi), korxona-tashqilot, mehmonxona, yotoqxona va o‘quv muassasalarida pasport tizimi koidalariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazish. Buida asosiy e’tiborni xorijiy va MDH davlatlaridan hamda respublikaning boshqa viloyatlaridan kelib, noqonuniy yashab yurgan shaxslarni aniklashga qaratish;
- viloyatning chegara hududlarida pasport-viza qoidalariga amal
qilinishini ta’minlab, viloyatga kirish-chiqish joylarida faoliyat
ko‘rsatayotgan Bojxona va IIB maskanlari ish faoliyatlarini kuchaytirish;
- ishlamasdan yurgan fuqarolarni ayniqsa, doimiy yashash joylaridan uzoq
muddatga chiqib ketib, qaytib kelgan shaxslarni foydali mehnatga jalb
qilish maksadida «Mehnat yarmarka»lari tashqil qilib, ularni ishga
joylashtirish;
- obodonlashtirish va tozalik ishlarini tashqillashtirish;
- nafaqa pullari, oylik maoshlarini o‘z vaqtida berilishini ga’minlash:
- korxona va tashqilotlarda, o‘kuv muassasalarida xavfsizlikni ta’minlash
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab, mas’ul xodimlar rahbarligida
kunu-tun navbatchilik tashqil qilish;
- bayramga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida aholi o‘rtasida
norozilik kayfiyatini oldini olish maqsadida, aholini gaz, suv va elektr
energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash;
- o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarinish qo‘riqlanishini kuchaytirish;
- tungi paytlarda sodir qilinadigan jinoyatlarning oldini olish
maqsadida qishloq va mahallalarda jamoatchilik asosida tungi guruhlar
ish faoliyatlarini tashqil qilish.
5.Taalluqli idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, yuzaga kelgan
muammolar to‘g‘risida har 10 kunda viloyat hokimligi shtabiga axborot
berib borilsin.
6.Ushbu qaror ijrosini nazorati viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari
Sh.Xo‘janiyozova va viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Mamatovlar
zimmasiga yuklatilsin.
Viloyat hokimi P.Bobojonov
Do'stlaringiz bilan baham: |