-mol-mulk va undan foydalanish (buyumlashgan yoki pul shaklida) imkoniyatining mavjudligiga; -uy xо‘jaligi ishtirokchilari ish vaqti fondining taqsimlanishiga – uy xо‘jaligi a’zolari ishlovchilarining soni, ularning ish joylari, ish vaqti rejimi va xokazo; -uy xо‘jaligi a’zolarining tashabbuskorligiga, faolligiga va inson kapitalidan foydalanishga; -uy xо‘jaligi faoliyat kо‘rsatadigan tashqi muhitga. Daromadlarni shakllantirish omillari va baholarning darajasi bu erda cheklanmalar (cheklanishlar) sifatida amal qiladi, ya’ni iste’mol tanlanmasining yо‘l qо‘yilishi mumkin bо‘lgan variantlari majmuini belgilab (aniqlab) beradi.
Ana shu nuqtai - nazardan uy xо‘jaliklarining iste’mol fondi minimal va ratsional iste’mol byudjetlari yoki yanada detallashtirilgan tarzda quyidagicha klassifikatsiya qilinishi mumkin: -hayotiy minimum byudjeti; -minimal iste’mol byudjeti; -optimal iste’mol byudjeti. Hayotiy minimum byudjeti о‘z ichiga uy xо‘jaligi a’zolarining minimal, odatda, fiziologik ehtiyojlarini qondirishga mо‘ljallangan oziq - ovqat va nooziq - ovqat tovarlari va xizmatlari tо‘plamini qamrab oluvchi iste’mol savatchasi asosida aniqlanadi.
Minimal iste’mol byudjeti uy xо‘jaligi a’zolarining nisbatan kengroq bо‘lgan ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi va iste’molning tiklanuvchi (tiklanuvchan) darajasini ta’minlaydi. Optimal iste’mol byudjeti esa uy xо‘jaligi darajasida (doirasida) inson kapitalini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash va rivojlantirishga moliyaviy imkoniyat yaratadi. Chunki bu byudjet insonning faqat zaruriy ehtiyojlarini emas, balki undan ham yuqoriroq (oliyroq) bо‘lgan ehtiyojlarini qondiradi.
Optimal iste’mol byudjetini quyidagi ikki darajadagi byudjetlarga bо‘lish (ajratish) mumkin: - о‘rtacha darajadagi etarlilik byudjeti; - yuqori darajadagi etarlilik byudjeti. Iste’molga xarajatlarning har qanday kо‘rinishi va uning umumiy hajmiga oid har qanday moliyaviy qarorlar uy xо‘jaliklari ma’lum kо‘rinishdagi byudjetlari doirasidagi ratsional tanlashga asoslanadi. Agar uy xо‘jaligining daromadi faqat hayotiy minimumni qoplashga etadigan bо‘lsa, u holda moliyaviy qarorlar uy xо‘jaligi iste’mol fondini minimallashtirishga va bir vaqtning о‘zida daromadlarning yangi manbalarini qidirib topishga hamda hayot kechirishning (chidashning) moslashtirilgan mexanizmlarini (о‘z -о‘zini ta’minlash, ikkilamchi bandlik, qarindoshlar va davlatning yordami, mayda - chuyda savdo va boshqalar) “yoqish”ga qaratilgan bо‘lishi kerak.
Daromadlarning о‘sishi bilan iste’molning о‘lchami (hajmi) oshadi (о‘sadi, ortadi) va uning tarkibiy tuzilmasi о‘zgaradi. Biroq, bu holda ham iste’molning о‘sish sur’atlari daromadning о‘sish sur’atlaridan pastligicha qolaverishi lozim. Bunday qonuniyat iqtisodiy adabiyotda J.M.Keyns tomonidan ifodalangan “asosiy psixologik qonun” nomini olgan. Moliyaviy qarorlarda bu uy xо‘jaligi iste’mol fondi va jamg‘armalar yо‘nalishini optimallashtirish tendensiyasi sifatida namoyon bо‘ladi.
Jamg‘ariladigan fondlarni (jamg‘armalarni) shakllantirish bо‘yicha uy xо‘jaliklarining moliyaviy qarorlari ishlab chiqilib, qabul qilinayotgan paytda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
- ega bо‘lingan daromad pasaygan paytda joriy iste’molning odatdagi darajasini saqlab turish uchun sug‘urta rezervlari yaratishning zarurligi;
- uzoq muddatga foydalanishga mо‘ljallangan qimmat turuvchi predmetlarni sotib olish bilan bog‘liq bо‘lgan kapital xarajatlar darajasini oshirish (kо‘paytirish) uchun pul rezervlarini yaratish kerakligi;
- pensiya rezervlarining lozimligi;
- uy xо‘jaligining daromadlilik darajasini oshirish maqsadida kelgusida investitsiyalashtirish uchun pul fondini vujudga keltirishning zarurligi.
Daromadlar va ustuvor yо‘nalishlarni shakllantirish hamda ulardan foydalanishda umumiqtisodiy о‘lchamlardan (parametrlardan) tashqari uy xо‘jaligining iste’mol va moliyaviy xatti - harakatida, jamg‘ariladigan fondlarni yaratishda ijtimoiy va psixologik jihatlar (aspektlar) muhim rolь о‘ynaydi. Ularga quyidagilar kiradi: - davlat va moliyaviy institutlarga nisbatan bо‘lgan ishonch darajasi;
- о‘tmishdagi (oldingi yillardagi) moliyaviy xatti - harakat tajribasi va uning sub’ektiv bahosi;
- asosiy moliyaviy instrumentlarni bilish;
- quyilmalarning imkoniyatlari tо‘g‘risida ma’lumotlarga egalik qilish.
Jamg‘ariladigan fondlarni shakllantirish bо‘yicha uy xо‘jaliklari moliyaviy xatti-harakatlarining о‘ziga xos xususiyatlari jamg‘arma strategiyalarining elementlari va turlarini (kо‘rinishlarini) ajratib kо‘rsatishga imkon beradi. Uy xо‘jaligining har qanday jamg‘ariladigan strategiyasi mustaqil bо‘lgan uch komponetdan tarkib topadi:
- jamg‘arish normasi (me’yori), ya’ni uy xо‘jaligi jami daromadining jamg‘arishga yо‘naltiriladigan hissasi (ulushi) asosida jamg‘arishning amalga oshirilishi;
- risk va daromadlilikning diversifikatsiyalanish о‘lchamlarini (parametrlarini) hisobga olgan holda investitsion instrumentni tanlash;
- pul mablag‘larini quyish (joylashtirish) muddatlari.
Yuqoridagi (kо‘rsatkich)larning kombinatsiya qilinishi uy xо‘jaligining jamg‘arish strategiyasini belgilab (aniqlab) beradi. Uning quyidagi turlari (kо‘rinishlari) bо‘lishi mumkin:
-“0”li strategiya - jamg‘arish amalga oshirilmaydi, barcha daromadlar joriy ehtiyojlarni qondirishga yо‘naltiriladi;
-yuqori risk strategiyasi - quyilmalar faqat yuqori riskli moliyaviy aktivlarga yо‘naltiriladi;
- real strategiya - mablag‘lar past va bо‘lishi mumkin bо‘lgan riskli aktivlarga qо‘yiladi, risklar diversifikatsiya qilinadi.
Uy xо‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga, shuningdek, bank tizimi va moliyaviy bozorlarning rivojlanganlik darajasi, ya’ni tashqi muhit ham keskin ta’sir kо‘rsatishi mumkin. Bunda qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalar, bank operatsiyalari, pensiya ta’minoti, sug‘urta ishi va shu kabilarning huquqiy jihatdan ta’minlanganlik darajasi ham muhim rolь о‘ynaydi.
Hozirgi paytda turli moliyaviy instrumentlarning daromadliligida yaqinlashish tendensiyasi paydo bо‘layapti. Bu quyilmalar riskini pasaytirish va moliyaviy aktivlar portfelining barqarorligini oshirish maqsadida uy xо‘jaliklari aktivlari portfelini diversifikatsiyalashga asoslangan real jamg‘arish strategiyasining shakllanganligida namoyon bо‘lmoqda.