Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Uy xо‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning о‘ziga xos xususiyatlari



Download 5,22 Mb.
bet62/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

2.Uy xо‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning о‘ziga xos xususiyatlari
Uy xо‘jaligi iqtisodiy va moliyaviy qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiluvchi xо‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Bir vaqtning о‘zida, u faoliyati butun uy xо‘jaligining jami va uning har bir ishtirokchisining ijtimoiy namoyon bо‘lishi va rivojlanishiga xizmat qiluvchi mikrosotsium ham hisoblanadi. Ijtimoiy - iqtisodiy tizimdagi uy xо‘jaligining bunday о‘rni (pozitsiyalari) uning maqsadga yо‘naltirilganligi faoliyati va u tomonidan qabul qilinishi lozim bо‘lgan qarorlarning о‘ziga xosligini belgilab beradi.
Bolalar tarbiyasi, bilimlilik darajasining о‘sishi, sog‘liqni saqlash masalalari, dam olishni tashkil etish, uy xо‘jaligi keksa a’zolari tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilish va boshqa ijtimoiy maqsadlar uy xо‘jaligida birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
Aynan ana shular uy xо‘jaligi ichida ma’lum bir о‘zaro hamkorlikning (ta’sirning) normalari (me’yorlari) va qarorlar qabul qilishning kо‘zga kо‘rinmaydigan mexanizmlarini (hayotiy tajriba, an’analar, sub’ektiv ravishda ustuvorlik berish, jamoatchilik fikri va shunga о‘xshashlarni) shakllantiradi. Amalga oshirilishi uning ishtirokchilari hayotiy faoliyatini ta’minlab (ushlab) turish uchun zarur bо‘lgan tо‘lanmagan ishlar salmog‘ining ancha kattaligi uy xо‘jaligining о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlaridan biridir.
Tо‘langan va tо‘lanmagan ishlar kо‘rinishlari о‘rtasidagi nisbat tarixiy jihatdan о‘zgarib boradi va u uy xо‘jaligining ijtimoiy tarkibi hamda butun jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot (rivojlanish) darajasiga bog‘liq.
Uy xо‘jaligi tomonidan moliyaviy qarorlar qabul qilinadigan normalar va qoidalar tashqi omillar ta’siri natijasida shakllanadi.
Bunday tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
-ijtimoiy munosabatlarni me’yoriy-huquqiy tartibga solish;
-umumiy iqtisodiy vaziyat;
-tarkibiy о‘zgarishlar;
-inflyatsion kutilishlar;
-investitsion muhit;
-davlatning ijtimoiy siyosati;
-va boshqalar.
Tashqi omillar moliyaviy qaror qabul qilishda institusional chegaralarni aniqlab (belgilab) beradi. Bir vaqtning о‘zida, iqtisodiy faoliyatning sub’ekti sifatida uy xо‘jaliklari maqsad va unga erishish vositalarini tanlashda mustaqil hisoblanadilar va qabul qilingan iqtisodiy va moliyaviy qarorlar uchun mas’uldirlar (javobgardirlar).
Uy xо‘jaligining moliyaviy xatti-harakati quriladigan (yaratiladigan, vujudga keltiriladigan) ichki me’yorlar tizimi quyidagilarga bog‘liq:
- ijtimoiy - madaniy muhit, xususan, ijtimoiy holati, bilimlilik (savodxonlik) darajasi, uy xо‘jaligidan tashqaridagi va uning ichidagi ijtimoiy aloqalar (kontaktlar), dam olish shakllari va boshqalarga;
- uy xо‘jaligi faoliyatining iqtisodiy va huquqiy tavsifnomasi, shu jumladan, iqtisodiy xatti-harakatning tipiga (о‘z - о‘zini ta’minlash, hayot uchun kurash yoki rivojlanish rejimiga), tadbirkor maqomining yuridik jihatdan muhrlanganligiga va boshqalarga;
- axloqiy prinsiplarga, shaxsiy salohiyatiga - bunga fikr yuritishning о‘ziga xos xususiyatlari, risk tomon qadam tashlashga qodirligi va xokazolar kiradi.
Uy xо‘jaligining moliyaviy qarorini resurs jihatdan ta’minlash quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:
-dastlabki (boshlang‘ich) manbalar;
-jamg‘ariladigan manbalar;
-joriy manbalar.
Resurslar dastlabki (boshlang‘ich) manbalarining tarkibi meros bо‘yicha yoki kо‘chmas mulk, naqd pullar (naqdinalar), moliyaviy aktivlarning hadya etilishi natijasida berilgan boyliklarning turli moddiy shakllaridan iborat. Uy xо‘jaliklarining jamg‘armalari va investitsion quyilmalari resurslarning jamg‘ariladigan manbasini tashkil etadi. Resurlarning joriy manbalariga doimiy tushilmalar (mehnat haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar, ijtimoiy transfertlar) va nodoimiy pulli daromadlar (masalan, iste’mol krediti, lotereyadagi yutuqlar) kiradi.
Kerakli fondlarni shakllantirish uchun uy xо‘jaligining ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘larining barcha manbalari uy xо‘jaligining moliyaviy resurslarini tashkil etadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish