Nazorat uchun savollar
1.Davlat byudjeti nimalarga bog‘liq holda vujudga keladi va rivojlanadi?
2.Davlat byudjeti о‘zida qanday munosabatlarni ifodalaydi?
3.Davlat byudjeti uchun qanday xarakterli xususiyatlar xos?
4.“Davlat byudjeti” tushunchasiga terminologik jihatdan yana qanday tushunchalar qо‘shiladi?
5.Mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti Davlat byudjeti orqali taqsimlanganda qanday bosqichlarni bosib о‘tadi?
6.Byudjet fondini shakllantirishda qanday ikki tushunchalar foydalaniladi?
7.Qanday byudjet kategoriyalarini bilasiz?
8.Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni nimalardan iborat?
9.Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi deyilganda nima nazarda tutiladi?
10.Davlat byudjeti deb nimaga aytiladi?
11.Davlat byudjetining mohiyati nimalar orqali namoyon bо‘ladi?
12.Davlat byudjeti boshqa iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar bilan qanday bog‘langan?
11-Mavzu:Uy xо‘jaliklari moliyasi
Reja
1.Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xо‘jaliklari moliyasi.
2. Uy xо‘jaligining ta’rifi. Uy xо‘jaligiga tegishli bо‘lgan xarakterli xususiyatlar.
3. Uy xо‘jaliklari moliyasining har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanishi va uning moliyaviy ahamiyati.
1.Moliya munosabatlarining umumiy tizimida uy xо‘jaliklari moliyasi
Uy xо‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xо‘jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mо‘ljallanganligi bilan belgilanadi.
Bir tomondan, uy xо‘jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi va xuddi shu asosda о‘zlarining daromadlar manbalari va moliyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tomondan esa, uy xо‘jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi.
Bir vaqtning о‘zida, uy xо‘jaliklari jamiyat yalpi daromadining bir qismini jamg‘aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqali moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq tо‘lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan moliyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rolь о‘ynaydi.
Odatda, “uy xо‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (kishilar tо‘plamidan) iborat bо‘lgan institusionalь birlikni ifodalash uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xо‘jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga о‘zlarining daromadlari va boyliklarini tо‘liq yoki qisman о‘tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bо‘lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi).
Ayrim hollarda о‘zbek iqtisodiy adabiyotida “uy xо‘jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirilishiga yо‘l qо‘yilmoqda. SHunga mos ravishda “uy xо‘jaligi moliyasi” iborasining о‘rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. SHu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xо‘jaligi”dan ajratmoq (farqlamoq) lozim.
Eng avvalo, “uy xо‘jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib о‘tmoq lozim. Masalan, о‘zlarining о‘g‘illariga tegishli bо‘lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xо‘jaligining a’zolari bо‘lsalarda, uning oilasi bо‘laolmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xо‘jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kiraolmaydi va xokazo. Boshqacha aytganda, uy xо‘jaligi qarindosh bо‘lmaganlarni ham о‘z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bо‘lishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ta’kidlash joizki, uy xо‘jaligining iqtisodiy jihatdan aniqliligini (aniqlanishini) belgilashda oilaviy aloqalar asosiy omil bо‘laolmaydi. Buning ustiga, uy xо‘jaligining miqdoriy tarkibi ham о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarga ega.
Bu xususiyatlar, eng avvalo, shu bilan belgilanadiki, birgalikda yashayotgan va umumiy xо‘jalikni yuritayotgan shaxslar (kishilar) guruhi ham va bir vaqtning о‘zida, о‘zining iste’molini mustaqil ravishda ta’minlayotgan yagona bir shaxs (kishi) ham uy xо‘jaligi bо‘lib hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |