Milliy xо‘jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan biri ham davlat byudjetining xarajatlaridir. Moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xо‘jalikdagi oqilona proporsiyalarni ta’minlash maqsadida byudjet mablag‘larini tarmoqlar va hududlar bо‘yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va metodlari majmui tushuniladi. Milliy xо‘jalikni moliyaviy tartibga solishning ob’ektiv zarurligi katta о‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadigan, uning murakkab organizmi turli qismlarida moliyaviy resurslarni jamg‘arish sur’atlarining turlichaligi bilan izohlanadi.
Byudjet resurslarini sarf qilish orqali davlat pul mablag‘larini taqsimlashda vujudga kelgan proporsiyalarni о‘zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning (hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojlanishini rag‘batlantirmasdan, milliy xо‘jalikning rivojlanishini tartibga solishi mumkin.
Byudjet mablag‘larining katta qismini muhim ishlab chiqarish - hududiy komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin-astalik bilan chuqur sifat о‘zgarishlarining sodir bо‘lishiga - ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining о‘zgarishiga olib keladi.
Mamlakat milliy xо‘jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish Davlat byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining о‘zidayoq Davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli yо‘nalishlarga) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy о‘zgarishlarning sodir bо‘lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi.
Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat о‘zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag‘larini rejalashtirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng xarajat qilish imkoniga ega bо‘ladi. Mablag‘larni aniq taqsimlovchilarga byudjet kreditlarini ochish, byudjet assignovaniyalarini berish va ulardan samarali foydalanishni nazorat qilib, moliya organlari iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan kuzatuv olib boradilar va zarur holatlarda taqsimlanayotgan byudjet mablag‘larining proporsiyalarini о‘zgartiradilar.
Daromadlarni davlat byudjetidagi xarajatlarning aniq turlari va yо‘nalishlari bо‘yicha biriktirilishi prinsipi bо‘lmaganligi uchun bu erda byudjet resurslarini keng miqyosda о‘tkazish va shunga muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘laridan har qanday zarur yо‘nalishlarda foydalanilishi mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy xо‘jalikning ehtiyojlariga bog‘liq hamda byudjet mexanizmi orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.
Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan, byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada kо‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag‘larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag‘larini taqdim etishning о‘ziga xos bо‘lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir prinsiplarga tayanadi.
Byudjetdan moliyalashtirishning prinsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy elementlari bо‘lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan paytda byudjetdan oqilona va samarali moliyalashtirish tizimining ahamiyati yanada ortadi. Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etish-da, eng avvalo, moliyalashtirish prinsiplari muhim rol о‘ynaydi. Hozirgi amaliyotda foydalanilayotgan byudjetdan moliyalashtirishning prinsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bо‘lish mumkin. Umumiy prinsiplar byudjetdan mablag‘ oladigan barcha sub’ektlarning faoliyatiga tegishlidir. Xususiy prinsiplar esa sub’ektlar faoliyatining tashkil etilishiga bog‘liq ravishda byudjet mablag‘larining taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy prinsiplari quyidagilardan iborat bо‘lishi mumkin: - minimum xarajatlardan maksimum samara olish;
- byudjet assignovaniyalaridan foydalanishning maqsadli xarakterdaligi;
- kо‘zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan assignovaniyalardan foydalanilganligini inobatga olgan holda byudjet mablag‘larini taqdim etish.
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy prinsiplar bilan birgalikda xususiy prinsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:
- byudjet assignovaniyalarini faqat ishlab chiqarishni kengaytirish xarajatlariga ajratish;
- byudjet assignovaniyalarining о‘lchamini aniqlashda “qoldiq” yondashuvidan foydalanish;
- byudjetdan moliyalashtirish rejalashtirilayotgan xara-jatlardan kredit metodini ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
- korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish prinsipi va boshqalar.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning turli shakllaridan foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dotatsiya, subvensiya, subsidiya, byudjet ssudalari, baholardagi farqni qoplash va boshqalar byudjetdan moliyalashtirishning shakllaridir.