Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet60/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Uy xо‘jaligini xо‘jalik yuritishning mustaqil iqtisodiy va moliyaviy birligi sifatida ajratilishi quyidagi me’zonlar asosida amalga oshirilmog‘i lozim:
-birgalikda (bir joyda) yashash;
-umumiy byudjetning mavjudligi;
-iqtisodiy qarorlarni birgalikda (hamkorlikda) qabul qilish.
Uy xо‘jaliklari moliyasi moliya tizimining muhim elementi hisoblanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida u uy xо‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bо‘lgan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iboratdir.
Ana shuni e’tiborga olgan holda uy xо‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin: uy xо‘jaliklarida iste’mol maqsadlari va jamg‘arish uchun pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga tegishli (oid) bо‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmuiga uy xо‘jaliklari moliyasi deyiladi.
Iqtisodiy fanlarda ijtimoiy - iqtisodiy faoliyatning alohida olingan sohasida bir xilda va doimiy ravishda vujudga keladigan munosabatlar mustaqil iqtisodiy kategoriyaning mazmunini tashkil etishi umume’tirof etilgan. Bu о‘rinda gap “uy xо‘jaliklari moliyasi” kategoriyasining ijtimoiy -iqtisodiy mazmuni tо‘g‘risida ketayotir.
Ana shuni inobatga olgan holda uy xо‘jaliklari moliyasiga quyidagicha ta’rif ham berish mumkin: о‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari jarayonida uy xо‘jaliklari va ularning alohida a’zolari ishtirokida pul mablag‘lari maqsadli fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasida vujudga keladigan pul munosabatlarining majmui uy xо‘jaliklari moliyasi deb ataladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xо‘jaliklari о‘zlarining ichida va о‘zlariga nisbatan tashqi bozor sub’ektlari sanalganlar bilan moliyaviy munosabatda bо‘ladi. Shunga muvofiq ravishda uy xо‘jaliklarida mavjud bо‘lgan moliyaviy munosabatlar majmuini ikki guruhga bо‘lish mumkin:
-ichki;
-tashqi.
Individlar - uy xо‘jaligi a’zolarining ehtiyojlarini yanada tо‘laroq qondirish maqsadida zaruriy (kerak bо‘lgan) pul fondlarini (joriy iste’mol darajasini, pul rezervlarini, investitsiyalashtirishni ushlab (saqlab) turish uchun va xokazo) shakllantirish va ulardan foydalanishga oid uning ishtirokchilari (a’zolari) о‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar uy xо‘jaligining ichki moliyaviy munosabatlari hisoblanadi.
Uy xо‘jaliklarining tashqi moliyaviy munosabatlari ularning boshqa iqtisodiy sub’ektlar bilan bо‘lgan о‘zaro aloqalari orqali namoyon bо‘ladi. Korxonalar va tashkilotlar moliyasi bilan uy xо‘jaliklari bevosita о‘zaro bog‘langan: firmalarga iqtisodiy resurslarni taqdim etib (berib), ularning egalari sifatida uy xо‘jaliklari yaratilgan mahsulotning qiymatidan о‘z hissalarini (ulushlarini) oladilar va demak, ular shu bilan yalpi mahsulotni birlamchi taqsimlashda ishtirok etadilar.
Bu munosabatlar о‘zining yana bir muhim iqtisodiy tomoniga ega: ular iqtisodiyotda aholi daromadlarining boshlang‘ich darajasini belgilab beradiki, bu narsa, о‘z navbatida, iste’molning shakllanishi, kо‘lami va tarkibiy tuzilmasiga, tо‘lovga layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat, uy xо‘jaliklari tomonidan jamg‘arish funksiyasining amalga oshirilishiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Davlat va uy xо‘jaliklari о‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar ham tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga qaytariluvchi) aloqalar asosida quriladi (vujudga keladi) va ular byudjet hamda maqsadli fondlarni shakllantirish va ulardan foydalanishdagi munosabatlarni ifodalaydi.
Uy xо‘jaliklarining daromadlari va mol - mulklari soliqqa tortilish ob’ekti sifatida maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning о‘zida soliqlar, pensiya tizimi, ijtimoiy transfertlar orqali davlat moliyaviy oqimlarni uy xо‘jaliklarining turli guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlaydi.
Uy xо‘jaliklari va davlat о‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bо‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat uy xо‘jaliklariga tegishli bо‘lgan daromadning taqsimlanish jarayoniga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir qilish instrumentlariga ega emas.
Buning sababi shundaki, uy xо‘jaliklari pul fondlarini shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi tо‘g‘risida, ularni sarflashning о‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda mustaqildir. SHu bilan birgalikda davlat uy xо‘jaliklariga tegishli bо‘lgan daromad va yakuniy (oxirgi) iste’molning о‘lchamiga (kо‘lamiga) ta’sir qilishga qodir. Bu narsa, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi mumkin:
- soliqli tartibga solish (tartiblash);
- mehnat haqini tо‘lash stavkalarini о‘rnatish (belgilash);
- birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish (tartiblash);
- imtiyozlar tizimi;
- sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish orqali ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish;
- va boshqalar.
Uy xо‘jaliklarining о‘zlari о‘rtasidagi (uy xо‘jaliklariaro) moliyaviy munosabatlar uy xо‘jaliklari sektorining ichida moliyaviy resurslarning harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar sifatida qaraladi.
Bu erda ushbu jarayon hamma vaqt ham oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish