Funksional mо‘ljallanganligiga kо‘ra uy xо‘jaliklarining moliyaviy resurslari quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega bо‘lishi mumkin:
- joriy xarajatlar uchun mо‘ljallangan pul mablag‘lari – oziq-ovqat mahsulotlari, nooziq-ovqat mahsulotlarining ayrim turlarini (poyafzal, ust-bosh) sotib olish xarajatlari, davriy ravishda iste’mol qilinadigan xizmatlarning haqi va xokazo;
- kapital xarajatlar uchun mо‘ljallangan pul mablag‘lari-uzoq davr foydalanishga mо‘ljallangan tovarlar (mebelь, uy-joy, transport vositalari) uchun xarajatlar, uy xо‘jaligi a’zolari tomonidan iste’mol qilinadigan xizmatlarning (maorif, tibbiy xizmat kо‘rsatish, sayyohlik yо‘llanmalari) haqini tо‘lash;
- pul jamg‘armalari.
Uy xо‘jaliklari ma’lum davrdagi moliyaviy qarorlarining majmui ularning moliyaviy xatti - harakatini belgilab (aniqlab) beradi. Moliyaviy qarorlarni qabul qilishda sub’ektiv motivlar, ustuvorliklar va cheklanmalar rolining katta bо‘lganligi uchun bunday xatti-harakat juda xilma - xildir. Buning ustiga, uy xо‘jaliklarining moliyaviy xatti-harakati dinamikali, tez о‘zgaruvchan jarayon hisoblanadi.
Shu munosabat bilan uy xо‘jaliklarining moliyaviy qarorlari miqdoriy va sifat pozitsiyalaridan (shu jumladan, marketingli), iqtisodiyot, sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya nuqtai-nazarlaridan tadqiq etiladi. Bu narsa uy xо‘jaligining jamg‘arma va investitsion salohiyatini о‘rganish, uning iste’mol, qarz va kreditga oid xatti - harakatini tahlil qilish uchun zarur. Jahon amaliyotida bunday tadqiqotlar ijtimoiy ustuvorlik, fikr va kutilmalarda sodir bо‘layotgan transformatsiyalanishni aniqlash maqsadida doimiy ravishda olib boriladi.
Uy xо‘jaligidagi moliyaviy qarorlar, qanday bо‘lishidan qat’iy-nazar, baribir ularning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq. SHu nuqtai-nazardan, uy xо‘jaliklarining moliyaviy qarorlari bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langan quyidagi bloklarni qamrab oladi:
- uy xо‘jaligining daromadlarini shakllantirish;
- iste’mol xarajatlarining hajmi va tarkibiy tuzilmasi (uy xо‘jaligining iste’mol fondi);
- jamg‘ariladigan fondlarni yaratish imkoniyati va zarurligi.
Yuqorida keltirilgan ikkinchi va uchinchi yо‘nalishlar, kо‘rinib turibdiki, pul fondlaridan foydalanishga doir moliyaviy qarorlarni qamrab oladi. Endi har bir blokka (yо‘nalishga) tegishli bо‘lgan uy xо‘jaliklarida moliyaviy qarorlar qabul qilishning xususiyatlari tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tamiz.
Yakuniy iste’molning manbai va xarajatlarda byudjet cheklanmalarini aniqlab berganligi uchun uy xо‘jaliklarida daromadlarni shakllantirish jarayoni prinsipial jihatdan muhim ahamiyatga ega. Daromadlar qancha katta (yuqori, kо‘p) bо‘lsa, uy xо‘jaliklarining moliyaviy imkoniyatlari shuncha yuqori va moliyaviy qarorlar diapazoni shuncha keng bо‘ladi. Moliyaviy qarorlar uy xо‘jaliklarining aktivlarini hisobga olgan holda kelgusi davr daromadlarining tarkibiy tuzilmasini shakllantirishga ham tegishli bо‘lishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida uy xо‘jaliklarining daromadlarini shakllantirish bо‘yicha moliyaviy qarorlar qabul qilish asosida (negizida) mulkchilik munosabatlari yotadi. Ishlab chiqarish omillariga nisbatan bо‘lgan mulkchilik daromadlarni funksionalь (birlamchi) taqsimlanishini aniqlab beradi va uy xо‘jaliklari moliyaviy salohiyatining о‘sishi uchun iqtisodiy asos bо‘lib xizmat qiladi. Bir vaqtning о‘zida daromadning funksionalь taqsimlanishi yollanib mehnat qiluvchi shaxs va kapital egasining ijtimoiy maqomi bir tarzda (bir xilda) identifikatsiya qilingan sharoitdagina uni fuqarolar о‘rtasida real taqsimlanishini ifodalaydi.
Chunki zamonaviy iqtisodiy tizimlarning о‘ziga xos xususiyati ijtimoiy maqomning aralashib (qorishib) ketganligi bilan xarakterlanadi. Unga kо‘ra, yollanma ishchilar qimmatli qog‘ozlarning turli kо‘rinishlarini egallab, kapitalning egasiga aylanishi, kо‘chmas mulkka ega bо‘lib, о‘zining biznesini tashkil qilishi mumkin.
Boshqacha sо‘zlar bilan aytganda, uy xо‘jaliklari darajasida daromadlarni shakllantirish bо‘yicha moliyaviy qarorlar quyidagilarga bog‘liq bо‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |