Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet2/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

O’QUV-USLUBIY MAJMUA
MUNDARIJASI



1.

O’quv materiallar:




1.1

Ma’ruza matni.




1.2

Amaliy mashg’ulotlarni bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma




1.3

Amaliy mashg’ulotlarga qo’shimcha materiallar




2

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari:




2.1

Mustaqil ta’lim bo’yicha uslubiy ko’rsatma




3.

Glossariy




4.

Ilovalar:




4.1

Fan dasturi




4.2

Ishchi o’quv dastur.




4.3

Testlar




4.4

Ishchi o’quv dasturiga muvofiq baholash mezonlarini qo’llash bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar




4.5

O’UMning elektron varianti








O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK
INSTITUTI

SANOAT ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH” KAFEDRASI



MOLIYA VA SOLIQLAR

FANIDAN
MA’RUZA KURSI

Bilim sohasi:

200000

  • Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq

Ta’lim sohasi:

230000

  • Iqtisod

Ta’lim yo‘nalishi:

5230100

  • Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)




5230200

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)



Andijon


1-Mavzu: Moliyaning mohiyati va funksiyalari
Reja


1.Moliya va davlatning vujudga kelishi, uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi.
2.Tovar-pul, taqsimlash, qayta taqsimlash munosabatlari va moliya. 3.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanishi.
4.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini ifodalovchi ta’rif. Moliya va moliyaviy munosabatlarning xarakterli belgilari.
5. Moliya yordamida ifodalanadigan pul munosabatlari. Moliya va YAIM hamda MDni taqsimlash va qayta taqsimlash.
6. Zamonaviy iqtisodiyot va davlat moliyasi. Moliya va ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasi. Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va moliya. Moliyaning moddiy mazmuni.
7.Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida. Moliya va baho. Moliya va kredit. Moliya va ish haqi.
8.Moliya va soliq. Ularning о‘xshash va farqli jihatlari. Moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari. Ularning о‘zaro bog‘liqligi.


1.Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati
“Moliya” arabcha sо‘z bо‘lib, о‘zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag‘lari” ma’nosini anglatadi. Bu sо‘z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi kо‘rinishlari mavjud:
-maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bо‘ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag‘larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi (masalan, moliya yili, moliya kapitali, moliya tizimi);
-biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag‘lari (masalan, korxona moliyasi);
-shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug‘ullanuvchi davlat organi (sо‘zlashuv tilida).
Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg‘armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag‘lari; soliq” sо‘zlari ham moliyaga daxldordir.
О‘zining lug‘aviy ma’nosi jihatidan “moliya” sо‘zi fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” sо‘zlarining ekvivalenti yoki ma’lum ma’noda, sinonimi hisoblanib, eng avvalo, “daromad”, “pul mablag‘lari” yoki “tо‘lov” degan ma’nolarda ham ishlatiladi. Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bо‘lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy (uzluksiz) tovar- pul munosabatlari sharoitida paydo bо‘ldi.
Davlatning mavjudligi yaratilayotgan iqtisodiy (moddiy) ne’matlarni taqsimlash va qayta taqsimlash bо‘yicha oliy hokimiyat organi (shaxsi) sifatida davlat va takror ishlab chiqarish munosabatlarining boshqa ishtirokchilari (subektlari) о‘rtasida ma’lum bir munosabatlarning о‘rnatilishini taqoza etadi. Xususan, ana shu munosabatlar “moliya” tushunchasi orqali ifodalangan.
Natural munosabatlar ustunlik qilgan jamiyatlarda taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari natural soliqlar va turli kо‘rinishdagi shaxsiy tо‘lanmalar xarakteriga ega bо‘lgan. Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi taqsimlash va qayta taqsimlash munosabatlari shakllarining о‘zgarishiga olib keldi-ular kо‘proq ravishda pul xarakteriga ega bо‘ldi. Biroq bu munosabatlarning mazmun-mohiyati prinsipial jihatdan keskin о‘zgarmay qolaverdi.
Zamonaviy tasavvurdagi“ moliya” tushunchasini davlat xazinasining alohidalashuvi va davlat byudjetining vujudga kelishi bosqichiga kiritish mumkin. Qayd etish lozimki, moliya va moliyaviy munosabatlarning mohiyati haqidagi tasavvurlar vaqt о‘tishi bilan о‘z kо‘rinishini о‘zgartirib borgan.
Korporativ tipdagi (ustav kapitalining hissali aktsionerlik shaklidagi) milliy va transmilliy tashkilotlarning vujudga kelishi bilan bog‘liq holda tovar ishlab chiqarishning shirik masshtablarda rivojlanishi takror ishlab chiqarish jarayoninning turli ishtirokchilari о‘rtasida pul mablag‘larini jalb qilish, ulardan foydalanish va ularni taqsimlash metodlari hamda usullarining takomillashuviga olib keldi.
Tovarlar harakatidan alohidalashgan (ajralgan) pul mablag‘larining harakati masalalari bu taqsimlash jarayonlarida alohida ahamiyat kasb etadi. Ular bir tomondan, kreditning turli shakllari va ikkinchi tomondan, turli subektlar о‘rtasida yalpi ichki mahsulot qiymatini taqsimlash va qayta taqsimlash bilan bog‘liqdir. Bir vaqtning о‘zida, ularning har biri amaldagi huquqiy normalar yoki ishbilarmonlik aylanmasining tartibiga muvofiq ishlab chiqarilgan mahsulotdan о‘z hissalarini olishga da’vo qiladilarki, bu moliyaviy munosabatlarning sohasidir.
Shunday qilib, moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi. Tarixiy kategoriya sifatida ham moliyaning vujudga kelishi jamiyatning sinflarga bо‘linishi va davlatning paydo bо‘lishi bilan bog‘liq.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi.
Moliyaviy munosabatlarning farqlanuvchi xarakterli belgisi shundan iboratki, YAIMni qayta taqsimlash jarayoni oldindan ma’lum maqsadlarga mо‘ljallangan turli pul mablag‘lari fondlarini yaratish bilan kuzatiladi.
Davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari markazlashtirilgan fondlar, xо‘jalik subektlari darajasida tuzilgan pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi.
Xо‘jalik subektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag‘lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda reglamentatsiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgiga ega ekanligini kо‘rsatadi.
YAIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi, tadbirkorlik (ishbilarmonlik) daromadi, dividentlar va qayta taqsimlashning boshqa shakllari kо‘rinishidagi о‘z hissalarini (ulushini) oladi. Bundan tashqari majburiylik xarakteriga ega bо‘lgan soliqlar va boshqa tо‘lovlarni tо‘lash orqali (vositasida) aholi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirishda ishtirok etadi.
Aholi daromadlari va xarajatlarini shakllantirish va foydalanish bilan bog‘liq bо‘lgan pul munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning alohida sohasini tashkil etadi. SHunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir:
-qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog‘liq bо‘lmasdan, aksincha, real pullarning harakatiga bog‘liq bо‘lgan, huquqiy normalar yoki biznesni yuritish etikasiga asoslangan munosabatlarning taqsimlash xarakterdaligi;
-pul mablag‘lari harakatining, odatda, bir tomonlama yо‘nalishga ega ekanligi;
-markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarini yaratish (vujudga keltirish).
Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday о‘rinni egallaganligiga bog‘liq. Bir vaqtning о‘zida moliya puldan о‘zining mazmuni va bajaradigan funksiyalari bо‘yicha farqlanadi. Agar pul umumiy ekvivalent bо‘lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari о‘lchansa, moliya esa yalpi ichki mahsulot (YAIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta taqsimlashning iqtisodiy instrumenti, pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish qurolidir.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish yо‘li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag‘lariga bо‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima uchun mо‘ljallanganligini belgilab beradi.
Moliya quyidagilar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlarini ifodalaydi:
-tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni realizatsiya qilish jarayonida korxonalar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondlarini yaratish va ularni taqsimlash borasida korxonalar va ularning yuqori organlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-byudjet tizimiga soliqlarni tо‘lash va xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish davomida korxona va davlat о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-soliqlar va boshqa ixtiyoriy tо‘lovlarni tо‘lash jarayonida davlat va fuqarolar о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-tо‘lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida korxonalar, fuqarolar va maqsadli fondlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-byudjet tizimining alohida bо‘g‘inlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-sug‘urta badallarini tо‘lash va zararlarni qoplash, sug‘urta hodisasi rо‘y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari о‘rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;
-korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat qiluvchi pul munosabatlari.
Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai bо‘lib mamlakatning milliy daromad hisoblanadi. Milliy daromadning hajmi umumdavlat ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida qismlarining - iste’mol fondi va jamg‘arish fondining - hajmini hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proporsiyalari (nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Huddi shuning uchun ham barcha mamlakatlarda milliy daromad statistikasiga muhim ahamiyat berilayotir.
Moliyaning ishtirokisiz milliy daromadni taqsimlab bо‘lmaydi. Moliya milliy daromadni yaratish va undan foydalanishning ajratib bо‘lmaydigan bog‘lovchi bо‘g‘ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’molga ta’sir etib, ob’ektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis kategoriyasiga mansubdir.
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasisiz faoliyat kо‘rsataolmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, iqtisodiyotning qator yangi ustuvor tarmoqlari, barcha uchun zarur bо‘lgan korxonalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular jumlasidandir.
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotining darajasini va ularning xо‘jalik hayotidagi makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi.
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning ahvolini belgilab beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy о‘sish, YAIM va MD kо‘payishi (oshib borishi) sharoitida moliya о‘zining muntazamliligi va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning yanada rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasini yanada ortishini rag‘batlantiradi.
Iqtisodiy krizis (tanazzul), ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlikning ortishi sharoitida moliyaning holati (ahvoli) keskin yomonlashadi. Bu narsa, о‘z navbatida, davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan moliyalashtiriladigan byudjet defitsitining kattaligida, pul emissiyasida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bо‘yicha xarajatlarning kо‘payishida namoyon bо‘ladi.
Bularning barchasi inflyatsiyaning kuchayishiga, xо‘jalik aloqalarining buzilishiga, о‘zaro notо‘lovlarning ortishiga, pul surrogatlarining paydo bо‘lishiga, barterli bitimlarning kо‘payishiga, soliqlarni byudjet undirish borasida qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining о‘z vaqtida moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda ishlab chiqarish real sohasining holati birinchi darajali ahamiyat kasb etadi.
О‘zining moddiy mazmuniga kо‘ra moliya pul mablag‘larining maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning jami (yig‘indisi), oxir oqibatda, mamlakatning moliyaviy resurslarini tashkil etadi.
Mamlakat moliyaviy resurslari о‘sishining asosiy sharti milliy daromadning ortishi (kо‘payishi)dir. Bir vaqtning о‘zida, “moliya” va “moliyaviy resurslar” teng kuchli bо‘lmagan tushunchalar hisoblanadi. Moliyaviy resurslar о‘z-о‘zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki mazmuni va ijtimoiy mо‘ljallanganligini ochaolmaydi. Moliya fani resurslarning о‘zini emas, balki resurslarni shakllantirish, taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni о‘rganadi. Bu fan moliyaviy munosabatlarning taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi.
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansada, kо‘p jihatdan u hukumat tomonidan amalga oshiriladigan (yurgiziladigan, hayotga tatbiq etiladigan) moliyaviy siyosatga ham bog‘liq bо‘ladi.
Moliya - bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning yordamida milliy daromadni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi amalga oshiriladi. Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati “Davlat kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning manfaatlari uchun bu mablag‘lardan foydalanadi?” degan savolning tadqiq qilinishi orqali namoyon bо‘ladi. Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va xokazolar orqali ham amalga oshiriladi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishiga baho deyiladi. Milliy daromadning taqsimlanishidan oldin tovar realizatsiya qilinishi kerak. Baho mulkdorlarga mahsulot realizatsiyasidan kelib tushishi mumkin bо‘lgan pul mablag‘larining о‘lchamini aniqlaydi va navbatdagi taqsimlash jarayonlari uchun boshlang‘ich asos sifatida maydonga chiqadi. Baho tovarlarga bо‘lgan talab va taklifni tartibga soladi va shu orqali takror ishlab chiqarishga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida baho pensiya, nafaqa va hatto minimal ish haqini aniqlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bо‘lgan kо‘rsatkich hisoblanadi. Agar davlat baholarni tartibga solmasa, ijtimoiy tо‘lovlarni korrektirovka (о‘zgartirishga) qilishga va minimal ish haqini oshirishga majbur bо‘ladi. Hozirgi paytda dunyoning juda kо‘p mamlakatlarida davlat ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi muhim tovarlarning bahosini korrektirovka qilayotir (о‘zgartirayotir). Baho, shuningdek bojxonaviy tartibga solishda va bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi.
Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari kо‘plab tovar guruhlari bо‘yicha sotib olish olish bahosi bо‘yicha emas, balki haqiqatdagisidan keskin farq qiluvchi normativ baholar bо‘yicha undiriladi. Shunga mos ravishda (boshqa sharoitlar teng bо‘lgan taqdirda) byudjetning daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar ortadi.
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar sifatida bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Ular hamkorlikda kengaytirilgan asosda korxonalar pul fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus moliya-kredit institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini ifodalaydi.
Takror ishlab chiqarish jarayonida uning roli etarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar о‘rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishning ehtiyojlarini qoplash usuli va
xokazo Biroq, bir vaqtning о‘zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet-kassa uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib tushgunga qadar byudjet xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bо‘lgan paytda) qoplashning muhim shakli. О‘z navbatida, agar byudjet mablag‘lari tijorat banklarining hisob varaqlarida saqlanayotgan bо‘lsa, bu banklar uchun muhim ssuda manbaidir.
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) о‘zining qaytariluvchanligi va haqliligi bilan farqlanadi. Bir vaqtning о‘zida, har ikki holatda ham ular pul mablag‘larining harakatlanishini ifodalaydi hamda kredit va moliya pul munosabatlarining chegarasidan (ramkasidan) chetga chiqmaydi. Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega.
Banklar korxonalar va aholining bо‘sh pul mablag‘larini akkumulyatsiya qiladilar va ularni ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik va muddatlilik asosida ularga ehtiyoj sezgan korxonalarga beradilar. Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa kreditorga belgilangan mudatda oldindan о‘rnatilgan foizlarni tо‘lagan holda qaytarilishi kerak.
Yuqorida keltirib о‘tilgan barcha kategoriyalar pul xarakteriga, pul tabiatiga ega bо‘lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning belgilari xosdir. Masalan, ish haqi etarli darajada asoslangan tarzda pulli tо‘lanma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul bо‘lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi.
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Qonunga rioya etmaslik jazo choralarining qо‘llanishini taqozo etadi. Biroq, bundan tashqari, soliq bizga tegishli bо‘lgan daromad va ish haqining bir qismidir. О‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish) bо‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob- lanadi.
Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-birlaridan о‘zlarining funksiyalari va mо‘ljallanganligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli bо‘lgan barcha belgilarning majmui kо‘rib chiqilsagina ularni farqlash mumkin. Xususan, noekvivalent xarakterga ega bо‘lgan va davlatning mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul munosabatlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida moliya mavjud bо‘lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga о‘tsa, u boshqa iqtisodiy kategoriyalarning belgilarini о‘zida mujassam etadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish