Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet7/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Jamg‘arish fondi ikki qismdan iborat bо‘lib, uning bir qismi takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ikkinchi qismi esa rezerv fondlarini shakllantirishga mо‘ljallangandir. Taqsimlashning bu bosqichida moliyaning ishtiroki iqtisodiyotga davlat quyilmalarini joylashtirish (kiritish), davlat rezervlarini shakllantirish va sug‘urta fondlarini tashkil qilish orqali namoyon bо‘ladi.
Bunda tegishli fondlarni shakllantirish bosqichi bu bosqichdan oldinroq amalga oshiriladi. Lekin bu erda tegishli navbatga rioya qilinmasligi ham mumkin. Chunki barcha daromad va xarajatlar yil boshida tasdiqlangan byudjet doirasida (chegarasida) amalga oshiriladi. Barcha rivojlangan (sivilizatsiyali) mamlakatlarda byudjet qonun kuchiga ega bо‘lib, bu narsa taqsimlash jarayonining qonuniyatlarini о‘rganayotgan paytda daromad va xarajatlarning ketma-ketligiga e’tibor bermaslikka imkon beradi.
Kо‘pchilik hollarda amaliyotda daromadlardan xarajatlarning oldinroq amalga oshirilishi sodir bо‘ladi (daromadlar shakllantirilmasdanoq xarajatlarni sarflash zaruriyati vujudga keladi). Daromad va xarajatlarning muddatlari bо‘yicha nomuvofiqlikni oldini olish uchun (yoki shu muammoni hal etish uchun) davlat krediti mexanizmidan foydalaniladi.
Jamg‘arish fondi va iste’mol fondi о‘rtasidagi nisbat vaqt jihatidan ham, takror ishlab chiqarish jarayonining alohida olingan subektlari (davlat bilan ham birgalikda) о‘rtasida ham juda alohidadir. Iste’molning darajasiga texnologiya darajasi, kommunikatsiyalar, davlat tuzilmasi.
Huddi shunga о‘xshash ravishda jamg‘arish fondi va iste’mol fondi о‘rtasidagi nisbatlarning tendentsiyasini aniqlashning ham iloji yо‘q. Iste’mol fondining etarli yuqori darajadasida noishlab chiqarish sektorida jamg‘arishning hissasi ortadi (ya’ni, shaxsiy jamg‘armalar о‘sadi). Agar milliy daromadda iste’molning nisbiy hissasi kamroq bо‘lsa, korporativ jamg‘armalar о‘sadi. Chunki yaratilgan milliy daromad yangidan yaratilgan qiymatdan boshqa narsa emasdir. Butun takror ishlab chiqarish jarayonining negizida о‘ziga xos tovar bо‘lgan ishchi kuchi yotadi. Tovar sifatida ishchi kuchi о‘zini takror ishlab chiqarish xarajatlaridan ortiq bо‘lgan qiymatni yaratish xususiyatiga egadir. Bu xususiyat ishlab chiqarishning boshqa tarkibiy qismlariga - mehnat qurollari va mehnat predmetlari - xos emas.
О‘z navbatida, istemol fondi ham quyidagi ikki tarkibiy qismdan iborat:
-ijtimoiy iste’mol fondlari;
-shaxsiy iste’mol fondlari.
Alohida olingan mamlakatlar bо‘yicha ular о‘rtasidagi nisbat davlat tuzilmasiga, an’analarga va xokazolarga bog‘liq. Hokimiyat tepasida kommunistik yoki ijtimoiyistik partiyalar turgan mamlakatlarda ijtimoiy iste’mol fondlari iste’mol fondlarining umumiy hajmida asosiy о‘rinni egallaydi. Chunki ijtimoiy iste’mol fondlari orqali davlat maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordam kо‘rsatish jarayonlarini moliyalashtirishni tashkil etadi.
Ijtimoiy iste’mol fondlarining salmog‘i boshqa mamlakatlarda ham nisbatan yuqori bо‘lib, bu fondlar orqali boshqaruv xarajatlari, mudofaa, sanoat, qishloq xо‘jaligi va hokazolarni moliyalashtirish qо‘llab-quvvatlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni moliyasiz tasavvur etib bо‘lmaydi.
Boshqa qanday iqtisodiy kategoriyalarning hech biri bu jarayonda bevosita ishtirok etmaydi. Ammo bu narsani sо‘zma-sо‘z tushunish kerak emas. Chunki, masalan, buxgalteriya hisobi tizimi soliqlar va ajratmalarning о‘lchamini aniqlashga sharoit yaratadi, baholar va amortizatsiya ajratmalari tizimi esa foyda summasiga о‘z ta’sirini kо‘rsatadi. Biroq ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning bevosita jarayoniga faqat moliya xizmat qiladi.
Ijtimoiy iste’mol fondlarining asosiy qismi Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladi. Bu fondlarning bir qismi ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishga sarflanadi. Bozor iqtisodiyoti xos bо‘lgan dunyoning kо‘pchilik mamlakatlarida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirishda о‘zining tо‘lovlari bilan ham ish beruvchilar va yollanma mehnat xodimlari ishtirok etadilar. Oxirgi holda ijtimoiy iste’mol fondini shakllantirishga shaxsiy iste’mol fondining bir qismi yо‘naltiriladi.
Shaxsiy iste’mol fondining qolgan qismi quyidagi ikki qismga bо‘linadi:
-shaxsiy jamg‘arma fondlari;
-iste’mol fondlari.
Aynan shaxsiy iste’mol fondining ana shu ikki qismi tovar mexanizmining faoliyat kо‘rsatishi uchun tegishli sharoitni yaratadi.
Iste’mol fondi va jamg‘arish fondi о‘rtasidagi nisbat hamda ularning fizik hajmi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rivojlanish sur’atini belgilab beradi. Agar davlat soliqlar kо‘rinishida birlamchi daromadlarning katta qismini olib qо‘ysa, u shu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga tо‘sqinlik qilishi mumkin.
Bu erda hamma narsa boshqaruv organi sifatida davlatning xususiyatiga borib taqaladi uning xarajatlari yo ortiqcha (davlat apparati xarajatlarini moliyalashtirish tо‘g‘risida gap ketayapti), yo nosamarali (iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar qismi) yo nooqilona (ijtimoiy soha xarajatlari haddan ziyod qimmat bо‘lib, ishchi kuchining takror ishlab chiqarilishini rag‘batlantirmaydi) bо‘lishi mumkin.
Agar davlat soliqlar kо‘rinishida MDning 30foiz dan ortiqrog‘ini oladigan bо‘lsa, u holda iqtisodiyotni о‘stirish va modernizatsiya qilish uchun ichki rezervlar etarli darajada bо‘lmay qolishi mumkin. Albatta, soliqli olib qо‘yish darajasi 30 foizdan ham ortiq bо‘lishi mumkin. Biroq, bunday hollarda ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismini davlat о‘z zimmasiga olishi kerak.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish