Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish



Download 5,22 Mb.
bet4/290
Sana27.02.2023
Hajmi5,22 Mb.
#915104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290
Bog'liq
MAJMUA Moliya va soliqlar

Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
-xо‘jalik subektlari, aholi, davlat va mahalliy о‘z-о‘zini boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini shakllantirishga;
- xо‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, shuningdek ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlashni sodir etishga;
- xо‘jalik subekti va davlat darajasida zahiralar yaratishga, fuqarolar tomonidan jamg‘arishni amalga oshirishga imkoniyat va shart-sharoit yaratib beradi.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning instrumenti sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga oshirilishini ob’ektiv ravishda о‘zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YAIMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsadga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali namoyon bо‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning harakati tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat pul mablag‘larini taqsimlashda qanday proporsiyalarning (nisbatlarning) vujudga kelayotganligi, xо‘jalik yurituvchi subektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning о‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi xususida ma’lumotga ega bо‘lishi kerak. Agar moliyaning nazorat funksiyasi amaliyotda amalga oshirilmasa, moliya taqsimlash funksiyasining samaradorligini baholashning ham iloji yо‘qki, bu narsa yuqoridagi har ikki funksiya koordinatsiya qilinishining (muvofiqlashtirilishining) zarurligi tо‘g‘risida darak berayotir.
Bozor munosabatlariga о‘tish sharoitida moliyaning nazorat funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik rivojlanishini ta’minlashga, ilmiy-texnika taraqqiyotini jadallashtirishga, milliy xо‘jalikning barcha bо‘g‘inlarida ish sifatini uzluksiz yaxshilashga yо‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini tо‘liq qamrab oladi. Iqtisodiy rag‘batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tabiiy boyliklardan oqilona va tejamkor foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlari va yо‘qotmalarni qisqartirish, xо‘jasizlik va isrofgarchilikning oldini olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir.
Moliya nazorat funksiyasining eng muhim vazifalaridan biri moliyaviy masalalar bо‘yicha qonunchilikning aniq bajarilishini, byudjet tizimi, soliq xizmati, banklar oldidagi moliyaviy majburiyatlar, shuningdek hisob-kitoblar va tо‘lovlar bо‘yicha xо‘jalik yurituvchi subekt-larning о‘zaro majburiyatlari bajarilishining о‘z vaqtidaligi va tо‘liqligini tekshirish hisoblanadi.
Moliya organlarining kо‘p qirrali faoliyatlari orqali moliyaning nazorat funksiyasi namoyon bо‘ladi. Moliya tizimi va soliq xizmatining xodimlari moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar qismining bajarilishida moliyaviy nazoratni amalga oshiradilar. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida nazorat ishlarining yо‘nalishi, moliyaviy nazoratning shakl va metodlari keskin о‘zgaradi.
Moliyaning funksiyalari moliya mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Bu mexanizm milliy xо‘jalikdagi moliyaviy munosabatlar tashkiliy shakllarining majmuini, markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag‘-lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish metodlarini, moliya va moliya tizimini boshqarish shakllarini, moliyaviy qonunchilikni о‘z ichiga oladi.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida sifat jihatidan yangi bо‘lgan moliya mexanizmi qо‘laniladi. Bu, eng avvalo, xо‘jalik yurituvchi subektlar va aholining byudjet tizimi, maqsadli fondlari, mulkiy va shaxsiy sug‘urta organlari va boshqalar bilan bо‘lgan о‘zaro munosabatlarga tegishlidir.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish