Nazorat uchun savollar
1.Nima uchun moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element hisoblanadi?
2.Moliyaviy siyosat deb nimaga aytiladi va u nimaga qaratilgan bо‘ladi?
3.Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik qanday elementlardan tarkib topadi?
4.Moliyaviy siyosatga oid uch mantiqiy xulosa nimalardan iborat?
5.Moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan eng asosiy xususiyatlariga nimalar kiradi?
6.Nimalar moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadi bо‘lib hisoblanadi?
7.Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi nimalardan iborat bо‘lishi mumkin?
8.Moliyaviy siyosat nima orqali amalga oshiriladi va uning faoliyati qanday prinsiplar asosida quriladi?
3-Mavzu:Moliya tizimi va uning bo’g’inlari
Reja
1.Moliya tizimi haqida tushuncha va uning funksiyalari.
2. Moliya tizimining bо‘g‘inlari.
3.Davlat moliyasi va uning bо‘g‘inlari.
4 Xо‘jalik yurituvchi subektlar moliyasi. Uy xо‘jaliklari moliyasi.
5.Moliyaviy vositachi muassasalar va ularni moliya tizimidagi tutgan о‘rni. О‘zbekiston Respublikasi kredit tizimi.
6.О‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimi. О‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi. Mahalliy moliya va uning bо‘g‘inlari.
\Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi.
“Moliya tizimi” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay yangi bо‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bо‘g‘inlariga nisbatan ob’ektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqazo etdi.
Unga muvofiq ravishda, dastlab, moliya tizimi quyidagi ikki sohaga bо‘linadi:
-davlat moliyasi va mahalliy moliya;
-xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi.
О‘z navbatida, moliya tizimining har bir sohasi pul fondlari va daromadlarni shakllantirishning aniq shakllari va metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bо‘g‘inlardan tashkil topadi.
Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bо‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin:
-Davlat byudjeti;
-maqsadli maqsadli fondlari;
-davlat krediti.
Shuningdek, xо‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasi quyidagi bо‘g‘inlardan iborat:
-tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
-moliyaviy vositachilar moliyasi;
-notijorat tashkilotlari moliyasi.
Yuqorida keltirilganlarni chizmali kо‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
1-chizma. Moliya tizimining sohalari va bо‘g‘inlari
Moliya tizimining alohida sohalar va bо‘g‘inlarga bо‘linishi YAIMni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar sub’ektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliya tizimining har bir sohasi va bо‘g‘iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan foydalanishning о‘ziga xos bо‘lgan shakllari va metodlari tegishlidir.
Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YAIMni yaratishga, uni korxonalar о‘rtasida taqsimlashga va YAIM bir qismining byudjet va maqsadli fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular iqtisodiy mintaqalar, tarmoqlar va aholining ijtimoiy guruhlari о‘rtasida qayta taqsimlanadi.
О‘z navbatida, Moliya tizimi “Davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bо‘g‘ini sifatida Davlat byudjeti о‘z ichiga quyidagilarni oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |